2021 yilgi davlat byudjeti loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Byudjet xarajatlarini 25 foizga oshirish taklif qilinmoqda
Moliya vazirligi 2021 yilgi davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Hujjatga ko‘ra, YAIM 5,1 foizga o‘sadi, inflyatsiya 10 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Konsolidatsiyalangan byudjet xarajatlari 203,8 trln co‘mni tashkil qilishi kerak, bu joriy yilda prognoz qilingan xarajatlardan 25,5 foizga va belgilangan ko‘rsatkichlardan 5,6 foizga ko‘p.
O‘zbekiston Moliya vazirligi 2021 yilgi davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokamaga taqdim etdi. Makroiqtisodiy siyosatning 2021 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari va ko‘rsatkichlari kelgusi yil koronavirus pandemiyasi davom etishi ehtimolligi mavjudligi prognozlari asosida shakllantirildi, deb xabar qildi Moliya vazirligi matbuot xizmati.
Yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi 2021 yilda 688,9 trillion so‘mni tashkil etadi, bu dastlabki maqsadga (786,2 trillion) nisbatan 12,4 foizga kam. Prognozlarga ko‘ra, yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati 5,1 foizni tashkil etadi (belgilangan 5,8 foizga nisbatan). O‘sishni sanoat ishlab chiqarishining 5,8 foizga, xizmatlarning 6,4 foizga, qishloq xo‘jaligining 2,7 foizga o‘sishi bilan ta’minlash kutilmoqda (jadvallarni saytning ish stoli versiyasi orqali oching).
Inflyatsiyaning pasayish tendensiyasining davom etishini hisobga olgan holda, 2021 yilda inflyatsiya darajasi 9−10% ni tashkil qilishi prognoz qilinmoqda, bu o‘tgan yilgi prognozlardan (11%) yaxshiroqdir.
Yangi prognoz
2021 yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning prognozi va 2022−2023 yillarga mo‘ljallangan maqsadlar, milliard so‘mda
Moliya vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, davlat byudjetining asosiy parametrlari quyidagi asosiy fiskal maqsadlar asosida ishlab chiqilgan:
2020−2021 yillarda tashqi talabning pasayishi va global iqtisodiy faoliyat, iqtisodiyotning raqobatbardoshligi, sarmoyaviy jozibadorligi, ishbilarmonlik faolligi, eksportni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan soliq siyosatini davom ettirish sharoitida iqtisodiyotdagi yalpi talabni rag‘batlantirish;
davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash va davlat qarzlari miqdorini xalqaro standartlarga muvofiq o‘rtacha darajada ushlab turish, o‘rta muddatli istiqbolda konsolidatsiya qilingan byudjet kamomadini YAIMning 2 foizidan kamigacha kamaytirish;
davlat byudjeti daromadlarining barqaror o‘sishini ta’minlash va soliqqa tortishning odilligi prinsipi, shuningdek soliq imtiyozlarini tartibga solish;
davlat byudjetining ijtimoiy yo‘nalishini saqlash. Xususan, ta’lim tizimlarini rivojlantirishga, sog‘liqni saqlashga, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun zarur mablag‘larni shakllantirishga qaratilgan muhim dasturlarni moliyalashtirish;
ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni, pensiya va nafaqalarni o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirish, ularning o‘sishini inflyatsiya darajasidan past bo‘lmagan darajada ta’minlash;
aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va bandligini oshirish, qashshoqlikni kamaytirish va ijtimoiy himoya manzilini kuchaytirish;
suv va yer resurslarini tejashga va ulardan samarali foydalanishga, yenergiya tejashga, tabiatni va atrof-muhitni muhofaza qilishga, ekologik holatni yaxshilashga va boshqa muhim davlat dasturlariga yo‘naltirilgan davlat dasturlarini moliyalashtirish;
daromadlar bazasini ko‘paytirish va mahalliy byudjet xarajatlari samaradorligini rag‘batlantirishga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni saqlash;
byudjet shaffofligini oshirish va byudjetni har tomonlama qoplashni ta’minlash.
Ushbu maqsadlardan kelib chiqib, 2021 yilda davlat byudjeti daromadlari 178,5 trillion so‘mni tashkil etadi, bu joriy yilgi prognoz daromadlaridan 12,3 foizga ko‘p, ammo 2021 yilga mo‘ljallangan dastlabki rejalardan 3,5 foizga past. Tashqi qarz tufayli davlat dasturlari xarajatlari hisobga olinmagan holda birlashtirilgan xarajatlar 203,8 trillion so‘mni tashkil etadi, bu joriy yilda prognoz qilingan xarajatlardan 25,5 foizga va belgilanganidan 5,6 foizga ko‘pdir.
Davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari 26,2 trillion so‘m, xarajatlari 40,7 trillion so‘m miqdorida rejalashtirilgan. Shu bilan birga, ular respublika byudjetidan 15,9 trln.so‘m sarf etiladi.
Natijada, kelgusi yilda davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari 17,2 trillion so‘m yoki prognoz qilingan YAIMning 2,5% mifdorida kamomad bilan tuzilgan.
Byudjetni qoplashni oshirish va to‘liqligini ta’minlash uchun davlat moliyaviy boshqaruvining xalqaro standartlariga muvofiq 2021 yildan boshlab tashqi qarzlar hisobidan davlat dasturlari bo‘yicha rejalashtirilgan xarajatlarni konsolidatsiyalangan byudjetga kiritish taklif etiladi. 2021 yilda ushbu xarajatlar 12,1 trillion so‘m miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Masalan, Jahon bankining 31,5 million dollarini shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni yaxshilashga sarflash rejalashtirilgan, Osiyo taraqqiyot bankining birlamchi tibbiy yordamni yaxshilash uchun ajratilgan 25,2 million dollari konsolidatsiyalangan byudjetda o‘z aksini topgan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, 2021 yilga mo‘ljallangan byudjet kamomadining eng yuqori chegarasi (davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari, FRDU, shuningdek, davlat dasturlarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan holda, tashqi qarz hisobiga) 37,4 trillion so‘m yoki 5,4% miqdorida ta’minlanadi. Moliya vazirligining ta’kidlashicha, YAIM joriy yil uchun kutilayotgan defitsitdan 1,6 foizga pastdir.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining taqchilligi yil boshiga davlatning ichki va tashqi qarzlari va byudjetlarning qoldiq mablag‘larini jalb qilish yo‘li bilan, FRDU defitsiti — o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzining qolgan qismi joriy yilgi YAIMning 60 foizidan oshmasligi belgilangan.
Shu bilan birga, 2021 yilda O‘zbekiston nomidan va uning kafolati ostida ichki va tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yangi yillik shartnomalarning maksimal sof hajmi 5,5 milliard dollar (5 milliard dollar — tashqi, 0,5 milliard — ichki qarz) miqdorida belgilanishi rejalashtirilgan. davlat byudjeti kamomadini moliyalashtirish uchun — 2,2 milliard dollar (shu jumladan ichki qarz — 5 trillion so‘m), investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun — 3,3 milliard dollar etib belgilangin.
Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar va ularning byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘larini oluvchilar kontekstida bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek davlat qarzlarining holati va dinamikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etiladi.
Davlat soliq qo‘mitasi va bojxona qo‘mitasi o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida soliq to‘lovchilar kontekstida soliq va bojxona imtiyozlari miqdori to‘g‘risidagi ro‘yxatni va ma’lumotlarni e’lon qiladi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan aksiz solig‘i stavkalari, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun olinadigan daromad solig‘ining belgilangan miqdori, Soliq kodeksining tegishli qismlariga o‘tish sababli qonun loyihasiga kiritilmagan.
Yangi prognoz
2021 yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston byudjetining yig‘ma parametrlari va 2022−2023 yillarga mo‘ljallangan byudjet maqsadlari, milliard so‘mda
Do'stlaringiz bilan baham: |