2021 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


O‘ZAK MORFEMALARNING FONOLOGIK STRUKTURASI. MORFONOLOGIYA VA ETIMOLOGIYA



Download 6,57 Mb.
bet28/108
Sana31.12.2021
Hajmi6,57 Mb.
#238058
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   108
Bog'liq
BOSHLANG’ICH TA’LIM FANLARI NAZARIYASI 2021-yil UMK(2)

O‘ZAK MORFEMALARNING FONOLOGIK STRUKTURASI. MORFONOLOGIYA VA ETIMOLOGIYA

Boshqa turkiy tillar kabi o‘zbek tilidagi o‘zak morfemalarning fonologik strukturasi tarixiy jihatdan bir bo‘g‘inli monovokalizmga (bir unliga) ega bo‘lgan. Eng qadimiy va ko‘p uchraydigan bo‘g‘in SUS bo‘lib, undan boshqa tipdagi bo‘g‘inlar hosil bo‘lgan: (S)US, SUSS, (S)USS, SU(S), (S)U(S). (Tushib qoluvchi tovushlar qavs ichida berilgan). O‘zaklarning bunday tiplari ichida SUS tipi birlamchi bo‘lib, qolgan tiplari keyincha rivojlanganini N. A. Baskakov «Drevnetyurk­skiy slovar» (M.—L., 1969)da berilgan o‘zak morfemalarning 709 tasi ichida statistik farqni aniqlash orqali isbotlaydi.

SUS —540 —76,3%

(S)US— 107—15,1%

SUSS— 25— 3,6%

(S)USS— 14— 2,0%

SU (S)— 18— 2,5%

(S) U (S) —5—0,5%

709— 100%



Keyinchalik turkiy tillarning rivojlanishida boshqa bo‘g‘in tiplari hosil bo‘lgan va bu ayniqsa, rus tili va u orqali o‘zlashgan boshqa tillardagi so‘zlar hisobiga ro‘y bergan.

Hozirgi qozoh tilidagi o‘zak morfemalar yuqoridagi sta­tistik faktlarga juda yaqin. O‘zbek tilida ham SUS bo‘g‘in tipi o‘zak morfemalarning ko‘pchiligida uchraydi. Lekin o‘zbek tilining original prozaik matnlari materialida aniqlangan bo‘g‘in tiplari ichida SU salkam 49% ni, SUS esa salkam 40% tashkil etadi. Bu hisob o‘zbek tilidagi so‘zlarda keyin­cha SU bo‘g‘inining ko‘payganidan dalolat beradi. SU bo‘g‘ini jahon tillarida ancha ko‘p tarqalgan umumiy bo‘g‘in turi hisoblanadi. Chunki bu bo‘g‘inning talaffuzi ancha oson, undoshning artikulyadiyasi bilan unli qo‘shib aytiladi.

O‘zak morfemalarning fonologik strukturasi bir unli va bir yoki ikki undoshning birikishi bilan chegaralangan. Tur­kiy tillardagi o‘zak morfemalarda sakkiz unli fonema (а, е, о, ö , у, i, и, ü) qatnashib, ulardan е — i, ои, ö — u, а va ba’zi tillarda ä o‘zgarishi xamda boshka tillar ta’sirida voka­lizm kamayishi mumkin. Bunday unli fonemalarning kamayishi o‘zbek tilida ko‘rinaadi. Turkiy tillardagi 8 unli fonema o‘rnida hozirgi o‘zbek tilida 6 unli fonema borligi bundan dalolat beradi. O‘zak morfemalarning fonematik sostavi hozirgi o‘zbek tilida qo‘yidagi ko‘rinaishlarga ega: 1. S + U; 2. S + U+S; 3. U (bir unli); 4. U+S; 5. U+S + S; 6. S + U+ + S + S; 7. S + S + U + S; 8. S + U+S + S + S; 9. S + S + U + S + S. Bu sxematik ko‘rinaish unli (U) va undosh (S) fonemalarning o‘zak morfemalarda qanday distributsiyada ekanligini kursatadi, xolos. Endi bu o‘zak morfemalarda qanday unli va un­dosh fonemalar uchrashini kurib chikamiz.

O‘zak morfemalarning boshida R, NG, F (fakat boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarda) fonemalaridan boshqa barcha undosh fonemalar uchraydi. N. A. Baskakov ko‘rsatishicha, l, r, x, g fonemalari keyinchalik boshqa tillar ta’sirida turkiy tillarda hosil bo‘lgan. O‘zak morfema oxirida x, f, s, j, dj, undosh fonemalardan boshqa barcha fonemalar uchraydi. x, f, s, j, dj fonemalari faqat rus tili va u orqali boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar tarkibida uchraydi.

«O‘zbek tilining morfem (ik) «lug‘ati»da bir bo‘g‘inli ti­pik o‘zak morfemalarning yuzga yaqini polisemantikligi va omonimik, tug‘rirog‘i, omofonlik xususiyati bilan ajralib turadi. A. Rulomov bu xususiyat umuman bir bo‘g‘inli tipik o‘zaklarga (shu tusdagi so‘zlarga ham) xos ekanligini alohida qayd etgan edi. Masalan, bot: chukmoq (suvga botdi), hazm bo‘lmoq (unga ovkat botmaydi). Yonboshiga bir narsa botdi. Bu gap unga botdi. Bu so‘zni unga botinib ayta olmasdi. Ikki bo‘g‘inli so‘zlarda bu xususiyat deyarli ko‘rinamaydi, biroq bu tipdagi so‘zlar_ urg‘uning o‘rni bilan farq qiladi. Bunday so‘zlarning ko‘pchiligi rus va chet tillardan olingan: atlas (mato), atlas (geografik kichik xarita); fizik (fizikadai mutaxassis), fizik (fizik xususiyat); ximik (ximiyadan mutaxassis), ximik (ximik xususiyat) kabi. Urg‘uning o‘rni o‘zgarishi bilan so‘zlarni farqlash fonologik vazifa sifatida qaraladi. Lekin o‘zak morfemalar urg‘uning o‘rni bilan farqlansa, bu xususiyatni morfonologik deb qarash mumkin. Urg‘u­ning morfsnologik vazifasn keyinchalik xosil bo‘lgan, chunki u ikki va undan ortiq bo‘g‘inlarga ega bo‘lgan so‘zlarda uch­raydi.

Yuqoridagi o‘zak morfemalarning fonematik strukturasi haqidagi masalalar morfonologiya uchun zarur. Chunki morfo­nologiya turli morfemalardagi fonemalar alternatsiyasi qanday morfonemalarni vujudga keltirganini o‘rganadi. Bu jixatdan o‘zak morfemaning dastlabki formasi va uning allomorflari (variantlari) o‘rtasidagi bog‘lanishni o‘rganib, shu morfema haysi so‘zning tarkibida qanday holatda uchrashini ham xisobga oladi. Bu esa morfonologiya bilan etimologiya o‘rtasidagi bog‘lanish tarixiy fonetik va fonologik o‘zgarishlar va ba’zan boshka sabablar bilan izoxlanishi mumkin. Hozirgi o‘zbek tilidagi o‘zak morfemalarni va faqat o‘zak morfemaga tug‘ri keluvchi so‘zlarni qadimiy turkiy tildagi o‘zak morfemali so‘zlar bilan qiyoslansa, ulardagi tovushlar almashinuvini aniqlash mumkin. Bunday tovush almashinuvlari ba’zan yondosh tovushlar ta’sirida bo‘lsa, ba’zan bu doiradan chiqib ketadi. O‘zak morfemali ot va fe’llarning munosabatini olib ko‘rsak, ulardagi unlining yoki undoshning almashinuvi morfonologik jixatdan xarakterlidir. A. M. Shcherbak tomonidan tuzilgan va uning katta ilmiy qimmatga ega bo‘lgan asariga ilova qilingan, umumturkiy bir bo‘g‘inli so‘zlarning ro‘yxati morfonologik jixatdan xam juda axamiyatlidir. A. M. Shcherbak ko‘rsatishicha, eng qadimiy turkiy tildagi bir bo‘g‘inli o‘zakdai iborat bo‘lgan so‘zlarda birlamchi cho‘ziq va qisqa unlilarning distributsiyasi, omonimlarni aniqlash va ularning eng qadimiy formalarini oydinlashtirish zarur.


Download 6,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish