2021, Maxsus son “pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal issn 2181-6883


“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son



Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/235
Sana03.12.2022
Hajmi2,05 Mb.
#877409
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   235
Bog'liq
362 1 A3011398477DCFCEC93564A0FB670C108DCB6C7A

“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son
 
36 
Bolalar xorining umumiy va ishchi diapazoni sol kichik oktavadan sol ikkinchi oktavagacha. Ovoz 
diapazonining koʻproq ishlatiladigan qismiga ishchi diapazon deyiladi. Ishchi diapazon esa umumiysidan 
qisqaroq boʻladi. Bolalar va oʻsmirlar ovozining ishchi diapazoni esa do birinchi oktavadan re ikkinchi 
oktavagachadir. 
Yengil tovush hosil boʻlmaguncha barcha mashqlar sekin tempda kuylanadi. Mashqlarni kuylashda unli 
tovushlarning yorqinligiga, undosh tovushlarning aniqligiga va jarangdorligiga erishish zarur. 
Muhokamalar va natijalar.
Nutq apparati: til, lab, tomoq, ovoz rezonatori va boshqa vositalar adabiy 
til fonetikasi talablariga toʻliq javob bermog’i darkor. Kuylashni toʻg’ri tashkil etishda nafas ustida ishlash 
muhim ahamiyatga ega. Nafas olishda gavdani toʻg’ri, yelkani esa zoʻriqtirmasdan tekis tutib, nafasni esa 
xotirjam va tejamli ishlatishga oʻrgatish lozim. Nafas olishning ikki turi mavjud : 
1.
Aralash pastki qovurg’a-diafragma usulida nafas olish. 
2.
Zanjir yoki ulama nafas olish. 
Pastki qovurg’a-diafragma usulida nafas olish. 
Bu usul xonandalarga oldin tushuntirilib, keyin koʻrsatib berilishi kerak. 
Bunday nafas olishda pastki qovurg’alar kengayadi. Nafas olishda kiftlar va koʻkrak qafasi 
koʻtarilmasligi kerak. Ashulachilarda nafas pastga - diafragmaga olinib, qorinning pastki qismi harakatda 
boʻladi. 
Nafas og’iz va burundan bir vaqtda olinadi. Nafas olishni oʻrganish individual mashg’ulot jarayonida 
yaxshi natija beradi. Qoʻllarni biqinga qoʻygan holda nafas olish kerak. Nafas olishni kuzatish uchun qoʻllarni 
qovurg’alar boʻylab pastga, yon tomonga yurita borish va bunda qorin boʻshlig’ining oldinroqqa chiqishini, 
qovurg’alarning yon tomonga kengayishini tuzatish mumkin. Nafasni rahbarning qoʻl ishorasi bilan olib, bir 
tekis, shoshilmasdan chiqarishni ham oʻrganish kerak.
Nafas asarning tempiga, jumlalarning katta-kichikligiga qarab bir maromda tez, yengil, tekis, chuqur 
olinadi. Demak, nafas olishda gavda, boʻyinning toʻg’ri erkin holatda boʻlishiga, nafasning koʻtarilmasligiga 
va nafasning diafragmaga olinishiga erishish zarur. Nafas tejam bilan sarflanishi kerak. Qoʻshiq aytganda 
haddan tashqari koʻp nafas olish mumkin emas. Zanjir usuli ayrim polifonik xor asarlarida yoki choʻzib 
turiladigan tonika va dominanta organ punktlarida uzoq muddatgacha nafas olish mumkin boʻlmagan paytlarda 
qoʻllaniladi. Ma’lumki, asarning boshidan oxirigacha bir nafas bilan qoʻshiq aytib boʻlmaydi. Koʻp ovozli 
katta asarlar ijro etishda, kuy choʻzilib qolmasligi uchun xonandalar birdaniga bir vaqtda emas, balki 
navbatma-navbat nafas oladilar.
Ya’ni, bir xonanda nafas olganda, yonidagi ikkinchi xonanda ijroni choʻzishni davom ettiradi. Bu 
xonanda nafasni rostlagach, u boshqalardan ajralmagan holda ijro partiyasiga qoʻshiladi. Natijada kuy uzluksiz 
taralaveradi. Bu usul zanjir yoki ulama nafas olish deyiladi. Yuqori sinf oʻquvchilariga ovoz apparatining 
tuzilishi, ish faoliyati, ovozni parvarish qilish usullari tushuntirilmog’i zarur. Yuqori sinf oʻquvchilarida ovoz 
yetarlicha sayqal topmagan boʻladi. Shuning uchun ovozni zoʻriqtirmasdan, oqilona ishlatish, kuylash tartibiga 
qat’iy rioya qilish kerak .
Bu tartib quyidagicha: 
Mashg’ulot haftada ikki marotaba oʻtkazilib boriladi va yigirma-oʻttiz daqiqadan ovozga dam berib 
turiladi. Mashg’ulotlar belgilangan vaqtda boshlanmog’i va oʻquvchilarni mashg’ulot boshlanmasdan besh-
oʻn daqiqa avval oʻz oʻrinlarida boʻlishiga odatlantirmoq lozim. Toʻgarak qatnashuvchilarini qoʻshiq aytishga 
tayyorlash jarayonida qilinadigan ishlar ham ovoz sozlash tarbiyasi turkumiga kiradi. Ma’lumki, har bir 
mashg’ulot xonandalarning ovozlarini qoʻshiq aytishga tayyorlash va ohang eshitish qobiliyatlarini koʻzda 
tutuvchi mashqlarni bajarishdan boshlanadi. Bu mashqlar 10-15 daqiqa va undan koʻp davom etadi. Ovozni 
qoʻshiq aytishga tayyorlash mashqlari ma’lum tartibda oʻtkazilib, ovozni toʻg’ri hosil qilishga, toʻg’ri nafas 
olishga, yaxshi ansambl va jarangdorlikka erishiladi. Natijada xonandalarning ovoz imkoniyatlari 
mustahkamlanadi. Xonandalarni qoʻshiq aytishga tayyorlashning turli uslublari mavjud: 

mashqlarni butun guruh yoki alohida ovoz turlari boʻyicha kichik guruhlar bilan ishlash; 

ma’lum unli tovushlar, boʻg’inlar va soʻzlar yordamida ish olib borish; 

turli tovush yoʻnalishlarida (legato, nonlegato, stakkato, mardento) uslubida ish olib borish; 

turli dinamik (tovush kuchi) sur’at usullarida ish olib borish; 

ayrim xalq qoʻshiqlari boʻlaklaridan foydalanib ishlash; 

diapazonning ma’lum qismida (ma’lum registrda) kengaytirib ish olib borish; 
Ovozni kuylashga tayyorlash mashqlari oddiydan murakkabgacha boʻlgan tartibda olib boriladi. 
Xulosa.
Qoʻshiq oʻrgatishda bir necha tashkiliy-amaliy usullar mavjud boʻlib, ulardan biri suhbatdir. 
Unda qoʻshiqning badiiy mazmuni, muallifi va yaratilish tarixi, ilgari surilgan g’oya, qoʻshiq kuyining 
xarakteri, ijtimoiy -siyosiy mohiyati hamda axloqiy-estetik tarbiyaviy ahamiyati oʻquvchilarga tushuntiriladi.



Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish