qurilganini, matbaachilik yo‘lga qo‘yilganini, kitobxonlik avj olganini, xonning o‘zi bularning barchasiga bosh-qosh bo‘lganini yozadi.
Xivada Komil Xorazmiy (1825-1899), Muhammadrasul Mirzo (1840-1922), Muhammad Rahimxon Feruz (1844-1910), Ahmad Tabibiy (1869-1911), Muhammad Yusuf Bayoniy (1840-1923), Ilyos Mulla Muhammad o‘g‘li So‘fi (1860-1916), Mutrib Xonaxarobiy (1870-1925), Muhammad Yusuf Chokar (1872-1951), Avaz O‘tar o‘g‘li (1884-1919), Abdurazzoq Faqiriy (1884-1925), Safo Mug‘anniy (1882-1938), Komiljon Devoniy (1887-1938), Muhammad Rahim Rog‘ib (1918 y.vafot etgan) kabi ko‘plab shoirlar yashab ijod etdilar.
133
Adabiy harakat ko‘proq ma’rifatparvar podshoh, «Feruz» taxallusi bilan she’rlar yozgan Muhammad Rahimxon II atrofida rivoj topdi. Muhammad Rahimxon Soniy — Feruz (1844-1910) saroyda adabiy muhit maydonga keltirdi. 1864 yili 20 yoshida taxtga chiqib, salkam 47 yil hukmronlik qilgan bu xon, uni yaqindan bilgan ko‘pchilik tadqiqotchilar fikricha, O‘rta Osiyo xonlari orasida eng aqllisi, eng ziyolisi edi. U «usuli jadid»ga yo‘l berdi, ruslar kelmasdan ancha ilgari Xivaga toshbosma olib keldi. Uning topshirig‘i bilan Ahmad Tabibiy (1869-1911) «Maj-muatush-shuaroyi Feruzshohiy» («Feruzshoh shoirlari antologiyasi»)ni tuzadi. 30 shoirning she’ridan namuna beradi. Ular orasida Komil Xorazmiy (1825-1899), Muhammadrasul Mirzo (1840-1922), Avaz O‘tar (1884-1919) kabi xilma-xil ko‘lam va qudratdagi shoirlar bor edi.
Shoir va tarixchi Bayoniy shoh va shoir Feruz zamonida ko‘plab madrasalar qurilganini, matbaachilik yo‘lga qo‘yilganini, kitobxonlik avj olganini, xonning o‘zi bularning barchasiga bosh-qosh bo‘lganini yozadi.
Bayoniyning «Shajarayi. Xorazmshohiy»sidan: «Xon hazratlari haftada ikki kun: juma va dushanba oqshomlarida ulamo bilan suhbat tuzub, kitobxonliq etdurur erdilar. Andog‘kim, Yusufhoji oxund va Ismoilxo‘ja oxund va Xudoybergan oxund va olimu ulum ma’qul va manqulda Mullo Muhammadrasul va faqiri haqir majlisi humoyunlarig‘a haf-tada ikki martaba hozir bo‘lub, kitobxonliq etar erduk. Goho domla Muhammadrasul bila ikkovimiz kirib, suhbati humoyunlarida kitobxonliq bo‘lur erdi va sipohiylar va to‘ralarni ham kitobxonliq etarga targ‘ib etar erdilar. Bas, hamma kitobxon bo‘ldilar».Shoirlikning havosi ham, maqomi ham baland edi. Xonning atrofidagi amaldorlaridan, aka-uka qarindoshlarigacha she’r yozar edilar. Bayoniy ularni nomma-nom keltirgan. Masalan, Otajon to‘raning «Komron», tug‘ishgan ukasi To‘ramurod to‘ra (1855-1908)ning «Murodiy» taxallusi bilan she’rlar yozganini ma’lum qiladi.Feruz tashabbusi bilan Xorazm tarjima maktabi maydonga keldi. Mutaxassislarning aniqlashicha, XIX asrning o‘rtalarida Xivada saksondan ko‘proq kishi tarjimonlik bilan muntazam shutullangan. 120 asar tarjima qilingan. Ayrimlari 2—5 marta o‘zbekchaga ag‘darilgan. Aksariyati fors-tojik tilidan o‘girilgan. Bu asarlar janrlariga ko‘ra ham xilma-xil edi. Ular orasida badiiydidaktik asarlar, ishqiy-sarguzasht qissalar katta o‘rin egallagan edi. Tarjimonlar orasida esa Ogahiy, Komil, Bayoniy, Tabibiy kabi ma’lum va mashhur nomlar bilan bir qatorda Muhammadrasul Mirzo, B.Sanoiy, Rojiy, Tolibxo‘ja, M. Rafe’, Habibiy, Mag‘furxo‘ja kabi ko‘pchilikka uncha tanish bo‘lmaganlari ham bor edi. Tabiiyki, ularning mehnat va san’at darajalari ham turlicha edi. Ogahiy yigirmadan ortiq asarni fors tilidan o‘zbekchaga o‘girdi. XIX asrning 2-yarmi — XX asr boshlarida esa bu an’anani Tabibiy va Bayoniy davom ettirdilar. Bayoniy «Tarixi Tabariy» kabi nasriy asarlar qatorida Kamolildin Binoiyning «Shayboniynoma» singari masnaviyda yozilgan tarixiy-badiiy asarlariga ham qo‘l urdi. Mavlono Darvesh Ahmadning arab tilidagi «Sahoyiful-axbor» («Xabarlardan sahifalar», 1-2-jildlari) nomli tarix kitobini mahorat . 134
Komil Xorazmiy XVIII asrda yashagan Barxurdor Mumtozning «Mahbubul-qulub» («Ko‘ngullarning sevgani»), Faxriddin Ali Safiyning «Latoyifut-tavoyif» («Turli toifalarning latifalari») singari ixcham nasriy hikoya va latifalar to‘plamlarini o‘zbekchalashtirdi.Boy an’anaga ega musiqa rivoj topdi. Tanbur notasi kashf qilindi (Komil). She’r va musiqa hamkorligi kuchaydi. Feruz Xorazm shashmaqomini taraqqiy toptiryudda katta xizmat qildi.Xonning amri bilan shoir Ahmad Tabibiy tomonidan 1908 yili yaratilgan «Majmuatush-shuaro» («Shoirlar to‘plami») she’riy (masnaviy yo‘lida) bo‘lib, 1638 sahifadan iborat edi. Qo‘qon xoni Amir Umarxonning 1821 yilda tuzdirgan «Majmuai shoiron»ini esga tushiruvchi bu kitob «Majmuatush-shuaroyi Feruzshohiy» nomi bilan tanildi. Undagi matnlarning aksariyati o‘zbek tilida edi.Xivadagi ikkinchi tazkira XX asrning 20-yillarida tuzildi. Uning muallifi Hojimurod Laffasiy (1880-1945) bo‘lib, «Xiva shoir va adabiyotchilarining tarjimai hollari» asarida xorazmlik 51 shoir haqida ma’lumot beradi.
Muhammad Yusuf Bayoniy (1840-1923)Xorazm adabiyo muhitining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan, Xivaning 1804-1806 yillardagi xoni Eltuzarxonning chevarasi. Otasi Bobojonbek zamonasining taniqli ziyolilaridan bo‘lgan.
Muhammad Yusuf yoshligidan yuksak tarbiya topdi, she’rga, ilmga, musiqaga ko‘ngil qo‘ydi. Iste’dodli shoir, muarrix, mutarjim, mug‘anniy va musiqa bilimdoni bo‘lib yetishdi. Zamondoshlari Ahmad Tabibiy, Laffasiy o‘z tazkiralarida uning hayoti va faoliyati haqida atroflicha ma’lumot beradilar. Uning shaxsini ham, iste’dodini ham yuksak baholaydilar.Bayoniydan bir she’riy devon, «Shajarayi Xorazmshohiy» va «Xorazm tarixi» kitoblari hamda yuqorida nomlari zikr etilgan 4 tarjima asari qolgan. Devoni XIX asrning 60-yillaridan 1905 yilgacha bo‘lgan she’rlarini qamrab oladi. Tarix asarlarining katta qismini Bayoniyning o‘zi guvoh bo‘lgan voqealar tash-kil qiladi. Xususan, «Shajarayi Xorazmshohiy»dagi rus bosqini voqealari tasviri yuksak vatanparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan. Shoirning 1905-1923 yillarda yozgan she’riy asarlari namunalari o‘sha davr vaqtli matbuotida uchraydi.Bayoniy haqida XX asrning 60-yillaridan tadqiqotlar paydo bo‘la boshladi. 1962 yili S. G‘anieva va H.Muxtorova «G‘azallar» nomi bilan bir dasta she’rlarini e’lon qildilar. I. Adizova 1990 yili uning hayoti va ijodiy faoliyati haqida nomzodlik dissertatsiyasi yoqladi va u 1995 yili risola holida bosilib chiqdi. Bir yil oldin esa ushbu mualliflarning tashabbusi bilan «Shajarayi Xo-razmshohiy»ning qisqartirilgan ixcham nashri amalga oshirilgan edi.
So‘ngi O‘rta asrlar memorchiligi 4 davrga bo‘linadi. Birinchi
davr. XUP asr boshlaridan XVI asrning 60-yillarigacha bo‘lgan
davrga to‘g‘ri keladi. Bunda temuriylar davri davom etirilib shaxar
qurulishining yangi usullarini topish uchun intilishning
kuchayganligi bilan xarakterlanadi. Bizgacha sanoqli qurilish
inshoatlari yetib kelgan bo‘lsada Buxoro qurilish maktabining
o‘ziga xos xususiyatini ko‘rsatadi. Osiyoning qurilix va sanatida
markaziy o‘rinni egalladi.
1514 yil Buxoroning markaziy maydonida Kalon (katta) tama
masjidi qurildi. 1535 yillarda uning qarshisida Mir Arab
madrasasi qad-ko‘tardi. Bundan tashqari axolii tig‘iz yashaydigan
guzarlarda 135
Xo‘ja Zaynuddin xonaqosi va baland masjid kabi
inshoatlar barpo etildi.
Ikkinchi davri esa XVI asrniig 60 — yillaridan XVI asrning
oxirigacha bo‘lgan davrlarni o‘z ichiga oldi. Abdullaxon II (1557 —
1598) davrida mamlakatda siyosiy va iqtisodiy barqarorlik xukm
surib arxitektur ko‘tardi. Qarshi cho‘llarida va G‘uzor — Kelif
savdo karvonlari yo‘lida Abdullaxon qarorgoxi va «Abdullaxon
rabot» deb ataluvchi karvon saroylari xullas birgina Abdullaxon
xukumronligi davrida 500dan ortiq turli qurulish inshoatlari
bunyod etildi.
Uchinchi davri XVII asrni o‘z ichiga olib binolarni sirli tel
buziladigan qoplamalar bilan bezoldi. Lekin Buxoro va
Samarqand registonidagi qurulishlar bundan istisnodir.
Buxorodagi Labi —xovuz xonaqosi va madrasasi o‘rtasida
qurildi (1619—1622). Samarqanddagi Registon maydonida Ulug‘bek
madrasasi yonida Sherzod (1636), Tilli qori (1647 — 1660)
madrasalari qurildi.
So‘ngi o‘rta asrlar arxitekturasining 4 bosqichi XVIII —XIX
asrlarni qamrab oladi. Bu davrning merosi deyarli
O‘zbekistopshng xama yirik shaxarlarida mavjuddir.
Shaxarlar qurilishida tartibi o‘zgarmadi lekin ularning
mudofaa devorlarini qalin paxsalardan ko‘tarishi, baland soqchi
binolari bilan mustaxkamlanishi bilan shaxar va qalaga ko‘rk
berib turgan. Darvozaxonalarning gumbazli o‘tkazgichlari va
qorovullarining xonalari shaxarlarga kirish joyida muxim o‘rin
egallagan qurulish uslubi xisoblangan.
Savdo binolari ananaviy turda qurilgan. Manbalarda
aytilishicha ko‘chaning ikki tomonida savdo rastalari va do‘konlari
joylashib ko‘chaning usti yopilgan. Bunday uslubda Buxoro,
Samarqand va Shaxrisabzda binolar qurildi. Masjidlar va maqbaralar qurilishida pishiq 25x25x5 sm xajmdagi g‘ishtlar
ishlatilgan.
Bu davrning mashxur ustalari Odina Muxammad Murod, Mulla
Nurmuxammad va So‘fi Muxammad Abdulla kabilar Paxlavon
Maxmud madrasasi qurilishida ishtirok etgan.
Qurilishda ustalarning bunday maxorat bilan mo‘jizalar
yaratishi Markaziy Osiyo xalklarining ananaviy, memorchilik
sanati axolining ichki qatlamlariga singib ketib asrlar
mobaynida rivojlanib kelganligidan darak beradi.
XVI-XIX asrlarda amaliy sanat taraqiyotida xam katta
yutuqlar qo‘lga kiritildi. Ayniqsa arxitektura bilan yog‘och
o‘ymakorligi- duradgorchilik bog‘liq edi, Duradgorlar
qurilishdagi ayvon ustunlari, panjalar va uy ro‘zg‘ori uchun
buyumlar xam yasab beradi. Yog‘och o‘ymakorligi «Zanjir» uslubidagi
136
XIX asrda Buxoro amirining «Oq saroy» va Sitaroi Moxi Xossa
kabi qarorgoxlarida xam ko‘plab yog‘och o‘ymakorlari o‘z sanatining
moxir ustalari ekanligini ko‘rsatdi. Xunarmandning bu uslubi
ananaviy tarxda bizgacha yetib kelgan. 1998 yil Imom Buxoriyning
1200 yilligiga atab qurilgan Samarqand viloyatining Chelak
tumanidagi maqbara xuddi shu ananalarning qayta tiklaganligi
malum bo‘ldi.
Zardushtiyliqda Buxoro va Samarqandning do‘ppilari,
kamzullari, sala, ro‘mol, ayollar ko‘ylaklari, qimmatbaxo kiyimlar
zar-jiyaklari qilib to‘qiladigan bo‘ldi. Taqinchoqlar xam ko‘paydi.
Zargarlar xalqa, sirg‘a, tillaqosh kabi taqinchoqlarni did bilan
ishlashgan.
Bronza, miss va kumushdan ishlangan idishlar keng tarqalgan.
Idishlar o‘simlik novdalari va gullar tasviri bilan bezalgan.
Samarqand va Buxoroda yirik misgoxlik ustaxonalari faoliyat
olib borishgan.
Shunday qilib Amaliy sanat taraqiyotida ananaviy uslub
yetakchi o‘rin egallaganligi uchun iqtisodiy va siyosiy xayotdan
inqirozni xam yengib, kishilarning manfaat va extiyojlarini aks
etirgan.
XVI —XIX asrlar davomida Musiqa yo‘nalishi xam malum bir
yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Samarqand va Buxoro butun O‘rta
Sharqning Musiqa markazlaridan biriga aylandi.
XU1 asr boshlarida Xirotdan va Xurosonning boshqa yirik
shaxarlaridan Movorounnaxrga ko‘plab Musiqachilar ko‘chib
kelishgan. Buxoroga kelib Xusayn Udiy, G‘ulom Sholiy va boshqalar
Musiqa naqariyotchilari bo‘lgan. Bu esa Samarqand, Buxoro, Qo‘qon
kabi Markaziy Osiyo shaxarlarida maxalliy Musiqa va uning
nazaryasining kuchayishiga sabab bo‘ldi. Shaxarlarda Musiqa
madaniyatining taraqiyoti uchun ijtimoiy muxit yaxshi edi. Musiqa
va sheriyat bilan jamiyatning keng qatlami qiziqib kishilarning
uylarida majlislarda mushoira va Musiqa kechalari uyushtirilib
turilgan.
Bu davrda o‘zbek va tojik xalqlarining shoshmaqomi vujudga keldi, Musiqa madaniyati taraqiyotida xalqaro madaniy aloqalarnimustaxkamlashda muxim o‘rin egalladi. Ayniqsa Buxoro xonligi vaXindistondagi buyuk mo‘g‘ular imperiyasidagi aloqalar kuchadi. Bualoqalarning nitijasi sifatida xamkorlikda Musiqaga ilmigaoid kitoblar yaratildi.Bu davrda g‘ijjak, sato, qubuz, dutor, tambur, rubob, chang kabi simtarli Musiqa asboblari siviziq, nay, qo‘shnay, surnay, karnay kabi puflab . 137
XVI — XVIII asrlarda Markaziy Osiyoning yirik shaxarlari Buxoro, Xiva, Qo‘qonda teatr artislari bo‘lganligi manbalarda ko‘rsatiladi. Buxoro, Xivada masxara-masxarabozlik, Qo‘qonda qiziqchi — qiziqchilik teatrlari mavjud edi. Artislarning
chiqishlari albatta Musiqa jo‘rligida bo‘lgan. XVIII asrning oxiri XIX asrlarda Buxoroda Sayfulla masxara, Ergash masxara va boshqa aktyorlar ishtirokida «Tabib», «Ko‘xistondagi domla», «Muraboshi», «Sudxo‘rning ilimi» nomli komediyalar saxnalardan tushmay ijro etib kelishgan.
XVIII asrning boshlarida Qo‘qon xonligida qiziqchi teatrifaoliyat ko‘rsatgan. Teatrda «Mudarris», «Yerning bo‘linishi»,«Muqaddas jon va donishmand», «Bolalarning tug‘ilishi xaqidai bodat» va boshqa kamediyalar ijro etilgan aktyorlarda Baxromqiziq, Mo‘min qiziq, Usmon qiziq kabilar komik artislar
xisoblangan. Shunday qilib Mapkaziy Osiyo xalqlari sanati taraqiyoti
maxalliy xalq orasidan yetishib chiqqan ijodkorlarning faoliyati Bilan bog‘liq edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |