ShIMOLIY BAQTRIYaNING KUShON DAVRI MADANIYaTI
Shaharsozlik. Ilk bor Baqtriyada shakllangan Kushon podsholigi davrida Shimoliy Hindiston va Baqtriyaijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda yuksalishga erishgan.Surxondaryo viloyatining o‘zidagina mavjud 150 dan ortiq Kushon davriga oid shahar, qishloq, qal’a va diniy inshootlar bu davrda yuz bergan iqtisodiy va madaniy taraqqiyotdan dalolat beradi. Bu davrda Shimoliy Baqtriyada ikki yirik markaz shakllanadi. Biri Oks (Amudaryo)ning o‘ng qirg‘og‘idagi Tarmita (Termiz) bo‘lsa, ikkinchi markaz Chag‘onrud(Surxondaryo)ning o‘rta oqimidagi Dalvarzintepa o‘rnida mavjud bo‘lgan.
G. A. Pugachenkova fikriga ko‘ra, xitoy manbasida tilgaolingan kushonlarning ilk markazi Xodzo Dalvarzintepa shahriga to‘g‘ri keladi. Bu kabi poytaxt shaharlar bilan bir qatorda har bir voha o‘z markaziga ega bo‘lgan. Sherobod vohasidagi Jondavlattepa, Angordagi Zartepa, Jarqo‘rg‘ondagi Hayitobodtepalar bular jumlasidandir. Kushon davri shaharlari asosan ikki qismdan, ya’ni yuqori va quyi shaharlardan iborat bo‘lib, shahar atrofida buddaviylik, zardushtiylik dinlari bilan bog‘liq ibodatxonalar va shaharliklar dafinasi kabi inshootlar joylashgan. En2009, à l’Ancienne Termez, l’une des cités
majeures de la Bactriane grecque sur la rive nord de
l’Amou Daria (Ouzbékistan), une nouvelle représen-
tation de gigan tomachie a été découverte1
Kushon podsholigi Shimoliy Baqgriyaning qadimgi davr shahar madaniyatining ravnaq topgan davridir. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, Kushon podsholigi davrida Shimoliy Baqtriyada har 8 -10 qishloqqa 1 shahar to‘g‘ri keladi. Bu davr shaharlarining ichki tuzilishi Eski Termiz, Dalvarzintepa, Zartepa kabi yodgorliklarda o‘tkazilgan qazishmalar orqali ma’lum. Zartepa (Angor tumani) tomonlari 400 metrga teng bo‘lib yagona loyiha asosida qurilgan. Shahar mustahkam tashqi devor bilan o‘rab olingan bo‘lib, unda har biri 34 metr oraliq masofada joylashgan yarim aylana shaklidagi kamonchilarga mo‘ljallangan burjlar joylashgan. Shaharning to‘rt darvozasiga tutash markaziy yo‘llar shaharliklar xonadonlari va undagi mavjud imoratlarni bir-biri bilan bog‘lab turgan.
Shahar maydonida qazib o‘rganilgan inshootlar uning so‘nggi, ya’ni milodiy IV-V asr boshlariga oid hayotini ifoda etadi. Zartepanint markazida 12 ustunli mahobatli zaldan iborat ma’muriy bino va unga tutash imoratlar mavjud bo‘lgan. Shaharnint janubi-sharqiy qismidagi ko‘chaning har ikki tomonida shahar zodagonlarining mahallalari joylashgan. Har bir shaharlik xonadoni 16-20 gacha turli hajmdagi yashash va xo‘jalik bilan bog‘liq xonalardan iborat bo‘lib, o‘z navbatida bu xonadonlar bir-biridan yo‘lakchalar bilan ajratib qurilgan. Shaharliklar ibodatxonasi (Qatlamatepa- yuqori qismi gumbaz shaklidagi stupa) Zartepaning sharqiy tomonida joylashgan.
Sho‘rchi tumanidagi Dalvarzintepaning arkida hokimlar saroyi joylashgan, ark asosiy shahardan yo‘lakli mustahkam mudofaa istehkomlari bilan o‘rab olingan. Dalvarzintepadagi har bir xonadon uning sohibining mavqeiga qarab qurilgan, markaziy ko‘cha bo‘ylab va unga tutash qismlarda zodagonlar xonadonlari mavjud. Bu xonadonlar devoriy rangtasvir, haykallar va o‘yma ganchlar bilan bezalgan. Shahar arkiga yaqin joyda kulol ustalar xonadoni va sopol idishlar pishiradigan xumdonlar qurilgan. Shahar ko‘chalarining chorrahasida mahobatli budda haykallari bilan bezalgan ibodatxona mavjud bo‘lgan. Dalvarzintepa buddaviylik ibodatxonasining bunday uslubda joylashishi orqali bu dinning Baktriya shaharlariga qay yo‘sinda tarqala boshlaganligini kuzatish mumkin. Dunyo dinlaridan biri hisoblangan buddaviylik Baqtriya yerlariga Gandharadan (Shimoli-G‘arbiy Hindiston, hozirgi Pokiston hududi) Nagaxara viloyati va Hindiqush tog‘lari osha tarqalgan. Buddaviylik dini bilan bog‘liq inshootlar Kushon shaharlarining muhim bir qismi bo‘lib,diniy markazlar vazifasini o‘tagan. Tarmitada bu turdagi inshootlar asosan shahar tashqarisida mavjud bo‘lib, nafaqatshaharliklar, balki uning atrofidagi qishloq ahli uchun ham xizmat qilgan. Umumiy Maydoni 7 gektardan iborat Qoratepa o‘rnidagi buddaviylik ibodatxonalari majmui yerning ostki va ustki qismida joylashgan binolardan, jumladai, ayvonlihovli, ravoqsimon uslubdagi kohinlar hujrasi, aylanma yo‘lakli sajdagoh kabi iishootlardan iborat. Ba’zi bir hovlilarda buddaviylik dinining muqaddas inshooti-stupa mavjud. Qoratepa Tarmitaning markaziy ibodatxonasi sifatida II-IV asrlarda muntazam ravishda faoliyat ko‘rsatgan. Qoratepa yaqinidagi Fayoztepa yerning ustki qismida bunyod etilgan yana bir buddaviylik inshooti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |