FANATIZM – (lotincha so‘z bo‘lib, qurbongoh, ibodatxona) mutaassiblik – qandaydir e’tiqodga yoki dunyoqarashga o‘ta darajada berilganlik, boshqa har qanday qarashlarga toqat qila olmaslik.
QO‘SHILMASLIK HARAKATI – Tinchlik davrida jahondagi ko‘plab davlatlarning tashqi siyosatidagi asosiy yo‘li. Harbiy bloklarda ishtirok etishini rad qilish hamda o‘z hududida chet davlatlarning harbiy bazalari joylashishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan siyosatdir.
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI – 1967 –yilda tashkil etilgan.
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor
Shavkat Mirziyoyev: “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” yetti yo‘nalishdan iborat etib belgilanadi.
Erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etiladi, inson qadri-qimmati va uning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan, keng ko‘lamli islohotlar yangi pog‘onaga ko‘tariladi.
Adolat va qonun ustuvorligi – xalqchil davlat qurish, inson qadr-qimmatini ta’minlashning eng asosiy va zaruriy sharti bo‘ladi.
Milliy iqtisodiyotni, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida rivojlantirish ustuvor vazifalaridan biri bo‘ladi.
Adolatli ijtimoiy siyosat yuritiladi, inson kapitalini rivojlantirishning eng muhim omili hisoblangan sifatli ta’lim-tarbiya masalasi bundan buyon ham doimiy e’tibor markazida bo‘ladi.
Ma’naviy va ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Iqlim o‘zgarishi, ekologik muammolar, radikalizm, ekstremizm va terrorizm, odam savdosi kabi umumbashariy muammolarga yechim topish dolzarb bo‘lib qoladi.
Mamlakatda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashning ishonchli kafolati bo‘lgan Qurolli Kuchlar qudratini yanada oshirish ustuvor maqsad bo‘lib qoladi.
1-RENESSANS Tarixga nazar solsak, Buyuk ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan ona zaminimiz azaldan yuksak sivilizasiya va madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lganini ko‘ramiz. Xalqimizning boy ilmiy-madaniy merosi, toshga muhrlangan qadimiy yozuvlar, bebaho me’moriy obidalar, nodir qo‘lyozmalar, turli osori atiqalar davlatchilik tariximizning uch ming yillik teran ildizlaridan dalolat beradi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari so‘zi davom etarkan, buyuk yunon olimi Aristotelning “Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi”, degan so‘zlarini keltiradi.
“Men yuqorida Aristotelning fikrlarini bejiz eslamadim. Hammangizga yaxshi ma’lum, antik davrda Yunonistonda yongan ilm mash’alasi to‘qqizinchi – o‘n ikkinchi asrlarda Markaziy Osiyo hududida qayta porladi. Bu davrda yurtimiz hududida birinchi Renessans yuzaga keldi va u butun dunyo tan oladigan mashhur daholarni yetishtirib berdi. Xususan, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamahshariy singari o‘nlab buyuk allomalarimizning jahonshumul ilmiy-ijodiy kashfiyotlari umumbashariyat taraqqiyoti rivojiga beqiyos ta’sir ko‘rsatdi.
“Islom madaniyatining oltin asri” deb e’tirof etiladigan bu davrda ona zaminimizdan yetishib chiqqan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abul Mu’in Nasafiy kabi ulug‘ ulamolar butun musulmon olamining faxru iftixori va cheksiz g‘ururi hisoblanadi.