Tayanch tushunchalar;
Intonatsiya — og‘zaki nutqning ritmik-melodik tomoni, undagi ovoz (ton) tovlanishlari.
Nutq melodikasi — gapda ovozning ko‘tarilishi va pasayishi.
Nutq ritmi — urg‘uli va urg‘usiz bo‘g‘inlarning, ulardagi cho‘ziq va qisqa unlilarning qodlanishida vazndoshlik, ohangdoshlikning mavjud bo‘lishi.
Temp — nutq oqimining sur’ati, tezlik darajasi.
Nutq intensivligi — talaffuzning kuchli yoki kuchsiz bodishi.
Nutq tembri — nutq oqimida asosiy ton va qo‘shimcha tonlar nisbatidan kelib chiqadigan tovush bo‘yoqdorligi.
Pauza — nutq oqimidagi ayrim to'xtalishlar.
Tugallangan intonatsiya — gapga xos intonatsiya.
Tugallanmagan intonatsiya — so‘z birikmasiga xos intonatsiya.
Darak intonatsiyasi — tinch ohang.
So‘roq intonatsiyasi — ko‘tariluvchi ohang.
Do'stlaringiz bilan baham: |