Denov tadbirkorlik pedagogika instituti pedagogika fakulteti “OITS bilan kasllanishning oldini olish to’g’risida”gi O’zbeikston Respublikasi Qonuning ijrosini ta’minlash hamda yoshlar orasida “”OITS bilan kasallanishning oldini olish” mavzusida o’tkazilgan profillaktik tadbir BAYYONOMASI 2021 yil 30 noyabr Saraosyo t Raislik qiluvchi: Sh. Maxmudov – pedagogika fakulteti dekani
Qatnashdilar: Denov tadbirkorlik pedagogika instituti professor o’qituvchilari, talabalari
KUN TARTIBI “Biz giyohvandlikga qarshimiz” mavzusida o’tkazilgan profilaktik tadbir to’g’risida Eshitildi: Pedagika fakulteti dekani Sh. Maxmudov kirish so’zi bilan ochib, jumladan shunday dedi: “OITS bugungi kunda dunyo jamoatchiligini tashvishga solayotgan dolzarb muammolardan biridir. XX asr vabosi deya talqin etilgan va XXI asrda ham o’z dolzarbligini yo’qotmagan, kundan –kunga keng jamoatchilikning e’tiborini tortayotgan giyohvandlik illatiga qarshi butun dunyoda murosasiz kurash olib bormoqd. Chunki bu illatga qarshi keskin kursh olib bormasdan, e’tiborsizlik qilinadigan bo’lsa u tobora ko’proq insonlarni o’z domiga tortamoqda. OITS mayib-majruh sonini ayniqsa nogiron bolalarning sonini ortib borishiga sabab bo’lmoqda.Shu bois mamlakatimizda unga qarshi kurashish, aholi, ayniqsa yoshlarni ushbu balodan asrash borasida keng ko’lamli keskin chora tadbirlar ko’rilmoqda. Targ’ibot tushuntirish ishlari muntazam olib borilayoti. Bugungi davra suhbatimiz ham ayni targ’ibot ishlarining bir namunasi desak bo’ladi ”.
So’zga chiqdi: Pedagogika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari R. Ravshanqulova –“Yuqorida ta’kidlanganidek, bugungi kunda OITS ballosi ko’pchilikni o’z domiga tortib bormoqda. Biz faoliyat olib borayotgan huquqni muhofaza qiluvchi muassasalar tomonidan buning oldini olish uchun bir qator amaliy ishlarni olib bormoqda”.
Saraosiyo tumani tibbiyot birlashmasi norkologi H.R. Ostanaqulov – “O’zbekiston Respublikasining “Huquqbuzrliklar profilaktikasi to’g’risida , “Voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profillaktikasi to’g’risida”, Alkagol va tamaki maxsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash to’g’risida” gi qonunlari bunday samarali xamkorlikning huquqiy asosini tashkil etadi. Ushbu hujjatlarga muvofiq giyohvandlik va huquqbuzarliklarning oldini olishda ma’rifiy, davolash reabilitatsiya va huquqni muhofaza qilishga doir kompleks chora tadbirlar muntazam amalga oshirilmoqda”
Davra suhbati davomida talabalarga narkomaniya va uning zararli oqibatlari to’g’risida vieorolik taqdimot namoyish etildi.
Yuqoridagilarda kelib chiqib
QAROR QILINDI So’zga chiqqanlar tomonidan berilgan axborot ma’lumot uchun qabul qilinsin.
“OITS bilan kasallanishning oldini olish” ning ijrosini ta’minlash hamda yoshlar orasida OITS mavzusida o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ko’rilgan masalalar axborot soati darslarida muhokamalar olib borilsin.