Buxoro amirligda kurilgan tarixiy obidalar (11-20asrlar)
Bola Hovuz (18asr.boshlari-20asr)Ismoyil Somoniy maqbarasi (9-10asrlar)
Chashmai Ayub qabristoni (1380 yoki 1384/85)Abdullaxon madrasasi (1596/98)
Modarixon madrasasi (1556/57)Baland masjidi (16asr boshlari)
Gaukushon ansambli (Masjid,Minora,Madrasa), (16asr)
Zayniddin Xoja xonaqohi (1555)Poi Kalon ansambli (12-14asr)
Labi Hovuz ansambli (16-17asr)Ko‘kaldosh madrasasi (1568/69)
Nodir Devonbegi madrasasi (???)Nodir Devonbegi xonaqohi (1620)
Ulug‘bek madrasasi (1417)Abdulazizxon madrasasi (1652)
Bola Hovuz masjidi (1712)Sayfiddin Boxarziy maqbarasi (13asrning ikkinchi yarmi-14asr)Buyonqulixon maqbarasi (14asrning ikkinchi yarmi,15yoki16asr)
Namozgoh masjidi (12-16asrlar)Fayzabod xonaqohi(1598/99)Chor Minor madrasasi (1807)Sitorai Mohi Xossa Buxoro Amiri saroyi (19asr oxiri 20 asr boshlari)
Chor Bakr (shayx Jubayra sulolasi dafn etilgan joy) (1560/63
Rossiya mustamlakasi davrida Turkistonda madaniyat va san’at
Reja
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida O‘zbekiston madaniyati va san’ati.
138
2. Arxitektura va tasviriy san’at. Rus va Yevropa kitob san’atining keng yoyilishi.
3. Kino san’atining kirib kelishi. Xudoybergan Devonovning (1877-1940) faoliyati.
4. Turkistonda amaliy bezak va xalq san’ati.
X udoybergan Devonov - birinchi o‘zbek fotosuratchisi va kinotasvirchisi
Hukmdor Xudoyberganga o‘zining suratini olishni buyurgan, keyin esa uni o‘z devoniga ishga taklif qilgan.
Xudoybergan Devonov 1879 yilda tug‘ilgan. Bolaligidan bilimga chanqoqligi va ijodiy iste’dodi bilan ajralib turgan. U arab, fors va rus tillarini o‘rgangan. Qiziquvchan o‘smir nemis tilini o‘rgana boshlagan va bu kelgusida uning taqdirini belgilab bergan.
Gap shundaki, XIX asr oxirida Xorazmning o‘sha paytdagi hukmdori Muhammad Rahimxon II nemis-mennonitlarning bir necha oilasiga o‘lkada yashashiga ruxsat bergan. Ularning eng yoshi ulug‘i Vilgelm Penner yoki mahalliy odamlarning tili bilan Panor buvada qiziquvchan Xudoybergan birinchi marta fotoapparatni ko‘rgan va undan foydalanishga ruxsat so‘ragan. Keyinchalik Panor buva shogirdining muvaffaqiyatlaridan xursand bo‘lib, unga fotoapparatni sovg‘a qilgan.
Shunday qilib 1903 yilda Xudoybergan Devonov Xivaning minoralari va hamyurtlarini suratga ola boshlagan. Avvaliga bu diniy ulamolarning qattiq qarshiligiga uchragan. Biroq fotosuratchini har qanday yangilikka qiziqqan Muhammad Rahimxon o‘z himoyasiga olgan. U nafaqat xon, balki iste’dodli shoir va bastakor sifatida tarixda qolgan. Hukmdor Xudoyberganga o‘zining suratini olishni buyurgan, keyin esa uni o‘z devoniga ishga taklif qilgan.
1907 yilda Xudoybergan Devonov Xiva xonligining bir guruh vakillari bilan birga Sankt-Peterburgga safar qilgan. Tashrifdan so‘ng delegatsiya rahbaridan Rossiya poytaxtida bir necha kun qolishga ruxsat so‘ragan. Bu yerda 29 yoshli Xudoybergan foto sirlarini o‘rganishni davom ettiribgina qolmay, kinematografiya bilan ham qiziqib qolgan. U ona yurtiga qaytib, Xorazmga birinchi kinoapparatni olib kelgan.
Afsuski, Xudoybergan Devonovning hayoti fojeali yakunlangan. 1936 yilda Stalin qatag‘onlari avjiga chiqqan davrda u "xalq dushmani" sifatida hibsga olingan va to‘rt yildan so‘ng otib o‘ldirilgan.
139
Samarqand yog‘och o‘ymakorligi maktabida esa o‘ymalarning maydaligi, naqsh namunasining murakkabligi, o‘simliksimon girih va gulli girih naqshlarining ko‘p ishlatilishi bilan hamda o‘yma yuzasining ranglanishi ajralib turadi. Ijodkor ustalar Akduxofiz Jalilov, Asatillo, Nurilla Narzullaevlardir.
Toshkent o‘ymakorligi maktabining yirik namoyondalaridan Sulaymon Xo‘jaev, Maqsud Qosimov va Ortiq Fayzullaevlardir. Toshkent maktabining boshqa maktablardan farqi shundaki, o‘ymasining ko‘p qavatligi, o‘rtacha chuqurlikda o‘yilib, islimiy, geometrik, ramziy naqshlar ko‘proq ishlatiladi.
Qo‘qon yog‘och o‘ymakorligi maktabi ham o‘ziga xosligi bilan boshqa maktablardan ajralib turadi. Yirik ustalardan Haydar Najmiddinov va Qodirjon Haydarovlardir. Bu maktab o‘ymakorligining mahobatliligi, yirikligi, o‘ymalarning chuqurligi va ko‘p qavatliligi bilan farqlanib turadi.
Sulaymon Xo‘jaev 1866 yili Toshkentdagi Suzuk ota mahallasida yashovchi usta va durodgor Nasrulloxuja oilasida dunyoga keldi. Yoshlik davrida Sulaymon otasiga yordam berar, lekin ko‘nglida yog‘och o‘ymakorligini o‘rganishga bo‘lgan istak tobora kuchayib bordi. U 17 yoshida usta Iskandar Mirzayoqubov ustaxonasida, so‘ngra 1891 yildan esa o‘sha davrdagi yog‘och o‘ymakorligining pargori ustalaridan biri Toshpo‘lat Ayubxujaevga shogird tushib, yog‘och o‘ymakorligining sir-asrorlarini o‘rgandi.
Sulaymon ustozini hurmat qilar, qiyinchiliklarni sabr-jidam hamda o‘ta mehnatsevarligi bilan yengib haqiqiy usta bo‘lishga astoydil harakat qilardi. Keksa ustoz Toshpo‘lat Ayubxo‘jaev vafot etgach, uning san’atini davom ettirdi. Ustozdan estalik bo‘lib qolgan asboblar yordamida Sulaymon o‘zi mustaqil ravishda juda ko‘p duradgorlik ishlari derazalar, eshiklar, darpardalar yasadi.
Usta S. Xo‘jaev 1931 yilda Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan Butunrossiya kasblari ko‘rgazmasida naqshlangan kursichasi va qush qafasi bilan ishtirok etib, ana shu ajoyib ishlari uchun “Za poleznыe trudы” bronza medali va diplom bilan taqdirlandi. Bundan tashqari S.Xo‘jaev juda ko‘plab ko‘rgazmalarda o‘zining ijod namunalari bilan ishtirok etdi. 1923 yilda Rosiya qishloq xo‘jalik hunarmandchilik ko‘rgazmasida, 1927 yilda halqlar san’ati ko‘rgazmasida qatnashib 1-darajali diplom bilan taqdirlandi. 1937 yilda Parijda bo‘lib o‘tgan san’at va texnika ko‘rgazmasida qatnashib yuksak baho oldi.
140
Usta Sulaymon Xo‘jaev O‘zbekiston xalq ustalari ichida birinchi bo‘lib 1932 yilda Mehnat qahramoni unvonini oldi. Yog‘och o‘ymakorligining Toshkent maktabi, namayondalaridan biri, pargori ustasi S. Xo‘jaev 81 yoshida 1947 yilda vafot etdi.
Toshkent yog‘och o‘ymakorligi maktabining yana bir yirik namoyondalaridan biri Maqsud Qosimovdir.
Maqsud Qosimov 1905 yil Toshkent shahrida hunarmand oilasida tavallud topdi. Tog‘asi Mirsoat Isamuhamedovdan duradgorlik sirlarini o‘rgandi va 16 yoshidan duradgor bo‘lib ishlay boshladi.
1935 yilda Toshkent shahrida hunarmandchilik o‘quv-ishlab chiqarish kombinati ochildi. Maqsud mazkur o‘quv-ishlab chiqarish kombinatiga o‘qishga kirib tez orada yog‘ochga, ganchga, tosh va metalga gul o‘yish sirlarini o‘rgandi.
Shu davrning ko‘zga ko‘ringan yog‘och o‘ymakorligi ustalaridan qo‘qonlik Abdurazzoq Abduraxmonovdan islimiy, Toshkentlik Sulaymon Xo‘jaevdan pargori naqshi va Toshkentlik Nasriddin Ziyaqorievdan panjara yasash sirlarini o‘rgandi.
Maqsud Qosimov keyinchalik Xalq xo‘jaligi muzeyi (hozirgi Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi, 1933-34 yillar), Moskvadagi Butunittifoq qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston pavilonlarini (1937-40 yillar) jozibador qilib bezagan bo‘lsa 1940–42 yillarda Qirg‘izistonning Frunza (hozirgi Bishkek) shahridagi hunarmandchilik o‘kuv-ishlab chiqarish kombinatiga ishga taklif qilindi va nafis yog‘och o‘ymakorlik san’atidan yoshlarga saboq berdi.
M. Qosimov 1943 yilda Muqimiy teatri uchun uchta eshikni, 1943-46 yillari Navoiy teatri qurilishida ishtirok etib ganchkorlik ishlarini hamda o‘rindiqlar suyanchig‘ini o‘yma naqshlar bilan bezadi. Maqsud Qosimov o‘ymakorlik ishlari bilan birga me’moriy obidalarini ta’mirlash ishlarida ham ishtirok etdi. Jumladan uyi (hozirgi xalq Amaliy san’at muzeyi) eshik va ustunlarini qayta ta’mirladi.
Hozirgi kunda usta Maqsud Qosimovning yaratgan nafis asarlari Toshkent, Samarqand, Moskva, Sankt-Peturburg va boshqa chet el muzeylarida doimiy eksponant sifatida saqlanib kelmoqda. Usta Maqsud Qosimov 1965 yilda vafot etdi. Bugungi kunda uning ishlarini shogirdlari O. Fayzullaev, H. Qosimov,
141
A. Shokirov kabi shogirdlari davom ettirib kelmoqdalar.
Yog‘och o‘ymakorligining yirik maktablaridan biri Xiva yog‘och o‘ymakorlik
maktabidir. Xivalik ustalarning ijodi ham o‘ziga xosligi, betakrorligi, nafisligi bilan ajralib turadi. Ushbu maktabning namoyondalaridan biri Ota Polvonovdir.
Ota Polvonov 1867 yilda Xivalik yog‘och o‘ymakor usta Polvon Abdusattorov oilasida dunyoga keldi. U bolalik davrlaridanoq yog‘och o‘ymakorligi san’atiga mexr qo‘ydi va dastlabki saboqni bobosi usta Abdusattordan, keyinchalik esa otasi usta Polvondan san’at sirlarini o‘rgandi. Xivadagi ko‘pgina binolarning darvoza, eshik va ustunlarini bezashda qatnashdi.
1934 yilda O. Polvonov ko‘hna ta’mirlash ishlarida ishtirok etib naqqosh Abdullo Boltaev tayyorlagan axta yordamida ustun va eshiklarni qayta ta’mirladi. Arkdan tashqari Toshhovli, Nurillaboy saroyi va boshqa va qadimiy binolarni qayta ta’mirlash ishlarida ishtirok etdi.
Ota Polvonov va naqqosh Abdulla Boltaev hamkorligi ko‘p muvaffaqiyatlarga olib keldi. 1937 iylda Parijda bo‘lib o‘tgan San’at ko‘rgazmasida Ota Polvonovning
Boltaev tayyorlagan naqsh andozasi asosida o‘ta nafis, yuksak mahorat va did bilan ishlagan o‘yma ustuni yuksak baholandi. 1940 yildan boshlanib 7 yil maboynida bunyod etilgan Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Katta Akademik Opera va Balet teatri binosining Xiva zalida foyelari uchun eshiklarni jozibador va go‘zal naqshu nigorlar bilan bezadi. 1962 yilda esa Urganch vakzali uchun ikki va to‘rt tabaqali eshiklarni, Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi uchun eshik va ustunlarni yog‘och o‘ymakorligining Xiva uslubiga xos betakror naqsh kompozitsiyalari bilan bezadi.
Ota Polvonov umrining oxirigacha yog‘och o‘ymakorligining Xiva maktabini rivojiga beqiyos hissa qushdi. U 1972 yili 105 yoshida vafot etdi. O. Polvonov bezagan osoru atiqalar o‘zining nafisligi, o‘ziga xosligi va go‘zalligi bilan ajralib turadi. U o‘zi egallagan san’at sir-asrorlarini yoshlarga o‘rgatib keldi. Uning shogirdlaridan biri Safo Bog‘bekovdir.
Safo Bog‘bekov 1904 yilda Xivalik yog‘och o‘ymakor usta Bog‘bek Abdurahmonov oilasida tavallud topdi. U dastlabki yog‘och o‘ymakorligi san’ati sir-asrorlarini otasi B. Abduraxmonovdan, keyinchalik esa o‘sha davrning mashhur yog‘och o‘ymakorligi ustasi Ota Palvonovdan o‘rgandi. U ustozi O .Polvonov hamkorligida ko‘plab yog‘och o‘ymakorligi ishlarini amalga oshirdi.
Jumladan, Toshkent shahridagi Alisher Navoiy teatri va Urganch temir yo‘l vokzalida hamkorlikda ish olib bordi.
S. Bog‘bekov 1970 yilda “O‘zbekiston” teploxodi ichki bezaklari uchun 8 turli namoyonlar, 1974 yili Urganchdagi “Inturist” mexmonxonasining tantanalar zali uchun ikkita devoriy namoyonni an’anaviy islimiy o‘yma naqsh san’ati bilan bezadi. Ko‘plab jamoat va turar joy binolari uchun o‘yma eshiklar, ustunlar, darvozalar va uy-ro‘zg‘or buyumlaridan quticha, lavh, xontaxta, kursi va boshqa bir qator buyumlar tayyorladi,
142
Xiva shaxridagi ko‘plab me’moriy obidalarni qayta ta’mirlash ishlarida ishtirok etdi.
Respublikamizda keng-ko‘lamda rivojlangan yog‘och o‘ymakorlik maktablaridan yana biri Qo‘qon yog‘och o‘ymakorlik maktabidir. O‘yib bajarilgan san’at asarining monumentalligi, yirikligi, o‘ymalarning chuqurligi, ko‘pqavatligi, o‘yilgan yuzaning faqat yuziga to‘qroq rang berib keyin moylash Qo‘qon maktabiga xos bo‘lib, uning rivojiga H. Najmiddinov, H. Umarovlarning xissasi beqiyosdir.
Haydar Najmiddinov Qo‘qon shahrida 1850 usta Najmiddin oilasida dunyoga keldi. U yog‘och o‘ymakorligi sir-asrorlarini otasidan o‘rgandi va qo‘qon yog‘och o‘ymakorligi maktabini yaratdi, uning rivojiga munosib hissa qo‘shdi. H. Najmiddinov 1890 yillardan Qo‘qonda o‘yma naqshli eshiklar va ustunlar yaratgan, binolarning sharafa, muqarnaslarini bezashda, musiqa asboblariga badiiy ishlov berishdagi mohirligi bilan shuhrat qozongan. "Parang" ("ustasi parang") laqabini olgan. Yog‘och o‘ymakorligida qo‘llaniladigan naqsh turining pargori usulida keng ko‘lamda foydalanib uy-ro‘zg‘or buyumlaridan ko‘p qirrali kursilar, lavh va qutichalarning o‘ziga xosligi, jozibadorligi va go‘zalligi bilan ajralib turadi.
Haydar Najmiddinov yaratgan yog‘och o‘ymakorlik buyumlari bugungi kunda “Xalq Amaliy San’ati” va boshqa muzeylarda doimiy eksponat sifatida saqlanib kelinmoqda. U 1921 yilda vafot etdi. H. Najmiddinov o‘zining yuksak mahorati va boshqa betakror san’ati sirlarini bir qator shogirdlariga o‘rgatdi. Qo‘qon yog‘och o‘ymakorlik maktabining yirik vakillaridan biri Qodirjon Haydarov shular jumlasidandir.
Qodirjon Haydarov 1899 yili Qo‘qonlik atoqli naqqosh Haydar Najmiddinov oilasida dunyoga keldi. U dastlabki yog‘och o‘ymakorligi san’atini otasidan o‘rgandi. Qodirjondagi bolalikdan san’atga bo‘lgan ishtiyoq asta-sekin unga yog‘och o‘ymakorligi sir-asrorlarini qunt bilan o‘rganishga, sabr-toqatli bo‘lishga o‘rgatdi. U o‘zi muslaqil ravishda uy- ro‘zg‘or buyumlari, qutichalar, stol, kursi va xontaxtalarni nafis va bejirim qilib bezab el e’tiboriga tushdi. Q. Haydarov dastlab 1923 yilda Moskvadagi xalq xo‘jaligi ko‘rgazmasida xizmat qildi. U uy-ro‘zg‘or buyumlarini pargori naqshlari bilan va mahobatli yog‘och o‘ymakorligida islimiy naqshlardan foydalandi.
1925-29 yillarda Qo‘qondagi Narimonov nomidagi internatda to‘garak rahbari, 1929-31 yillarda yosh duradgorlar to‘garagiga boshchilik qildi. 1931-33 yillarda o‘qishini davom ettirdi. 1933-54 yillarda "Yangi ma’dan" artelida duradgor, yog‘och o‘ymakori va 1954-57 yillarda esa Qo‘qon muzeyida ta’mirlovchi bo‘lib ishladi. U o‘zining faoliyati davomida ko‘plab eshik, ustun, kursi, xontaxta, quticha va boshqa turli buyumlarni yog‘och o‘ymakorligi bilan go‘zal va jozibador qilib bezab shuhrat qozondi.
Bugungi kunda Qodirjon Haydarov qoldirgan Qo‘qon tarixi muzeyidagi kravat, Toshkentdagi Tarix (avvalgi Lenin muzeyining Toshkent filiali) muzeyning eshigi, Xalqlar Do‘stligi saroyining eshigi va boshqalar uning o‘ymakor san’ati an’analarini yangi motivlari bilan boyitganini ko‘rsatadi. Qodirjon Haydarov 1963 yildan
143
O‘zbekiston Xalq rassomi , 1970 yili Respublika Hamza mukofoti sovrindori, bir necha ordenlar sohibi bo‘lgan. Yog‘och o‘ymakorligining islimiy va pargori ustasi, ajoyib san’at sohibi Q.Haydarov 1983 yilda Qo‘qon shahrida vafot etdi.
Samarqand yog‘och o‘ymakorligi maktabi boshqa maktablarga qaraganda o‘ymalarning juda mayda o‘yilishi, kompozitsiyaning murakkabligi, ya’ni geometrik, o‘simliksimon va gulli girih kompozitsiyalari hamma zamin va releflarini laklashdan boshlanadi. Asosan chinor, dub, buk va terak yog‘ochlari ishlatiladi. Mazkur maktabning namoyondalari Abduhofiz Jalilov va Nurilla Narzullaevlardir.
Abduhofiz Jalilov (1869-1954) duradgorlik, yog‘ochsozlik va yog‘och o‘ymakorligi san’ati ustasi nomi bilan xalq orasida tanilgan. U daslab usta Ne’matdan hunar o‘rgangan. Sinchli uy qurish, eshik, sandiqlarga bezak berish sir-asrorlarini puxta o‘rgangan. A.Jalilov usta Fayzullo va usta Abduqodir Boqievlar bilan birgalikda ishlab, ulardan muqarnas va girih tuzishni o‘rgangan. Kalantarov uyining murakkab shakli shipi, Xo‘ja Axror masjidning shifti va Xo‘ja Yusuf masjidini qurib, ulardagi duradgorlik, yog‘ochsozlik va o‘yma ishlarini bajargan.
Samarqand yog‘och o‘ymakorlik maktabining yirik vakillaridan biri Nurilla Narzullaevdir. U 1870 yili Samarqandlik usta Narzulla oilasida tavallud topdi. N. Narzullaev dastlabki yog‘och o‘ymakorlik sabog‘ini otasidan o‘rgandi. Keyinchalik o‘zining tinimsiz mehnati, izlanishlari natijasida xalq orasida o‘ymakor usta sifatida shuhrat qozondi. U eshik va darvozalarni nafis va yuksak mahorat bilan bezar ekan, naqshning islimiy va pargoriy usullaridan keng-ko‘lamda foydalandi. Pardozning choka va pax turlarini qo‘llab o‘ziga xoslikka erishdi. N.Narzullaev Butunittifoq qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasining O‘zbekiston paviloniga ikki tabaqali, dilali eshikni o‘yma naqshlar bilan bezadi va ishi yuksak baholandi. Nurilla Narzullaev 1939 yilda
Qadim zamonlarda qaerda markazlashgan davlat shakllangan bo‘lsa, shu joyda hunarmandchlik, ilm-fan, san’at gurkirab rivojlangan. Yangi-yangi saroylar, uy-joylar, madrasa, masjidlar qurilgan, albatta ularni qurganda binoni mustahkamligini, go‘zalligini oshirish maqsadida ustunlar, darvozalar, eshiklar yog‘ochdan ishlangan. Ularning ko‘pchiligi naqshinkor bo‘lib bugungi kungacha kishilarni hayratga solib kelmoqda.XIX asr boshlarida Xiva xonligi taxtiga Qo‘ng‘irot sulolasi vakillari kelganlaridan keyin Xiva shahrini qayta qurish ishlari boshlanib ketdi va shaharda bir talay yangi inshootlar barpo qilindi. Xiva xonlari va amaldorlari tomonidan qurilgan binolarni Xorazmning yog‘och o‘ymakor ustalari o‘zlarining chiroyli, ulug‘vor ustunlari va bejirim darvoza hamda eshiklar, panjaralari bilan bezaganlar. Bu san’at asarlarini yaratgan ustalar o‘z davrida nomlari doston bo‘lgan insonlar bo‘lib, ularning ishlarini hozirda farzandlari hamda shogirdlari davom qildirmoqdalar. XIX asrda yaratilgan me’moriy inshootlardagi san’at asarlarida quyidagi yog‘och o‘ymakor ustalarning ismlari har zamonda islimiy naqshlar orasida uchrab turadi.Mashhur xalq ustasi koshinpaz, naqqosh Abdulla jin Shayxlar qishlog‘idan, Masharif naqqosh Mevaston mahallasidan, Matkarim naqqosh, Momit o‘rachi va o‘g‘illari Bolta o‘rachi, Xo‘ja o‘rachi, Abdurahmon usta Matkarim usta o‘g‘li (Sapo Bog‘bekovni bobosi), Ota
144
Polvonov, Bog‘bek Abdurahmonov kabi ustalar o‘z hunarlari ila xon va uning amaldorlari tomonidan qurilgan inshootlardagi darvoza, eshik va ustunlarni qalb qo‘rlari ila yaratganlar. Qadim Xorazmda har bir usta yog‘och o‘ymakorligining ma’lum bir sohasi bo‘yicha ijod qilgan. Masalan: – mashhur ustalar avlodidan bo‘lgan Safo Bog‘bekov, otasi Bog‘bek Abdurahmonov, bobosi Abdurahmon Matkarimovlar faqat qo‘shtabaqali o‘yma darvoza va eshiklar ishlash bilan shug‘ullanganlar, ustalardan Momit o‘rachi va uning o‘g‘illari Bolta, Xo‘ja o‘rachilar faqat naqshindor ustunlar ishlaganlar, Xivaning mashhur xalq ustasi Ota Polvonov ko‘pincha o‘ymakor ustun ishlab, ayrim vaqtlardagina qo‘shtabaqali eshiklar yasagan, Shayxlar qishlog‘ida yashagan mashhur xalq ustasi Abdulla jin bir vaqtda o‘ymakor ustunlar uchun tut va gujum daraxtlaridan ustun tagliklari hamda koshinpazlik, naqqoshlik san’ati bilan shug‘ullangan. Yog‘och o‘ymakorligi bilan shug‘ullanadigan ustalar naqqoshlar bilan hamkorlik qilib takrorlanmas san’at asarlarini yaratganlar.
Deshon qal’aning Mevaston mahallasida yashovchi Masharif naqqosh ustun va ustun tagliklari uchun “ulgi”lar chizgan, Ichon qal’alik naqqosh Abdulla Boltaev bir vaqtning o‘zida qo‘shtabaqali darvoza, eshik, ustunlarga ulgilar chizib qolmasdan sangtaroshlar va ganchkorlarga ham islimiy va gireh naqshlarni Xorazmni aylanma naqshlari bilan uyg‘unlashtirib ulgilar chizib bergan. Mashhur xalq ustasi Ota Polvonov shogirdi Sapo Bog‘bekov bilan birgalikda naqqosh Abdulla Boltaev ulgisi asosida 1937 yilda ustun tayyorlagan, ushbu ustun Parijdagi xalqaro ko‘rgazmaga yuborilgan va yuqori baho olgan (oltin medal va 1-darajali diplom bilan taqdirlangan).
Ota Polvonov 1867 yilda Xivaning Gandimyon qishlog‘ida quruvchi usta Polvon oilasida tug‘ilgan. Uning bobosi Abdusattor va otasi Polvonlar o‘z zamonasining qo‘li gul ustalari bo‘lib, bir talay hunarlarni (quruvchilik, yog‘och o‘ymakorligi, duradgorlik, ganchkorlik) rivojlantirib, xalq xizmatiga ko‘plab shogirdlarni yetkazib berganlar.
Ularning qadoq qo‘llarida sayqal topgan qo‘shtabaqali darvozalar, eshiklar, kichik va ulug‘vor o‘ymakor ustunlar bugungi kunda ham ularga tikilgan ko‘zlarni hayratga solib xorazmlik ustalar san’atini naqadar betakror ekanligini yana bir bora isbotlab turibdi. Ota Polvonov 13-15 yoshlarga kirganda yog‘och o‘ymakorligi sirlarini bobosidan o‘rgana boshlagan. Keyinchalik katta-katta qurilishlarda ustalarni yonlarida yurib usta bo‘lib yetishgan. U yog‘och o‘ymakorligida juda ko‘p naqsh turlaridan foydalanib, takrorlanmaydigan naqsh kompozitsiyalarini yaratgan.
Ota Polvonov o‘z ijodiy faoliyati davomida “besh qirrali”, “turunj”, “qo‘shtanop” naqshlar va aylanma cheksiz naqshlar ustida ish olib borgan hamda bu naqshlarni o‘z joyida o‘z vaqtida qo‘llab bilgan. 1935 yilda Xiva shahrida ochilgan “Umid” arteli qoshida naqqoshlik, o‘rachilik sexi ochilib, unga Abdulla Boltaev va o‘rachilarning bosh ustasi Ota Polvonovlar boshchilik qilganlar, shu orada ularga Toshkentdan nodir bir ustun ishlash to‘g‘risida taklif kelgan, ustun naqshini Abdulla Boltaev tayyorlab, qolgan ishlarni Ota Polvonov ishlagan.
145
1943 yilda Toshkentdan injener-quruvchi S.N.Polupanov kelib “Umid” arteli bilan shartnoma tuzib, Alisher Navoiy teatri uchun o‘yma narvon (zinapoya), eshik va boshqa naqsh ishlarini buyurgan. Bu ishlarni naqshlari Abdulla Boltaev qo‘lidan chiqqan. Ota Polvonov va uning shogirdlari Dadajon Abdullaev, Sapo Bog‘bekov, Xo‘ja Ahmad Ollaevlarning samarali mehnatlarini mahsuli tayyor bo‘lgach, Abdulla Boltaev ularni Toshkentga yuborgan. Keyinchalik (1947) ustalar Alisher Navoiy teatrining Xiva zalini yog‘och o‘ymakorligi san’atining eng yaxshi namunalari bilan bezaganlar.
Quyida biz sizga jurnalist, “Ichon qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi “Amaliy san’at” muzeyiniyu ilmiy xodimi marhum Anvar Ismagilovni “Xalq ustalari” deb nomlangan ilmiy maqolasidagi Ota Polvonovning so‘zlarini keltiramiz: “Qadimda yog‘och o‘ymakor ustalari faqat buyurtma asosida ishlashgan. Yog‘och ishlanishdan oldin maxsus tayyorlangan, avvaliga bo‘yiga tomon qarab shoxlari kesilgan va go‘ng yoki somonga ko‘mib quritilgan. Daraxtlar naviga qarab uch yildan yetti yilgacha quritilgan. Keyin ishlash jarayoni boshlangan. Xiva ustalari yog‘ochning tabiiyligini saqlash va uzoq muddatga chidamli hamda chiroyli bo‘lib turishi uchun unga hech qanday bo‘yoq urishmagan. Yog‘och o‘ymakorligida ota-bobolarimiz qadimdan har xil yog‘ochlardan turli maqsadlarda foydalanib kelganlar. Yog‘och materiallari tabiiy guliga, rangiga, tovlanishiga, hidiga qarab aniqlanadi. Xiva ustalari o‘z ishlari uchun eng yaxshi gujum, qayrog‘och, tut, ko‘k terak, o‘rik, olmurut, qaramon kabi mahalliy daraxtlarning eng a’lo navlarini ishlatganlar. Yog‘och o‘ymakorligida naqsh kompozitsiyalarini chizish, o‘lchash va boshqa ishlarda bir qancha o‘lchov asboblari ishlatilgan. Masalan, chizg‘ichlar, pargor (sirkul), qalamlar, knopkalar, o‘chirg‘ich, uchburchaklar, transportyor va boshqalar”.
Ko‘pchilik hollarda o‘ymakor ustalar naqsh ulgisini naqqoshlardan olishgan, shuning uchun ular naqqoshlar bilan hamkor bo‘lib ishlaganlar. Lekin ayrim hollarda ustaning o‘zi ham naqqosh, ham hattot va o‘ymakor bo‘lgan. Ota Polvonovning shogirdi mashhur xalq ustalarining zurriyodi Sapo otaning aytishicha, naqqoshlar madrasani tamomlagan, tarixni bilgan, musiqa va adabiyotdan yaqindan tanish bo‘lganlar. Ular “ulgi” chizish uchun 5-7 yil ustaga shogird tushishgan.
Ko‘pchilik hollarda hunar otadan bolaga meros tariqasida o‘tgan. Ana shunday ustalar shajarasidan birini quyida keltiramiz.
Yog‘och o‘ymakor xalq ustasi Matkarim ibn Muhammad (1768-1859) Xivadagi Gandumkon qishlog‘ida yog‘och o‘ymakori oilasida tug‘ilgan. Naqqosh va o‘ymakor.
146
Uning o‘g‘li Abdurahmon (1832-1928) Gandumkon qishlog‘ida tug‘ilgan. Xorazmda mashhur yog‘och o‘ymakori va naqqosh Bog‘bek Abdurahmon o‘g‘li (1873-1954) Gandumkon qishlog‘idan bo‘lib, otasidan hunarini o‘rganib, 16 yoshida usta darajasiga yetgan. U Ota Palvonov, Abdulla Boltaevlar bilan hamkorlikda Isfandiyorxonning qabulxonasi, pochta, xastaxona (kasalxona), Islomxo‘ja madrasasi va minorasi qurilishida qatnashgan. O‘g‘li Sapo Bog‘bekov (1904-1978) ota-bobolarini an’anasini davom qildirib ko‘zga ko‘ringan usta bo‘lib yetishadi va 1920 yildan keyin mustaqil eshik va ustunlar ishlab boshlagan. Mashhur usta Ota Polvanov va Abdulla Boltaevlardan naqqoshlik sirlarini yanada puxta o‘rgangan, ular bilan birga ishlab juda ko‘p san’at asarlarini yaratgan hamda avlodlar ishini davom qildirib ko‘plab shogirdlar tayyorlagan. 1972 yilda uning tashabbusi bilan Xiva shahrida ochilgan “Yog‘och o‘ymakorligi” guruhida har yili o‘nlab yoshlar o‘qib-o‘rganib, qadimgi Xorazm san’atini hozirgacha asrab avaylab kelmoqdalar. Xiva shahri yodgorliklaridagi o‘yma naqshli eshik, darvoza, o‘ra (ustun) va o‘ra tosh (ustun tagi)lardagi naqshlarni tahlil qilib qaralsa, ularning naqshlaridan qaysi yuz yillikka mansub ekanligini bilish mumkin. Chunki bu o‘yma naqshlar bir-biridan naqshi bilan farq qilibgina qolmay, ularning ko‘pchiligida ishlangan yili va ustaning nomi, Qur’on oyatlari va hadislar hamda allomalarni ibratli so‘zlari bitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |