Kesimlik kategoriyasi shakllari uchun shaxs, son, zamon, mayl, tasdiq/inkor ma’nolarini yaxlit ifodalash xos bo’lib, bu ma’no bir qo’shimcha bilan ham, bir necha qo’shimcha bilan ham ifodalanishi mumkin. Masalan, kitobni o’qi gapida o’qi so’zshakli ikkinchi shaxs, birlik, hozirgi-kelasi zamon, tasdiq ma’nolari voqelangan bo’lib, bitta nol shakl bilan yuzaga chiqqan. Otam – ishchi gapida ham shunday hol kuzatiladi. Kitobni o’qimadingiz gapida shaxs-son ma’nosi -ingiz, inkor ma’nosi -ma, zamon ma’nosi -di shakli bilan alohida-alohida ravishda ifodalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |