Darsning maqsadi: So‘ngi o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda feodal tarqoqlik tufayli mustaqil xonliklarning vujudga kelishi va ularning o‘ziga xos madaniyat va san’at taraqqiyotini aks ettiruvchi regional maktablarining shakllanishi ko‘rsatiladi.
118
Shayboniylar xukumronligi davri
xamda uning avlodlari zamonida toju —taxt uchun tanimsiz
kurashlar o‘zaro ichki nizolar tufayli o‘lkadagi ijtimoiy —
siyosiy va madaniy axvol malum muddatda inqiroz davrni o‘z
boshidan kechirdi.
Nodirshox Buxoro xonligiga qarshi ko‘p yerlarni
Eronga qo‘shib oldi. So‘ngi yillarda Ashtarxoniylar sulolasining
nufuzi susayib, manng‘it qabilasidan bo‘lgan Muxammad Xakim
otaliqning tasiri kuchayib bordi va u 1753 yili o‘zini amir deb
elon qildi. Bu davrda Turkistonda Buxoro xonligidan tashqari
Amudaryonyng quyn oqimida Xiva xonligi mustaql rivojlanayotgan
edi. XVII asrning oxiriga kelib Farg‘ona vodiysida Qo‘qon
xonlari xar tomonlama o‘zini mustaqil xonlik sifatida ko‘rsata
boshladi.
Shu tariqa Markaziy Osiyoda uchta yirik ijtimoiy — siyosiy va
madaniy markaz naydo bo‘ldi xamda ularning o‘ziga xos
madaniyatlari shakllana boshladi. O‘lkadagi mavjud ijtimoiy —
siyosiy vaziyatlar madaniy rivojlanishga o‘z ta’sirini doimo
ko‘rsatib keldi.
XVI asrda Xindistonda Boburiylar davlatining vujudga
kelishi bilan Temuriylar davrida shakllangan madaniyatning
qisman Xindiston tomon siljib o‘tganini ko‘rsatadi. Boburiy
podsholar Movorounaxr va Xuroson madaniy qadriyatlaridan keng foydalanishga intiladilar, ularni Xindiston yerida keng targ‘ib
etdilar. XVI asrlarda ko‘pgina Markaziy Osiyolik donishmand,
alloma, sanatkorlarning o‘zlari yoki boburiylar taklifi bilan
Xindistoi shaxarlariga kelib qoldilar. Boburiylar saroyida
Turkiy va ayniqsa forsiy tildagi adabiyot, sanat, alm —fan
rivoj topdi. Bu markaziy Osiyo, xususan, Turkiston va
Xindistondagi boburiylar davlati o‘rtasida madaniy aloqalarni
kuchaytirishga, ularni o‘zaro tasirini orta borishiga olib keldi.
Boburiylar o‘zlarini Temuriylar davlati davri madaniyatining
merosxo‘ri, davomchilaridan deb bildilar. Ayniqsa boburiylardan
Akbarshox, Shoxjaxon, Avrangzeb davrida Xindistonda markaziy
Osiyo manaviy qadriyatlariga asoslangan musulmon madaniyati
keng rivoj topdi va muxim yutuqlarni qo‘lga kiritdi.
Xullas Markaziy Osiyo xonliklari va amirlik o‘rtasidagi
nizolar bo‘lib tursada, malum darajada dexqonchilik,
xunurmandchilik, savdo — sotiq davom etdi. Fan, adabiyot,
sanatning rivojlanishini ko‘proq Saroy doirasida bo‘lib, xam
diniy, xam dunyoviy asarlar yozilgan. Garchi o‘z davri tarix
navsligi o‘sha xonlik va amirlikdagi siyosiy voqealar solnomasini ifodalaydi, o‘sha davr ruxi aks ettirilgani bilan
tarixiy, axamiyatga ega. Muxammad, Yoqubning «Gulshan —ul mulk»,
119
Muxammad Mir Olimning «Tarixi Amir Xaydar», Mulla
Ibodullava mulla Muxammad Shirifning «Tarizi amir Xaydar»,
Muxammad amir To‘raning «Muntaxabut tavorix» kabi asarlari
diqqatga sazovordir.
2. Madaniyatning boshqa soxalari singari ilm —fan
ijtimoiy — falsafiy fikrlar yo‘nalishida katta yutuqlarga
erishildi.
U Xalilullox Badaxshiyga shogird tushib uning so‘fiylik
talimotidan baxramand bo‘ladi shuningdek kubroviylikning
yirik shaxslaridan biriga aylanadi. U umrining oxirlarida
Buxoro Muzofotida yashab, o‘sha yerda 1647 yil vafot yetgan.
Yusuf Qorabog‘iy aniy fanlarda yirik natijalrni qo‘lga
kiritadi. U astronomiya va tibbiyot fanlarini xam chuqkur
o‘rganadi.
U qadimgi Yunon va Rim Yangi falsafani xam mukamal
bilganlar. U Aristotelning «Koinot xaqidagi» asarlarini xam
yaxshi bilgan.
Yusuf Qorabog‘iy fikricha olam o‘zining bir-biriga qonuniy
bog‘langan qismi va bo‘laklari bilan bir butun va yagonadir.
Olam bir tana bulsa barcha mavjud narsalar borliqning
bo‘laklaridir deydi Qorabog‘iyning dunyoni bilishdagi fikrlari
sababiyat qonunlariga narsa va xodisalarni paydo bo‘lishi,
ularning yo‘qolishi axolining irodasiga bog‘liq deb xisoblovchi
mutakallimlarning qarashlariga qarshi turar edi. Qorabog‘chi
fikricha borliqdagi barcha narsa va xodisalar bir —biri bilan
sabab — oqibat orqali bog‘liqdir. Shunday, qilib xar qanday
oqibatning sababi mavjud «agar sabab mavjud bo‘lmasa demak
oqibat xam bo‘lmaydi», U sharq falsafasidagi «tanasux» yani ruxni
ko‘chib yurishi xaqidagi talimotni tanqid qilib chiqqan, «Tanasux»
talimotiga ko‘ra Rux abadiy va o‘lmasdir, xamda o‘lgan tanani tark
etib, yangi dunyoga kelgan inson tanasiga kiradi.
Qorabog‘iy Rux va uning tanaga munosabati sodda materialistik
qarashga qoldi. U tana ruxni vujudga keltiruvchi sabab deb bildi.
U ruxning o‘lmasligiga va muqaddasligini inkor qildi. Uning
ijtimoiy — siyosiy qarashlarini markazida inson manfati va
uning yaratuvchiligi turadi. Xayot jarayoni kishining mexnati va
mexnati xisobiga kun kechirgan kundan rag‘batlanishi, moddiy va
manaviy kamol topishi bilan. Xarakterlanadi. qorabog‘iy kishi
faqat jismoniy mexnat bilan emas, mexnatning yuqori pog‘onasi xisoblangan aqliy mexnat bilan, ma’rifat mashg‘ul bo‘lib, bilim
ortirishi zarurligni qayt etadi.
Markaziy osiyoning XVII asrdagi yirik mutafakiri Muxummad
Shirif ibn Muxammad Al Xusayniy, Al —Alaviy Al— Buxoriydir.
U al — Malaviy nomi bilan mashxur bo‘lgan. Bizgacha yetib kelgan
uning 20 dan ortiq asari mavjud. 120
U birgina falsafa soxasida
emas, balki tarix, sheriyat, xuquq va tilshunoslik masalalari
bilan xam shug‘ullangan.
Al— Buxoriy barcha narsa va xodisalarni imkoniy borliqqa,
Olloxning zaruriy borliqqa kiritadi. U insonning ruxiy quvvati
va Rux xaqidagi. talimot bilan xam shug‘ullanib Aristotelning
ruxiy uch ko‘rinishiga ega degan fikrdan farqli o‘laroq ruxning
4 turini e’tirof etadi. Ular tabiat, nabobat, xayvonot va insoni
ruxlarga bo‘linadi. U tabiat, jamiyat taraqiyotining yuqoriga
ko‘tarilib borayotgan spiral prujina o‘ramiga o‘xshaydi. qar yuir
to‘xtovsiz doira taraqqiyoti zinasidir. Unda to‘xtovsiz xarakat qilishi, yuqoriga kutarilish yoki boshqa zinaga o‘tishdir deb qayt
qiladi.
Shunday qilib Muxammad Buxoriyning falsafiy qarashlari
tabiyat va jamiyat taraqqiyotidaga o‘zaro uzviy aloqadorlik uzluksiz
davom etishini dunyodagi barcha narsa va xodisalar bir —biri
bilan bog‘liqda ekanini takidlaydi.
Markaziy Osiyo xonliklaridagi ijtimoiy — siyosiy sharoitni
qoloqligini tanqid qilib chiqqan ilg‘or fikirli kishilar Turdi
Farog‘iy, Boboraxm Mashrab singari kishilar ayrim dindorlar
tomonilar taqib ostiga olingan.
O‘lkadagi ijtimoiy-siyosiy fikrlar tarixii ikkinchi
bosqichi Bobur va Boburiylar davlatida ijod qilgan Markaziy
Osiyolik faylasuflarning ijodinin o‘z ichiga oladi. Boburiylar
saltanatining 300-yillik xukumronligi nafaqat Xindiston
balki Markaziy Osiyo unga qo‘shni davlatlarning xududida yashovchi
xalqlarning madaniy xayotida chuqur iz qoldirgan davr bo‘lib qoldi.
Xindistonda Boburiylr madaniyati Markaziy Osiyoning o‘rta
asrlar madaniyatini xam o‘zida mujassam etdi. Xindistonda
ijtimoiy-falsafiy fikirlarni taraqiyotiga fors tili va
forscha adabiyotning roli muximdir. Shuningdek Boburiylar
davlatida urdu, xindu, eski o‘zbek tili xam o‘z tasiriga ega.
Bu davrining madaniyati xaqidagi asarlardan biri mashxur asar
«Boburnomadir». Boburdan Avrangzeb xukumronligiga qadar qadim
Xindistonning shaxarlari yirik madaniyat markaziga aylandi.
Bu davr faylasuflaridan Muborak Nigoriy, Jaloliddin
Tonisoriy, Nizomiddin Xirotiy, Narilxaq Amin Axmad Roziy,
Abulfayz Fayziy, Abdulqodir Bedil va boshqalardir.
Mirzo Abdulqodir Bedil (1644—1721). U o‘z davrining taniqli
mutafakiri, Bedil falsafa soxasida boy ilmiy meros qoldirgan.
Uning falsafiy qarashlari panteizm (xudo bilan tabiatni
birday deb qarash) asosida qurilgan edi.
121
Bunday qarashlar Markaziy Osiyo falsafasida keng o‘rin
egallagan. U olamni yagona deb bilib unda Olloxning
mavjudligini etirof yetgan. Uning fikricha olam mavjud, u
cheksiz chegarasizdir, inson va real borliqning maxsuli.
UIbn
Sinoning olam cheksiz, u bordan yo‘q, yo‘qdan bor bo‘lmaydi degan
fikrini davom yetirdi. U Dunyo abadiy o‘zgaruvchan va uning
ibtidosi xam intixosi xam deb etirof etadi.
Bedilning qarashlari kishilarni mexnatga, bilim olishga,
ertangi kunga ishonch bilan qarashga, birlikka undaydi. Uning
talimotini tarixiy xizmatini xam Xind xam Markaziy Osiyo
xalqlariking Dunyoqarashlarini o‘zining ijobiy tomonlari bilan
boyitganligidadir.
U inson, jamiyat, savdo, dexqonchilik xaqida xam o‘z tasavur va
fikirlarini bayon etib kambag‘al parvarlik jamiyatni boshqaruv
tizimidati kishilarga xam xos bo‘lishi lozimligini xam qayt
etgan.
3. XVI-XIX asrlarda Buxoro, Xiva va Qo‘qon
xonliklarida adabiyot soxasida mukammal maktablar vujudga
kelgan. Adabiyot soxasida ijtimoiy — falsasriy qarashlarni o‘zida
mujassam etgan bir qator asarlar yaratildi.
Masut Ibn Usmon Ko‘xistoniyning «Abuxayrxon tarixi»,
Kamoliddin Binoiyning «Shayboniynoma», Gulbadam Begim
«Xumoyunnoma», Muxammad Xaydarning «Tarixi Rashidiy» kabi
asarlari shu davlarda yaratildi.
Bu davrda adabiyotda qarama-qarshi ikki yo‘nalishi 1.
Feodalklerikal yani xon xokimiyati va ruxoniylar boy
zodagonlarni manfaatlarini o‘zida aks ettirgan oqim. 2.
Progressiya yani xaqiqiy xalqchil ijtimoiy falsafiy
qarashlarni o‘zida mujassam etgan oqimlar paydo bo‘ldi.
Feodal krelikal adabit feodal tuzum va xukumron sinfi
manfaatini ximoya qilgan. Bu oqimning Shayboniy, Ubaydiy,
Aziziy, Xaziriy, Abulfayz, Sulaymon, Mulla Shoddi kabi yirik
vakillari mavjud edi. Bu davrdagi ijodkorlar o‘z asarlarida tor
doirasidagi zodogonlarning qiziqishini aks etirgan.
Progressiya adabiyot esa inson va uning moxiyati
Dunyoqarash diniy va dunyoviy kamoloti, jamiyatning salbiy
tomonlarini ochib beradigan yo‘nalish edi. Bu oqimning Bobur,
Muxammad Solix, Xo‘ja kabi vakillari mavjud edi. Bu davrdagi
adabiyot Markaziy Osiyo chegaralaridan chiqib Turkiya, Xindiston,
Ozarbayjon va boshqa mamlakatlarga tarqaladi.
Boburning «Boburnoma» asari o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy va madaniy xayoti xaqida xar tomonlama chuqur
tasavurlarni beradi. Bobur shaxsan qarama-qarshi qarashlarga ega
edi. Bir tomon o‘z yutrini sevuvchi va musofirlikni azobini ortgan 122
Bu kitobni tayyorlash uchun qog‘oz kesadigan kishi, xattot
kotib, muzaxxib (qo‘lyozmani bezaydigan), lavaq ( kitob boblarini
va rasmlarni joylashtiradigan), Mussavir, Saxxof
(muqovalaydigan kishilar qatnashganlar).
a va sanat rivojlanadi. Buxoro markaz
bo‘lganligi uchun Samarqand, Toshkent, Termiz kabi shaxarlarga
nisbatan tez rivojlana boshladi. Bu davrda Toshkentda Baroqxon
va Ko‘kaltosh, Denovda Said Otaliq madrasasi, Termizda Sulton
Saodat madrasasi qadKalligrafiyani o‘rganish muxim va qiyin bo‘lgan. Shermuxammad
Munis «Savodi talim» aarini yosh xattotlar uchun darslik qilib
yaratgan.
Komil Xorazmiy (1825—1899) shoir, bastakor xattot, masavvir
bo‘lgan Uning Musiqaga atalgan «Xorazm notasi» nomli asari
mavjud.
Qo‘qon xonligidagi adabiy muxit o‘ziga xos maktab bo‘lgan. Bu
davrdagi adabiyot xaqida XVII asr oxiri boshlarida Abdulkarim
Fazlin tomonidan yozilgai (1821) «Majmuai shoiron» nomli
sheriy aftologiyasi muxim ma’lumotlarni beradi.
Farg‘ona vodiysining mashxur shoiri Boboraxm Mashrab (1640 —
1711) adabiyotning progressiya yo‘nalishida muxim rol o‘ynadi.
Uning asarlari Markaziy Osiyo bo‘ylab keng tarqaldi. Chunki u
xalq dardi olami va qayg‘u sitomiga sherik bo‘lgan. Xonlikdagi
yomon illatlarni qoralagan. Erkinlik, xurfikirlilikni kuyladi.
Shuning uchun uni Baxt shaxriga dindorlarning ig‘vosi bilan 1711
yil osib o‘ldirdilar.
XVII asrning yana bir mashxur shoiri Turdi Farobiy edi.
Shoirning turli o‘zbek qabilalari va urug‘larning o‘zaro murosaga
chiquvchi «tor ko‘ngildik beklar» deb ataluvchi she’ri xalqni
birlika chaqirdi.
Qo‘qonning XVIII asrdagi mashxur xajviyachisi Maxmur o‘zining
«Xapadak»,. «Itboqar qozi», «Xolsi Niyoz» kabi sherlarida
amaldorlarning. yaramas buzuq xulq —atvori va razil
xarakatlarini fosh qildi, U Xapalak sherida och-yalong‘och xalqqa
solishgan «tilla solig‘i» baxtsizlik keltirishni istirob va qayg‘u
bila tasdiqlaydi.
Adabiyot insoniyat tarixi davomida fikriy va qalbiy tushunchalar ifodasi tarzida kishilar shuuridan o‘rin olgan. Ajdodlarimizning e’tiqodiy, ma’naviy va ruhiy qiyofalari badiiy adabiyotda, xususan, mumtoz adabiy asarlarda o‘z aksini topgan. Badiiy adabiyotning bosh vazifasi insonni, go‘zallikni va haqiqatni vasf etish bo‘lib, tarixiy voqelik esa, badiiyat zamirida tasvirlanadi. Shu bilan birga, adabiyot mohiyati taqozosiga binoan, tarixni, jumladan, tarixiy voqea-hodisalarni va real voqelikni 123
Albatta, mazkur masalaga u yoki bu darajada turlicha munosabat bildirib kelingani ham ehtimoldan xoli emas. Biz esa, unga, asosan, Qo‘qon adabiy muhiti misolida bir nazar tashlashni niyat qildik. Negaki, mumtoz adabiyotimizning XVII-XIX asrlar davri adabiy muhitlar tegrasida rivoj topgan va ularni izchil o‘rganish adabiyot tarixi tadqiqotchilari zimmasida turgan ko‘plab savollarga javob bo‘ladi. Xuddi, shuningdek, muhit ijodkorlari tomonidan yaratilgan asarlarda tarixiy ma’lumotlarning nechog‘lik aks etgani hamda ularning badiiy qimmati va ahamiyati kabilar shular jumlasidan. Diqqat markaziga olmoqchi bo‘lganimiz esa lirik turdagi she’rlardir. Lekin masalaning mohiyatiga kirish uchun, avvalo, mazkur muhitda yaratilgan tarixni aks ettiruvchi badiiy asarlarning mavzu ko‘lami va janr xususiyatiga ko‘ra tasnifini keltirish lozim. Ular quyidagilardan iborat:
Tarixiy-badiiy dostonlar;
Adabiy nasr namunalari;
Mumtoz lirik turdagi she’rlar.
Tarixiy-badiiy dostonlar.
XIX asr davomida Qo‘qon xonligidagi ayrim ijtimoiy-siyosiy voqealar tarixini badiiy tarzda ifodalagan bir necha dostonlar yaratilgani ma’lum. Misol sifatida Abdulkarim Fazliyning “Umarnoma”, Uvaysining “Voqeoti Muhammadalixon”, Mutribning “Shohnomai devona Mutrib”, Andalibning “Shohnomai devona Andalib”, Abdulg‘afur Ismatiyning “Zafarnomai Xudoyorxon”, Umidiy Marg‘iloniyning “Maktubchai Xon” singari dostonlarini keltirish mumkin.
Mazkur dostonlar masnaviy janrida yozilgan bo‘lib, ularning hajmi ham turlichadir. Shunisi ahamiyatliki, ulardan Fazliy qalamiga mansub dostongina fors tilida bo‘lib, qolganlari o‘zbekcha yozilgan. Shubhasiz, mazkur dostonlar o‘z davri voqea-hodisalarini yoritishda qimmatli ma’lumotlarni beruvchi manbalar hisoblanadi. Masalan, Uvaysiyning asarida Muhammadalixonning Qoshg‘ar yurishiga chiqishi tasvirlangan. Garchand, bu doston tugallanmagan bo‘lsa-da, u o‘sha davr va so‘z yuritilayotgan voqeani o‘rganishda hamda tarix haqiqatini yoritishda yordam beradi. Yoki, Umidiy Marg‘iloniyning «Maktubchai Xon» dostonida Xudoyorxon hukmronligining so‘nggi yillari badiiy asnoda hikoya qilingan. Asar muallifi, iste’dodli shoir – Umidiy mazkur voqealarning ko‘piga o‘zi shohid bo‘lgan va ularni real tasvirlashga harakat qilgan. Masalan, bir o‘rinda shoir, ro‘y bergan ko‘p qirg‘inlarga sababchi – Musulmonqulning qatl etilishini tasvirlar ekan, uning o‘g‘li Abdurahmon (Oftobachi)ning holatini shunday ifodalaydi:
Yigit go‘dak edi Oftobachi bil,
Ajal yetmay, tiriklay qoldi ul yil.
Xo‘qandlik ilkida qifchoqdin o‘n ming
Tamomi bosh kesildi, xok ila teng.
Qolib Oftobachi dilda niqori,
Ko‘ngil oinasida bir g‘ubori.
Qasosin xondin olmoq erdi bir kun,
Adovat ko‘nglida erdi aningchun…
124
Ushbu misralarda muallif, kelajakda otasidan ham o‘tkazib jaholat, xiyonat va razolatga boradigan Oftobachining ko‘nglidagi adovatni haqqoniy ravishda yoritib bera olgan.
Adabiy nasr namunalari.
Aynan xonlik tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan nasr yo‘lida yozilgan tarixiy asarlar ko‘p (40 tacha) ekanligi ma’lum. Ammo, kam bo‘lsa-da, shunday prozaik asarlar ham borki, ularni shu muhitda yaratilgan badiiy nasrning o‘ziga xos namunalari, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Ular jumlasiga: “Tazkirat ul-avliyo”, “Ma’lumoti Soqibiy”, “Tazkirai Qayyumiy”, “Qo‘qon tarixi va uning adabiyoti”, Furqatning ayrim asarlari va Muqimiy maktublarini kiritish mumkin.
Abdulaziz Majzubning “Tazkirat ul-avliyo” (yoki “Tazkirai majzub”) yodnomasi manqabaviy asardir (O‘zR FAShI fondi, 2662 raqamli qo‘lyozma, forscha, 132 varaq). Unda XVIII-XIX asrning birinchi yarmida, asosan, Turkistonda yashagan avliyo, olim va ijodkorlar haqida turli rivoyat va hikoyatlar berilgan, shuningdek, tasavvufning ba’zi masalalariga ham to‘xtab o‘tilgan. Masalan, Maxdumi A’zam Kosoniy-Dahbediy, Musoxon Dahbediy, Sharif Xoja Toshkandiy, Mirmaqsud Xoja Eshon, Ofoq Xoja Eshon, Domla Iso Oxund, Xalifa Husayn, Mavlaviy Namangoniy, Mavlaviy Jabaliy, Xalifa Ashur, Mullo Lutfulloh Chustiy, Xalifa Abduqayum va hokazo. Yana, So‘fi Olloyor, Mashrab, Mirzo Joni Jonon, Mirzo Bedil kabi mashhur shaxslar hayoti haqidagi qaydlar va ayrim tarixiy voqealarning mavjudligi ham asar mundarijasini boyitgan. Shu bilan birga, asar muallifi o‘zi ko‘rgan va bilgan tasavvuf bilan bog‘liq voqealardan tashqari, ayrim muhim tarixiy faktlarni ham hikoyalar vositasida keltirib o‘tadi. Misol uchun, Qo‘qon tarixiga bag‘ishlangan aksar asarlarda xonlikning aynan XVIII asrdagi tarixiga oid ma’lumotlar nisbatan kam uchraydi. Xususan, bu davrdagi hukmdorlarning ijtimoiy-madaniy faoliyati haqida manbalar deyarli “indamaydi”. Ushbu tazkirada esa xonlardan – Abdulkarimbek, Abdulrahimbek, Erdonabiy va Norbo‘tabiy bilan bog‘liq ayrim voqealar ham so‘zlanadi. Misol uchun, asarning bir o‘rnida 1751-1752 va 1753-1766 yillarda taxtda o‘tirgan Erdonabiy (Abdulqayumxon)ning saroyida bo‘lib o‘tgan bir masnaviyxonlik haqida ma’lumot bor. Unda xonning Mavlono Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asarini sharhlovchi ulug‘ olim, Mirmaqsud Xoja Eshonga yuksak ehtiromi, u bilan ko‘p bora hamsuhbat bo‘lgani va uning ma’rifatli xon sifatidagi siymosi aks etgan.
Ma’rifatparvar va adabiyotshunos Po‘latjon Qayyumovning “Tazkirai Qayyumiy” asari garchand, o‘zbek adabiyotining qadimgi davrlaridan to XX asr boshigacha bo‘lgan jarayonini, alohida shaxslarni saralash asnosida yoritilgan, antologiya tarzidagi asar bo‘lsa-da, adabiy hodisalar va shoirlar ijodiyotini baholash davomida, ayrim tarixiy voqealarga ham munosabat bildirib o‘tilgan. Domlaning yana bir asari “Qo‘qon tarixi va uning adabiyoti”ning qimmati esa unda Qo‘qon tarixiga oid ba’zi bir nodir ma’lumotlarning berilishidir. Asar uch qo‘lyozma daftardan iborat bo‘lib, tarixiy ma’lumotlar birinchisi (“Tarixiy ma’lumotlar” qismi)dan o‘rin olgan. Masalan: “Xo‘qand shaharining darbozalari”, “Xo‘qand shaharida bo‘lgan tarixiy binolardan madrasalar to‘g‘risida”, “Qo‘qon xonlarining avlodi”, 125
“Sayyid Sultonning xon ko‘tarilishi”, “Qo‘qonning taniqli kishilari”, “O‘zbek urug‘lari”, “O‘zbek elidan yetishgan mashhur shayxlar” sarlavhalari ostida qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu maqolalar u qadar katta emas. Lekin, qisqa, ammo aniq va puxta bu ma’lumotlar muhim fakt bo‘lib, tasvirlangan voqealarning bir qismiga muallifning o‘zi guvoh bo‘lgani bilan ahamiyatlidir.
Mumtoz lirik turdagi she’rlarga esa biz alohida ahamiyat bermoqchimiz.
Birinchi galda, “ta’rix” deya nomlanuvchi xronogrammalarni ta’kidlash zarur. Bunday asarlarning eng yorqin namunalari Imomali Qori Qunduziyning “Tavorixi manzuma”sida mujassam. Unda xonlar va ayrim davlat arboblarining vafotlari, mansabga kelishlari va yana boshqa voqealar she’riy yo‘l bilan qisqacha tasvirlanib, abjad hisobi bilan chiqadigan ta’rix aytilgan. Yana boshqa Qo‘qon shoirlari tomonidan ham bu janrda ijod qilingan. Masalan, Akmal Xo‘qandiy qalamiga mansub bir forscha ta’rixda shunday deyiladi:
Bar on xatm shud mansabi sarvariy,
Ba Abdulkarim on shahi boburiy.
Bino kard shahre ba in obrang
Ki, zad shishai haft kishvar ba sang.
Az on tab’i ahli suxan shod bud
Ki, ta’rixi u Mazohirobod bud.
Mazmuni:
Sarvarlik (podshohlik) mansabi
boburiy shoh Abdulkarimga xatm qilinganda,
(U) suv rangidek (shaffof) shaharni bino qildi.
Bu bilan yetti kishvar (yetti iqlim mamlakatlari)ning
shishasi toshga urildi.
Bundan so‘z ahlining tab’i shod bo‘lib (aytdilar),
Uning ta’rixi Mazohirobod bo‘ldi.
Mazkur parchada ta’rix moddasi “Mazohirobod” so‘zi bo‘lib, undan abjad hisobida chiqadigan 1154 hijriy qamariy sanani milodiyga aylantirilsa, 1741 yilga to‘g‘ri keladi. Bu esa, Qo‘qon shahrining hozirgi o‘rni yangidan bino bo‘lib, imoratlar solingan sanadir. “Mazohir” kalimasi “ashyoning ko‘rinishi va chiqqan joyi” ma’nosini bildirishi bilan birga, yana “sharaflanmoq” mazmunini ham beradi. Ya’ni, zukko shoir Akmal Xo‘qandiy o‘z shahrini “paydo bo‘lishi va chiqqan joyi bilan sharaflangan, obod maskan”, deb tarixga muhrlagan. Shuningdek, unda yana Qo‘qon xonlarining kelib chiqishini Zahiriddin Muhammad Boburga bog‘lanishiga ham ishora qilinmoqda. Demakki, Qo‘qon xonlari shajarasini temuriylarga bog‘lash, ayrim tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, XIX asr boshlarida emas, balki undan qariyb bir asr avvalroq ham mavjud ekanligi ayonlashadi.
126
Yoxud, Xusaynquli Muhsiniy devonida ham o‘ndan ortiq ta’rixlar bor. Ulardan biri qo‘qonlik mashhur naqshbandiya shayxi Hakimxon xalifa vafotiga aytilgandir. Uning oxiri shunday:
…Surushi g‘ayb dediki, Muhsin:
“Ba favti ta’rix lak qazolik.
Qarong‘ulig‘dur muridlariga
Ki, birdin o‘chti chirog‘i solik”.
“Chirog‘i solik” birikmasi ta’rix moddasi bo‘lib, abjad hisobida harflar raqamga aylantirilganda 1315 chiqadi. Endi, “ki, birdin o‘chti chirog‘i solik” misrasiga ko‘ra, solik (tariqat yo‘lchisi)ning chirog‘i o‘chirilsa, ya’ni, “chiroq” so‘zidagi 1 soniga teng “alif” harfi olinsa, Hakimxon xalifaning vafot sanasi kelib chiqadi. Ya’ni, 1315-1=1314 (milodiy hisobda 1897 yil).
Bu yerda to‘g‘ri shaklga ega “alif” yonayotgan chiroq piligini bildirib, “chiroq” so‘zi o‘rtasidan “alif”ni olib qo‘yilsa, bu so‘z chiqmaydi, ya’ni, “chiroq o‘chadi”. Shoir bu o‘rinda, Hakimxon xalifani o‘z davri tariqat ahlining yo‘lini yoritib turgan chiroq-yorug‘lik sifatida tasvirlamoqda. Hamda, ul zotning vafoti bilan ana shu nur ham so‘ndi, degan fikrni chiroyli tarzda ifodalay bilgan. Muhsiniyning bu yo‘sin fikrlarini Hakimxon xalifa vafotiga bag‘ishlangan boshqa (Haziniy va Fidoiy) ta’rixlar ham tasdiq etadi.
Yana, mumtoz lirik turdagi asarlar – g‘azal, muxammas, musaddas kabilardan ham uncha-buncha tarixiy asarlarda berilmagan yoki e’tibor qilinmagan faktni ilg‘ab olish mumkin, deb o‘ylaymiz. O‘rnak tariqasida uch taxallusda (“Nodira”, “Komila”, “Maknuna”) ijod qilgan Qo‘qon malikasi Mohlaroyim she’rlariga murojaat qilsak. Uning o‘nlab asarlari turmush o‘rtog‘i, shavkatli xon va iste’dodli shoir Muhammad Said Amir Umarxon yodi va unga bag‘ishlangan firoqnomalardan iborat. Ammo, Nodiraning keyinchalik yozgan bir necha she’rlarida o‘g‘illariga murojaati ham o‘rin olgan. Ularda birinchi galda Muhammadalixonni – Xon deya tilga olinadi. So‘ngra, nabirasi (Muhammadalixonning o‘g‘li) – Muhammadaminni va undan keyingina kichik o‘g‘li Sulton Mahmudxonni eslaydi. Biroq, ko‘p o‘rinda, unga Valina’m yoki Valna’mi Sulton deb murojaat etadi. Ba’zi misralarida esa, Sulton Mahmudxonning chechak kasali bilan uzoq muddat betob bo‘lganidan qayg‘u chekkani va uning tuzalganiga shukronasini bildiradi:
Lillahil hamd ki az xosiyati davlati Xon,
Ofiyat topdi chechakdin Valna’mi Sulton…
Albatta, onaning farzandiga qayg‘urishi tabiiy hol. Lekin, o‘sha davr hukmdor tabaqasining bir-biriga munosabatini va xonlarning ahvoli bilan bog‘liq bunday o‘rinlarni lirik kayfiyatdagi shu kabi she’rlar vositasida ham bilib olsa bo‘ladi.
Mavridi kelganda, yana bir muhim masalaga munosabat bildirish o‘rinli. U ham bo‘lsa, mumtoz adabiyotga mansub biror lirik asardagi u yoki bu ibora yoxud o‘xshatishni aynan biror-bir voqea-hodisaga taqash. 127
Chunki, badiiyat namunasida, xususan, lirik asarda aniq nom yoki ishora (adresat) ko‘rsatilgan taqdirdagina, ma’lum bir xulosa chiqarilsa o‘rinli va to‘g‘ri bo‘ladi. Misol uchun, o‘tgan asrning oltmishinchi yillarida Muqimiyning juda go‘zal yozilgan barkamol asarlaridan biri – “Axtaring” radifli g‘azalini shunday siyosiy tus berib tahlil etilgan edi. O‘sha talqinda jumladan shunday deyilgan:
“Ramzlar, kinoyali iboralar bilan yozilgan bu she’r mazmunini diqqat bilan o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, Muqimiy qandaydir bir “jinoyat”da ayblanib, hukumat ma’murlari tomonidan ta’qib etilgan va qochishga, yashirinishga majbur bo‘lgan…” (Muqimiy hayoti va ijodi. –T. 1970. 77-bet).
Bunday g‘alat talqinga esa g‘azalning quyidagi matla’si sabab:
Podshoh yo‘qlatsalar nogah, gado, deb axtaring,
Tutmang hargiz nomimi, baxti qaro deb axtaring…
Vaholanki, shoir tarjimai holi yuzasidan olib borilgan eng so‘nggi tadqiqotlar bunday voqea aslida bo‘lmaganini ko‘rsatmoqda. Mazkur she’rda esa oshiqning ma’shuqasiga nisbatan murojaati va visolga yetolmaganidan afsus nadomati aks etgan, xolos.
Yoki, shoirning yana bir mashhur – “Aqlu hush uchti boshimdin, ey pari, devonaman…” deya boshlanuvchi dilbar g‘azalidan muvashshah san’atiga ko‘ra chiqadigan “Adolxonim” ismi va:
…Mulki Hindu Marvdin kelsam topardim e’tibor,
Shul erur aybim, Muqimiy, mardumi Farg‘onaman, – deya tugallanadigan maqta’sidan kelib chiqib, Muqimiy va Muhyi o‘rtasidagi “sovuqchilik”ga sabab qidirish bahsi ham bundan bir necha yil muqaddam ko‘tarilgan edi (O‘z AS, 21.06.1996).
Bizningcha, avvalo, kim nima deya faraz bildirishidan qat’i nazar, “Mulki Hindu Marvdin” iborasidan shoir Muhyining ismi – “Muhyiddin” so‘zi arab yozuvi talablariga ko‘ra chiqmaydi, misrada muammo san’ati va unga ishora ham yo‘q.
Ikkinchidan, mazkur ism chiqmagach, aslida, g‘azal Muhyi bilan bog‘langani va uning Adolxonimga atalib, shu ayol tufayli ikki ijodkor o‘rtasidagi muammoning qo‘yilishi ham asoslanmaydi.
Muvashshah masalasi esa an’ana bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, XIX asr ikkinchi yarmi mumtoz adabiyotimizda muvashshahchilik keng urf bo‘lgan. Masalan, o‘sha davr ijodkorlaridan Haziniyning yigirma, Qoriyning o‘ttiz, Furqatning qirq, Muhyining esa qirqdan ortiq va, nihoyat, Muqimiyning o‘zida yetmishdan ziyod muvashshah bor. “Adolxonim” muvashshah-g‘azali ham ana shular sirasidan bo‘lib, shoirning ko‘p sonli muxlislaridan birining iltimosi yoxud taklifiga binoan yozilgan. Bunday deyishimizga sabab, o‘sha davrdagi aksar muvashshahlar, biror-bir she’riyat ixlosmandining o‘zi yoqtirgan kishi nomiga atab shoirdan she’r yozib berish haqidagi so‘roviga muvofiq yaratilar edi.
Uchinchidan, Muqimiyning bu she’ri 1880 yillar oxiri, 1890 yillar boshidagi ijod mahsullaridandir. Haqiqatda yashagan Adolxon esa bu ikki shoirdan ancha yosh bo‘lib, bahsga sabab she’r dunyoga kelganida, u taxminan 7-8 yashar qizaloq bo‘lganligi, ehtimol. 128
Chunki, Adolxonga dugona deya ta’kid etilgan xalq artisti, mohir san’atkor Lutfixonim Sarimsoqovaning yoshi bilan qiyoslaganda ham, bu o‘rinda bir anglamsizlik bor. Ustiga-ustak, Muhyining o‘zi ham Muqimiydan 15 yosh katta edi. Endi, uning Adolxondan qancha yosh ulug‘ ekanligini bir chamalasak ham, bu “muhabbat uchligini” tasavvur etishning o‘zi mantiqqa uncha to‘g‘ri kelmaydi. Balki, bu Adolxon Muqimiy she’rida nomi muvashshah qilingan shaxs emasdir.
Va, nihoyat, to‘rtinchidan, munozaraga sabab bo‘lib, tadqiqotchilarni o‘ziga bu qadar jalb etgan asosiy jihat nazarimizda, g‘azaldagi so‘nggi bayt, ya’ni, maqta’dir. Shoir unda boshqa bir yerdan kelib e’tibor topish mumkinligini va o‘zining “aybi” “mardumi Farg‘ona” ekanligini “afsus-nadomat” bilan bildiradi.
Biroq, shuni ham ta’kidlash kerakki, bunday motiv, ya’ni, o‘z-o‘zini qaysidir ma’noda malomat qilish va nolish ohanggi, Muqimiydan oldingi shoirlar ijodida ham uchraydi. To‘g‘rirog‘i, bu jihat mumtoz she’riyat uslubi uchun an’anaviy xususiyatlardan biridir. Masalan, o‘sha XIX asrning birinchi choragiga qadar yashab, ijod qilgan G‘oziy Xo‘qandiy ham bir muxammasida shunday yozadi:
…O‘zga yerdin kelsam erdi, ortar erdi izzatim,
G‘oziyo, aybim budurkim, shoiri Xo‘qandiyman.
Shu bilan bir qatorda, ko‘plab Qo‘qon shoirlarining konkret va real ijtimoiy voqelikni tasvirlagan g‘azal va muxammaslari borki, unda o‘sha davrdagi xalqning hayoti, ba’zi xonlarning siyosatidan noroziligi kabi hodisalar aks etgan. Aytaylik, Maxmur satiralari bunga misol bo‘la oladi. Yoki, keyingi davrdagi Qoriy, Muqimiy, Zavqiy, Zoriy, Yoriy kabi shoirlarning ba’zi she’rlarida mustamlaka sharoitida Qo‘qon va uning atrofida yashayotgan xalqning ahvoli, jamiyat hayoti va tarixiy voqelik aks etgan. Masalan, Muqimiy hajviyotining voqealari va qahramonlari aynan yuqorida tilga olingan xalq vakillari va tarixiy sharoitdir. Uning zamondoshi Zavqiy she’riyatida ham ijtimoiy-siyosiy motivlar yaqqol seziladi. Ayniqsa, shoirning bir necha muxammas, musaddas va masnaviylarida Qo‘qonda ro‘y bergan tarixiy hodisalar tilga olinadi va ularga munosabat bildiriladi. Masalan, “Qissai Farg‘ona” she’rida:
…Kuyub ikki taraf Xishtlik masjiddin havli, do‘konlar,
Biling, to bu taraf Xishtko‘fruku ham Jome’, Kaffonlar,
Asar yo‘q rastalardin, kuydurub bu nomusulmonlar,
Kuyub kul bo‘ldi behad ko‘p “Daloyil” birla “Qur’on”lar,
Xudodin o‘zga bilmas, bu nechuk asror, Farg‘ona…
Parchada keltirilgan Qo‘qondagi mavjud joy nomlari asar yozilgan vaqt – 1918 yil, fevral oyida shahar bosqinchilar hujumidan qay ahvolga tushganini bildiradi. Bu ishlarning sababi va “nomusulmonlar” kimligini esa Zavqiy shunday izohlaydi: “Musallat qildi nohaq fe’limizdin bolshuviklarni…”
129
Albatta, har qanday ijodkor o‘zi xohlagan vaqtda, istagan asarini yozadi. Ammo, mumtoz adabiyotimizdagi ayrim tarixiy-ijtimoiy mavzudagi asarlarning yaratilishiga e’tibor qilinsa, doim ham biz aytganday bo‘lavermagan chiqadi.
Ma’lumki, XIX asrning so‘nggi choragiga kelib badiiy adabiyotda turkum she’rlar yaratish o‘ziga xos tarzda urf bo‘lgan. Misol uchun, Muqimiy, Zavqiy, Zoriy, Qoriy, Rojiy va G‘urbatning firibgar Viktor Axmatov haqidagi “Bektur”, “Bekturboy” hajvlarini eslasak. Yoki, Xudoyorxon taqdiri bilan bog‘liq manzumalar Furqat, Zavqiy, Zoriy, Muhayyir va Kotib tomonidan qalamga olingan.
E’tiborni qaratmoqchi bo‘lganimiz yana bir katta turkumga sababchi bo‘lgan voqea 1902 yil 16 dekabr kuni Andijonda ro‘y bergan dahshatli zilzila edi. Muhyi, Muqimiy, Zoriy, Pisandiy, Haziniy, Kamiy, Ibrat, Nasimiy, Shavqiy, Fayoz, Xatmiy, Dabiriy, Shohiy, Olim Nuriy va Hamza (Nihoniy) kabi shoirlar bu fojia ta’sirida g‘azal, muxammas, musaddas va ta’rixlar bitganlar. Turkumni Muhyi va Nasimiy boshlab bergan, deyish mumkin. Muqimiyning bu haqdagi she’ri esa vafotidan sal avvalroq “Turkiston viloyati gazeti”da bosilgan (1903, №15). Umuman, o‘sha – 1903 yilning yanvar-may oylari oralig‘idagi “TVG”ning bir necha sonida shu turkumda turli shoirlarning asarlari ketma-ket bosilib turgan.
Muqimiyning ta’kidlangan asarni yozish tarixiga nazar solsak, qiziq bir jihat ravshanlashadi. U jiyaniga yuborgan so‘nggi (sana qo‘yilmagan, taxminan, 1902 yil oxiri yoki 1903 yilning avvalida yozilgan) maktubida shunday deydi:
“…Va yana ushbu Farg‘ona mamlakatlari ichra Andijon degan bir shahrimiz bo‘lur erdi, bunda zilzila bo‘ldi. Ba’zi odamlar iltimosi bo‘yincha, nochor betob odam bo‘lsam ham, besh-olti misra nazmga kelturub, ta’rix bo‘lib erdi. Boylarga o‘qub eshitkizilsa, kerak bo‘lur, deb xatga qo‘shib yubordim…”
E’tibor qilinsa, shoir negadir “ba’zi odamlar iltimosi bo‘yincha” demoqda va jiyaniga homiy bo‘lgan Moskvadagi “boylarga o‘qub eshitkizilsa” deya “xatga qo‘shib” yubormoqda. Muqimiy, bu taxlit maktublariga ko‘ra, umrining oxirgi yillarida ko‘p kasal bo‘lgan va behollikdan ijod qilishga ham qo‘li bormagan. Bundan esa shoirning betoblik holida nochorligidan deyarli she’r yozmayotgani va ushbu ta’rixni ham o‘z xohishi bilan emas, balki, aynan “iltimos bo‘yincha” bitgani anglashiladi.
Biz boshqa shoirlarning mazkur – “zilzila turkumi”dagi asarlarini yaratish tarixiga doir ma’lumotga ega emasmiz.
Ammo, davrning yana bir iste’dodli shoiri Abdullajon Nasimiy Xo‘qandiy ham “Bechora andijonlik” she’rida zilzila voqeasiga o‘z munosabatini bildirgani ma’lum (“TVG”. 1903, №8). Biroq, so‘nggi izlanishlarimizdan aniqlanishishicha, shoir mazkur voqea bilan bog‘liq yana boshqa asar ham yaratgan. U dastxat musavvada (qoralama)sida bu she’riga shunday kirish so‘zi yozgan:
“Ta’rix sanai 1320 yilda g‘urrai mohi shavvolda erdi. Xo‘qand shahrini “Jome’”sig‘a azbaroyi namozi Iydi ramazon uchun yig‘ilg‘an mardum huzurlarida mazkur Xo‘qand shahrini qo‘rboshisi – Qo‘rboshi Dodhoh lutfu marhamat uzasidin kamoli ma’yuslik darajasida janobi Hazrati Vojibul Vujud dargohig‘a zore’ va tazarru birla bosh urub, Andijon mamlakatidagi bechoralarni, bu yurgan benamoz, sharobxo‘r, fosiqlarni insofin tilab, jumla mo‘min bandalarni ushbu zamoni ibratnamoning ofatidin saqlag‘il,
130
Do'stlaringiz bilan baham: |