Yuqoridagi holatlar yuzasidan farzandim tomonidan biror noj‘ya holat sodir etilsa, O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda javob berishga roziman.
Farzandlari 13-AFCHO‘I maktabda ta`lim olayotgan ota- onalarga
Eslatma!
Bugungi kunda davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari ta’lim muassasasiga 2018-yil 15-avgustda 666-son “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o’quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qaror asosida tuzilgan Nizom talablarida belgilangan tartib hamda ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan maktab formasiga muvofiq kiyinishlari, 2024-2025 o’quv yilidan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-iyundagi 509-son qarori bilan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun hukumat tomonidan tasdiqlangan maktab formasi majburiy hisoblanadi.( 2024- yilgacha esa maktab Ustavida belgilangan maktab formasida kelish majburiy hisoblanadi.
Maktab Ustavining 7-bandida o‘quvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozimligi belgilangan.
Bunda O’zbekiston Respublikasida aholi turli millat va diniy konfessiyalar vakillaridan iboratligi hamda majburiy umumiy o‘rta ta’lim dunyoviy xarakterga egaligi munosabati bilan o‘quvchilarning maktab formasiga turli din va konfessiyalar hamda turli submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (hijob, kipa, kashaya, xoch va boshqalar) qo‘shishga yo‘l qo‘yilmasligi ko‘rsatilgan.
Qo’shimcha ravishda, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning 48-moddasiga asosan,ustav (ta’sis hujjati) talablariga, ichki tartib-qoidalariga, vaqtincha yashash joylari qoidalariga va ta’lim faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirishga oid boshqa ichki hujjatlar talablariga rioya etish ta’lim oluvchilarning majburiyatlaridan biri etib belgilangan.
Shu munosabat bilan, Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 28-maydagi 131-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Umumiy o’rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalarining 8-bandiga muvofiq, o’quvchilar ta’lim muassasasiga belgilangan maktab formasida kelishlari lozim ekanligi ko’rsatib o’tilgan.
Shunga asosan, farzandlarini maktabga kiyinish madaniyatiga va Nizomda belgilangan talablarga muvofiq holda borishlariga o‘quvchilarning ota-onalaridan farzandlarining yorqin kelajagi uchun javobgarlikni o‘z bo‘yiniga olgan holda, mas’uliyat bilan yondashishlarini so‘raymiz. Aks holda, amaldagi qonun hujjatlariga asosan ular tegishli tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin ekanligini eslatib o‘tmoqchimiz.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 47-moddasida ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi ushbu shaxslarni bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.
Yana shuni alohida aytish joizki, 2021-yil 30-martda qabul qilingan Qonun bilan mazkur Kodeks 2011-modda bilan to’ldirilib, unga asosan O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari talablarini jamoat tartibiga va jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda bajarmaslikka yoki buzishga, shu jumladan, ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan, Internet jahon axborot tarmog’idan, shuningdek, matnni ko‘paytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda omma oldida da’vat qilish bazaviy hisoblash miqdorining oltmish baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.
Ushbu holatlarni kelib chiqishining oldini olish, farzandlarimizni yurtimizda belgilangan qonun-qoidalarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida hamda ularning yorqin kelajagi uchun mas’ul ekanligimizni unutmagan holda belgilangan talablar doirasida ta’lim olishlariga imkoniyat yaratib berishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |