2021 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 6,57 Mb.
bet24/108
Sana31.12.2021
Hajmi6,57 Mb.
#238058
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   108
Bog'liq
BOSHLANG’ICH TA’LIM FANLARI NAZARIYASI 2021-yil UMK(2)

Korrelatsiya — ikki va undan ortiq oppozitsiyalarning bir farqlanish belgisi asosida uyushib kelishidan tarkib topgan tagsistema (mikrosistema). Masalan,o‘zbek tili undoshlari «labial - til oldi» farqlanish belgisi asosida (p-t) + (b-d) + (m-n) + (f-s) + (v-z) + (f-sh) + (v-1) + (v-r) korrelatsiya- siga, «labial-til orqa» farqlanish belgisi asosida (p-k) + (b-g) + (f-x) + (v-g‘) korrelatsiyasiga, «til oldi — til orqa» farqlanish belgisi aSosida (t-k) + (t-q) + (d-g) + (s-x) + (z-g‘) + (n-ng) korrelatsiyasiga, «portlovchi - sirg‘aluvchi» farqlanish belgisi asosida (p-f) + (b-v) + (t-s) + (d-z) + (t-sh) + (d-j) + + (k-x) + (g-g‘) + (q-x) + (k-h) + (g-h) korrelatsiyasiga uyushadi (korrelatsiyalar rniqdori va turlari yuqoridagilar bilan cheklanmaydi).

Odatda, oppozitsiyadagi differcnsial (farqlovchi) belgi korrelatsiyada integral (farqlanmaydigan, birlashtiruvchi) bclgiga, oppozitsiyadagi intcgral belgi esa korrelatsiyada differensial belgiga aylanadi. Masalan, (p-b) oppozitsiyasidagi jarangsizlik (p) va jaranglilik (b) farqlovchi belgisi korrelatsiyadagi (p-b) + (t-d) + (s-z) + (f-v) + (k-g) + (sh-j) + (ch-dj) + + (x-g‘) oppozitsiyalarining barchasi uchun umumiydir, ayni paytda (p- b) dagi intcgral belgilar (lab-lab, portlovchi) bu oppozitsiyani koiTelatsiyadagi boshqa oppozitsiyalardan farqlaydi (demak, differcnsial belgi vazifasini bajaradi). Qiyos qiling: p-b (lab-lab) + t-d (til oldi-tish) + k-g (sayoz til orqa) + p-b (portlovchi) + f-v (sirg‘aluvchi) kabi.

Tilshunoslikda fonologik oppozitsiyalar tasnifining yana bir necha ko‘rinishlari bor. Shulardan biri taniqli fonolog N.S. Trubetskoyga mansubdir. U fonologik oppozitsiyalarni uch asosga ko‘ra tasnif qiladi:

Birinchi asos oppozitsiya bilan sislema o'rtasidagi munosabatga ko‘ra belgilanadi. Bu bcigi asosida oppozitsiyalar quyidagicha tasnif qilinadi:

Bir o'lchovli oppozitsiyaiar, Bunda bir oppozitsiya a’zolariga xos bo‘lgan belgilaryig‘indisi shu sistema tarkibidagi boshqa oppozitsiyalarning a'zolarida uchramaydi. Masalan: (p-b)dagi


u (tor) - o' (o‘rta kcng) - o (keng) kabi. Bularning barchasida til bilan tanglay orasidagi masofa «tor»dan «kcng»ga qarab darajalanib bormoqda.

Darajalanish xususiyati undoshlar oppozitsiyasida ham kuzatiladi: t (portlovchi) - ch (qorishiq) - sh (sirg‘aluvchi). Bunda qorishiq «ch»dagi «portlash-sirg‘alish» belgisi uning portlovchi «t» bilan sirg‘aluvchi «sh» o‘rtasiga qo‘yilishini taqozo qiladi. Gradual xarakterdagi.zidlanish (b-d-g), (p-t-k) oppozitsiyalarida ham mavjud: b (lab-lab) - d (til oldi-dental) - g (til orqa); p (lab-lab) -1 (til oldi-dcntal) - k (til orqa). Bulardagi gradatsiya artikulatsiya o‘rnining labdan tilning orqa qismiga qarab ko‘chib borish darajasi bilan belgilanadi.

Ekvipolent oppozitsiya. Bunday oppozitsiya a’zolarida asosiy farqlovchi belgidan tashqari yana bitta qo‘shimcha farqlovchi belgi ham mavjud bo‘ladi [103, -371]. Masalan, o‘zbek tilidagi «i» va «u» unlilari «lablanmagan va lablangan» farqlanish belgisi asosida (i-u) oppozitsiyasini hosil qiladi, ammo bu oppozitsiya a'zolarida qo‘shimcha farqlanish belgisi ham bor: i (lablanmagan, old qator) - u (lablangan, orqa qator) kabi. Bulardagi «lablanmagan, old qator» belgilari «lablangan, orqa qator» bclgilariga teng qiymatli belgilar sifatida qarama-qarshi qo‘yiladi18. Bunday holat (e-o‘), (a-o) oppozitsiyalarida ham kuzatiladi. 0‘zbek tili undoshlari tizimidagi t-sh, d-j zidlanishlari ham ekvipolent oppozitsiyalar sanaladi, chunki ularda ham zidlanish ikki belgiga asoslangan: t (til oldi-tish, portlovchi) + sh (til oldi-tanglay, sirg‘aluvchi) =? t-sh oppozitsiyasi; d (til oldi-tish, portlovchi) + j (til oldi-tanglay, sirg‘aluvchi) = d-j oppozitsiyasi kabi.

Uchinchi asos oppozitsiya a’zolarining ma’no ajratish kuchiga va shu a'zolaming turli pozitsiyadagi xizmatiga tayanadi. Bunday asosga ko‘ra oppozitsiyalarning quyidagi ikki turi farqlanadi:

Doimiy oppozitsiyaiar. Bunday oppozitsiya a’zolari barcha pozitsiyalarda o‘z farqlanish belgilarini yo‘qotmaydi. 0‘zbek tilidagi (p-t), (s-sh) oppozitsiyalarida shunday holat kuzatiladi. Qiyos qiling: paxta- taxta (so‘z boshida, unlidan oldin), opa-ota (intervokal holatda), topmoq- totmoq (so‘z o‘rtasida, sonordan oldin), ip-it (so‘z oxirida); sint-shim (so‘zboshida, unlidan oldin), asir-ashir (intervokal holatda), osmoq-oshmoq (so‘z o‘rtasida,sonordan oldin), tus-tush (so‘z oxirida) kabi. Bunday doimiylik, barqarorlik oppozitsiyaning har ikkala a’zosi jarangsiz boiganda ko‘proq uchraydi.


Zidlanishning bu turi ayrim manbalarda «konstant oppozitsiya» deb ham nomlanadi.

Xulosa: a) fonemalar til mexanizmida muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bolgan mustaqil birliklardir: ular so‘z va moifcmalarning tovush qobig‘ini (ifoda planini) farqlash bilan biiga, shu so‘zyoki morfemalarning ma’nolarini farqlash vazifasini ham bajaradi; b) fonemalarda dififerensial (farqlanadigan) va integral (farqlanmaydigan) belgilar mavjud bo‘lib, ulardan birinchisi (differensial belgi) fonologik jihatdan relevant belgi, ikkinchisi (integral belgi) esafonologik jihatdan norelevant belgi hisobkm'ddl; d) ikki fonemaning qarama-qarshi qo‘yilayotgan differensial belgilari shu fonemalarni bitta oppozitsiyaga birlashtiradi, birfarqlanish bclgisiga asoslangan ikki va undan ortiq oppozitsiyalar esa korrelatsiyalarga uyushadi. Demak, oppozitsiyalar- dagi farqlovchi belgilar korrelyatsiyada birlashtiruvchi belgiga aylanadi; e) korrelatsiyalar o‘z navbatida bir-biri bilan ulanib, bir butun tizimni- fonologik sistemani hosil qiladi, bunda oppozitsiya sistemaning quyi pog‘onasi (yadrosi), korrelatsiya esa uning yuqori pog‘onasi boladi.

Eslatma: tilning fonologik tizimida korrelatsiya hodisasi borligini aniqlagan olimlardan biri (ehtimol, birinchisi) bizning yurtdoshimiz


Abu Ali ibn Sino bo‘lgan. U o‘zining fonetikaga doir bir risolasida «dol» «to» ga qanday munosabatda bo‘lsa, «zod» «sin» ga shunday munosabatda boiadi»,— degan edi. Qiyos qiling: «dol» (jarangli «d») — «to» (jarangsiz «t»), «zod» (jarangli «z») — «sin» (jarangsiz «s»). Bundajarangli va jarangsizlik belgilari asosida d-t, z-s oppozitsiyalari bir korrelatsiyaga uyushayotganligi nazarda tutilganligi shubhasiz.

0‘zaro zidlanishda (oppozitsiyada) bodgan fonemalardan birini ikkinchisi bilan almashtirish qonuniyati Z.M. Boburning «Boburnoma»- sida ham qayd etilgan.Unda shunday deyilgan: «So‘ngra ma’lum boldikim, turki lafzida mahal iqtizosi bila to va dol, yana g‘ayn va qof va kof bir- birlari bila mubaddal bo‘lurlar emish»

Izoh: mubaddal — «almashingan», iqtizo — «taqozo», «talab», «istak», «ehtiyoj», mahol — «imkonsiz».

Unli fonemalar tasnifi

O‘zbek tilshunosligida unli fonemalar quyidagi uch belgi asosida tasnif qilinadi: .

Lablaming ishtirokiga ko‘r'a: a) lablashgan unlilar (u, o‘, o). Bu unlilarni talaffuz qilishda lablar doira shaklida biroz cho‘zi!adi; b) lablashmagan unlilar (i, e, a). Bu uniilarni talaffuz qilishda lablar doira shakliga kirmaydi va cho‘zilmaydi. Tasnifning bu turi fonologik sistemadagi «lablanish-lablanmaslik oppozitsiyasi» talablaridan kelib chiqadi.

Tilning vertikal harakatiga kora: a) yuqori tor unlilar (i, u). Bu unlilarni talaffuz qilishda og‘iz tor ochiladi, til bilan qattiq tanglay orasi ham tor bo‘ladi; b) o‘rta keng unlilar (e, o‘). Bu unlilarni talaffuz qilishda og‘iz o‘rta darajada ochiladi, til bilan qattiq tanglay orasi ham o‘rtacha kenglikda (yuqori ko‘tarilish bilan quyi ko‘tarilish orasida) boladi; d) quyi keng unlilar (a. o). Bu unlilarnr talaffuz qilishda og‘iz keng ochiiadi, til bilan qattiq tanglay orasi ham yuqoridagi ikki holatdan ancha keng bo‘ladi. Tasnifning bu turi fonologik sistemadagi «tilning uch darajali ko‘tarilishi» oppozitsiyasiga asoslanadi.

Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga kora: a) old qator unlilar (i, e, a). Bu unlilarni talaffuz qilishda tilning uchki qismi pastki tishlarga tiraladi (demak, oldinga cho‘ziladi); b) orqa qator unlilar (u, o\ o). Bu unlilarni talaffuz qilishda tilning uchki qismi pastki tishlarga tiralmaydi (demak, biroz orqaga tortilgan bo‘ladi).



Tasnifning birinchi va ikkinchi modcialaridagi belgilar (lablamsii- jiblanmaslik, tilning yuqori, o‘rta va quyi ko‘tariIishiga asoslangan alomatlar) fonemalarning fonologik xususiyatlarini ifodalaydi. Uchinchi moddadagi belgi (yotiq harakatdagi alomatlar) esa o‘zicha fonologik rol o‘ynamaydi. chunki tovushlarning old qator yoki orqa qator bolishi lablaming ishtirokiga va turli kombinator omillar ta'siriga bog‘liq: lablanmaslik tilning tish tomon siljishini, lablanish esa tilning tishdan orqaga tortilishini taqozo qiladi. Demak, old qator (i, e, a,) va orqa qator (u, o‘, o) unlilarining fonologik xususiyati lablar ishtirokisiz namoyon botmaydi [1, -47; 20, -15] b.

Tasnifning bu turi quyidagi jadval shaklida berilishi mumkin:





Download 6,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish