2021 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 6,57 Mb.
bet15/108
Sana31.12.2021
Hajmi6,57 Mb.
#238058
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   108
Bog'liq
BOSHLANG’ICH TA’LIM FANLARI NAZARIYASI 2021-yil UMK(2)

1.8. Anatomik-fiziologik aspekt

Fonetikaningbu aspekti fonetik birliklarning biologik asosini - inson organizmidagi ayrim a’zolarning nutq tovushlarini hosil qilishdagi rolini, ularning tuzilishi va faoliyatini o‘rganadi.

Nutq tovushlarining biologik asosini quyidagi turlarga boTish mumkin: l) nutq a'zolarining anatomiyasi; 2) nutq a’zolarining ftziologiyasi; 3) nutq a’zolarining ijro kechimi. Nutq a’zolarining anatomiyasi deyilganda shu a’zolarning shakli, tuzilishi, ocrni nazarda tutiladi. Bunday a'zolar quyidagi apparatlarga birlashadi:

nafas apparati ~ o‘pka, bronxlar, traxeya, diafragma, ko‘krak qafasi (1-rasm). Bu apparat a’zolari tovush hosil qilish uchun zarur boTgan havo oqimini boshqa a’zolarga yetkazib beradi, shu ma'noda havo manbayi sanaladi;

bo‘g‘iz bo‘shlig‘i — traxeyaning yuqori (kcngaygan) qismi. Unda un paychalari, uzuksimon, qalqonsimon, cho‘michsimon, ponasimon, shoxsimon tog‘aylar mavjud. Bu apparatdagi eng faol a’zolar un. (ovoz) paychalaridir;

un paychalari tinch holatda turganda, ularning oralig‘i ochiq bo'ladi, natijada nafas apparatidan kelayotgan havo oqimi shu oraliqdagi paychalarni tebratmay o‘tadi. Bunday vaziyatda ovoz hosil bo‘lmaydi

ovoz paychalari tortilgan (taranglashgan)da, ular orasidagi ochiq bo‘shliq yumuq holatga keladi, nat jada havo oqimining yo‘li to‘si!adi, havo oqimi taranglashgan un paychalariga urilib, davriy tebranishni yuzaga keltiradi. Bunday tebranish ovozni (asosiy tonni) hosil qiladi Shuning uchun bo‘g‘iz bo‘shlig‘i ovoz manbayi hisoblanadi. Ovoz esa unli tovushlarni, jarangli va sonor undoshlarni shakllantirishda fizik komponent sifatida qatnashadi;

ovoz paychalari bo‘shroq tortilgan holatda shu paychalar orasida torroq bo‘shliq yuzaga keladi, havo oqim shu bo‘shliqdan sirg‘alib, ishqalanib o‘tadi, ammo un paychalarini tebratmaydi, natijada shovqin hosil bo‘ladi, bu shovqin pichirlab yoki shivirlab gapirganda qo‘llanadi (4-rasm);

halqum -bo‘g‘izdan yuqoriroqda joylashgan bo‘shliq. U uch qismdan iborat: pastki q;smi hiqildoq (bo‘g‘iz)ga tutashgan o'rni; o‘rta qismi - halqumning og‘zi. Bu qism og‘iz bo‘shlig‘i tomonga ochilgan bo‘ladi; yuqori qismi — burun bo‘shlig‘iga va eshitish paylariga birikkan (tutashganj qismi;

oglz bo'shlig'i - til, kichik til, tishlar, lablal lunjlar, qattiq va

yumshoq tanglay, til osti muskulidan iborat apparat. U orqa tomonidagi tomoq orqaf halqumga tutashadi;

t) burun bo'shlig': - qo‘shimcha ton manbayi. U yumshoq tanglay oxi'ridagi kichik tilmng quyi tomon harakat qilishi natijasida rezonatorga aylanadi; havo oqimining bir qismi burun bo‘shlig‘idan o‘tib, qo‘shimcha tonlarni yuzaga keitiradi. O‘zbek tilining m, n, ng undoshlari shu apparat ishtirokida yuzaga keladi.

Nutq a’zolarining fiziologiyasi deyilganda shu a'zolarning hayotiy kechimlari, muhit bilan boMadigan munosabatlari nazarda tutiladi. Bunday kechim bosh miya qobiglning cho‘zinchoq miya qismida joylashgan markaziy netv sistemasi tomonidan boshqariladi. Bu sistema maxsus funksiyalarni bajaradigan nerv hujayralari to4plamidan iboratdir. Uning brok markazi deb nomlanuvchi turi nutqning yuzaga chiqishida qatnasha- digan mushaklami harakatga keltiradigan nerv markazi hisoblanadi. Eshituv markazi nomli turi esa eshitish a’zolaridan keladigan ta’sirni idrok etadigan nerv markazi sanaladi. Bu markaz faoliyatini o‘rganish fonetikaning perseptiv (eshitib his etish) aspekti deb ham qaraladi. Dcmak, tii vositasida amalga oshiriladigan nutqiy aloqa bcvosita shu markazlar ishtirokida yuz beradi.

Nutq a’zolarining ijro kechimi — nutqa^zolarining nutq tovushlarini hosil qilishdagi ishtiroki (harakati va holati). Bunday kechim, yuqorida aytib o‘tilganidek, nutq a1zolarining fiziologiyasi bilan bogliqdir. Odatda, nutq a’zolarihing harakati va holati artikulatsiyani shakllantiradi. Artiku- latsiya esa har bir millat vakillarida psixologik va fiziologik ko'nikmalarga tayanadi. Bu bolat o‘sha millat tilining artikukitsiya bazasi hisoblanadi. Shuning uchiin bir millat vakilida boshqa millat tiliga xos artikulatsiya bazasi (psixologik va fiziologik komilcmalar) boMmasligi mumkin. Demak, tillar bir-biridan artikulatsiya bazalaridagi ba'zi belgilari bilan o‘zaro farq qiladi.

Har qanday nutq tovushining artikulatsiyasi uch bosqichdan tarkib topadi: birinchi bosqich ~ ekskursiya (hozirlanish), ikkinchi bosqich — o‘rta hoiat (ish holati), uchinchi bosqich — rekursiya (talaffuzning qaytishi). Nutq jarayonida bu bosqichlarning chegarasi mavhumlashadi: odatda, bir tovushning artikuiatsiyasi nihoyasiga yetmay, ikkinchi tovush ekskursiyasi boshlanadi, natijada tovushlar bir-biriga dinamik ravishda ulanib, ular orasidagi talaffuz chegaralari sezilmas holga keladi. Bunday chegaralarni vozuvda (harflar misolida) aniq sczish mumkin.

Izoh. I)cnafas apparati tovush hosil qilish uchun kerak bolgan havo oqimini etkazib beradi; 2) bo‘g‘iz (hiqildoq) ovoz hosil qiladi; 3) halqum, og‘iz bo‘shlig‘i tovushni shakllantiradi; 4) burun bo‘shlig‘i qo‘shimcha ton beradi, .

Eshitib his etish aspekti (perseptiv aspekt)

Fonetikaning bu aspekti fonetik birliklarning eshitish a'zolariga ta’sirini his etish orqali so‘zning mahiosini yoxud gap va nutq mazmunini idrok qilish qonuniyatlarini o‘rganadi.

Ma'lumki, inson tashqi dunyoni o'zining sezgi a'zolari orqali his etadi: ko‘radi, eshitadi, sezadi. Fonetik birliklar ham moddiy-niaterial hodisa sifatida insonning eshitish a’zo!ariga ta’sir qiladi, ammo bu ta’sir shunchaki moddiy hodisaning ta’sirigina emas, balki fonetik so‘zning (ma’noga ega bodgan formaning) yoxud gapning ta'siri boladi. Shuning uchun'har qanday so‘zni, so‘z shaklini yoki gapni eshitganimizda, ongimizda shu birliklarning ma’nosi yoki mazmuni, aniqrog‘i, ma’no yoki mazmun obrazi gavdalanadi. Bunday his etish, idrok qilishsiz tilning birorta funksiyasi(nominativ funksiya, kommunikativ funksiya, emotiv funksiya va hokazolar) amalga oshiriimaydi.

Lingvistik-funksional aspekt

Fonetikaning bu aspekti fonetik birliklarning til mexanizmidagi rolini, demak, tilning ijtimoiy mohiyatini belgilashdagi ahamiyatini o'rganadi. Tilshunoslikda fonetikaning bu aspekti fonologiya deb ataladi (qarang: 19- §).


Download 6,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish