Affiksal morfemalarning fonologik strukturasi. Morfema va allomorf.
Mustaqil holda alohida qo‘llnmaydigan, faqat o‘zak morfemaga qo‘shilib, turli leksik-grammatik ma’nolarni ifodalashga xizmat qiluvchi morfemalar affiksal hisoblanadi. Alohida holda xar bir affiks affiksal morfemaga to‘g‘rk keladi. O‘zakning qanday tovushga tugaganiga karab affikslar ham turli o‘zgarishlarga uchraydi. Bir morfemaning turli morfonologik formalarda namoyon bo‘lishi allomorflarni keltirib chiqaradi. Masalan: fe’lning sifatdosh formasiga tegishli bo‘lgan -gan morfemasi turli morfemalarning qaysi fonemaga tugaganiga harab -kan, -qan, -gan allomorflariga ega bo‘ladi: yozgan, ekkan, suqqan (boshini suhmoq), turg‘an (shevalarda) kabi. Allomorflarniig fonematik sostavi bir-biridan biror fonema bilan farq qiladi.
R. Yakobson rus tilidagi kelishik qo‘shimchalarini «nul» (bosh kelishik) va «real», ya’ni bir va undan ortiq fonemadan (boshqa kelishiklar) iborat deb karaydi. Bir va ikki fonemadan iborat bo‘lgan affikslar bir bo‘g‘inli, uchdan ortiq fonemalari bo‘lsa, ikki bo‘g‘inli bo‘ladi. O‘zbek tilida barcha kelishik affikslari bir bo‘g‘inli xisoblanadi va ba’zan urg‘u oladi.
Tarixiy jihatdan affikslar mustaqil so‘zlardan kelib chikqan. Buni etimologik taxlil natijasida aniqlash mumkin: borardim — borar edim, kelayotir — kelayotipti, biladigan — bila turg‘on kabi. Bu xolatlarda fe’lning analitik va sintetik formalari farqlanadi. Affiksal morfemalar, asosan, bir ma’noni ifodalashi (monosemantikligi) bilan ko‘p ma’noli (polisemantik) xarakterdagi o‘zak morfemalardan farq qiladi.
Affiksal morfemalarning fonematik strukturasi o‘zak morfemalarnikidan ayrim xususiyatlari bilan farqlanadi. O‘zak morfemalardagi SUS, SU kabi fonematik va bo‘g‘in tip- lari affiksal morfemalarda ham uchraydi (-gan; -sa kabi). Biroq, boshqa tipdagi affiksal morfemalar ham bor. V — monovokalizm (bir unli) tipidagi affiksal morfema — i egalik affiksi (kitob-i, qlam-i kabi) va fe’llarning qo‘ishpmchasi (sur-a-mok, tashl-a-moq, yash-a-moq) sifatida mavjud. S — monokonsonantizm (bir undosh) tipidagi affiksal morfema ot va fe’llarda uchraydi: opa-m, uka-ng, ko‘r-sat(moq), tini-sh, tuga-l, quri-t(moq), otla-n(moq) va h.k. Affiksal morfemalarda undoshlar birikmalari deyarli uchramaydi. Lekin ular o‘zak morfema undosh bilan tugallanib, affiksal morfema ham undosh bilan boshlansa, undoshlar birikmalari va ko‘sh undoshlar (geminatlar) hosil bo‘ladi: et-tir(moq), ko‘n-dir-moq, bit-kaz-gan, chal-dir-sa, ayt-tir-gan va h.k.
Affiksal morfemalar sostavida u unlisidan boshqa barcha unlilar hamda f, s, j (jurnal so‘zidagi) rus va chet tillaridan o‘tgan undosh fonemalardan boshqa hamma undoshlar uchraydi. SUS, U, SU tiplaridan boshqa affiksal morfemalarning turlari qo‘yidagicha: US (-ir, -ish, -in, -ik, -li) kabi;
USS (-ist), SSU (-nchi);
USUS (-akay, -agon, -imiz, -ingiz);
USSU (-alla, -illa, -inchi);
SUSU (-gacha, -gina, -gusi, -dagi, -kina);
SUSSU (-guncha, -kancha, -larcha, -kuncha);
SUSUS (-digan, -dingiz, -yotir);
SUSSUS (-yotgan, -yapkan, -maslik, -motslik);
USSUS (-ildoq, -imtil, -imtir, -iston);
SSUS (-mtir);
SUSUSS (-parast).
Keltirilgan bo‘g‘in tiplarida rus va tojik tillaridan o‘tgan affikslardan ba’zilari hisobga olindi. Bu affiksal morfemalarni fonematik va bo‘g‘in strukturasiga ko‘ra sodda (U, SU, US) va murakkabga (USSU, SUSU, SUSSU kabi) bo‘lish mumkin. Murakkab affiksal morfemalar ikki yoki undan ortiq bo‘g‘inni tashkil eta oladi. Affiksal morfemalar aniq_ bir ketma-ketlikda o‘zak morfemalarga ulanadi va o‘zi xam yon- atrofidagi elementlar ta’sirida turli allomorflarda namoyon bo‘ladi.
Turkiy so‘zlardagi struktural elementlar binar holatda taksimlanadi: chapda — o‘zak morfema (prefikslar yo‘k, ular rus, tojik va chet tillardan o‘tgan so‘zlarda kam uchraydi), ungda affiksal morfemalar. O‘zak va affiksal morfemalar chegarasida fuzion jarayonlar kuchsiz rivojlangan, lekin ba’zi shevalarda ancha taraqkiy etgan. Fleksiya va agglyutinatsiyaning bog‘lanishi xaqidagi fikrlar oldingi bobda berilgan edi. Alohida aytish kerakki, ba’zi fe’l formalarining ikki shaklda — analitik va sintetik bo‘lishi va sintetik shaklida turli fonetik hodisalarga duch kelib, morfonologii jihatdan turli allomorflariga ega bo‘lishi mumkin. Masalan: kelayo tir — kelyapti, kelur — kelar kabi.
A. M. Shcherbak ko‘rsatshicha, bir tomondan, affiksal morfemalar fonematik sostavining chegaralanganligi, ikkinchidan, ularning mihdori ko‘pligi affiksal omonimiyaning bir tilning ichida va turli turkiy tillar o‘rtasida keng tarqalishini tabiiy kilib quyadi. Affiksal morfemalarning omonimiyasi natijasida bir morfema turli variantlarga yoki allomorflariga ega bo‘lgan va ba’zan so‘zlashuvda biri o‘rniga ikkinchisini almashtirish hollari ko‘p uchraydi. Masalan, o‘zbek tili jonli nutqida tushum. kelishigi affiksi (-ni) qaratgich kelishigi (-ning) urnida (daraxtni(ng) tepasi kabi) ko‘llanishi mumkin. Bu albatta, o‘zbek nutq madaniyatining qoidasiga ziddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |