2021, Maxsus son “PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL
133
Masalaning axloqiy-estetik tarbiya va madaniyat, ma’naviy madaniyat, oʻquvchi-yoshlar ma’naviyatini
shakllantirishning pedagogik asoslarini ishlab chiqish U.I.Mahkamov, R.Hasanov, N.Ortiqov, S.Bulatov,
M.Inomova, S.Nishonova, T.Qurbonov, M.Ochilov, S.Annamuratova, S.Fayzulina, O.Musurmonova,
Z.K.Ismoilova, M.K.Hoshimova, B.Oʻ.Qoʻchqorov, G.Ibragimova, G.Mahmutova, N.Egamberdiyeva,
Sh.Olimov, tarbiya asoslari va milliy tarbiya masalalari S.Ochilov, M.Quronov, Q.Qurbonboyeva,
F.Norboyevalarning ishlarida tadqiq qilingan.
Muammoning psixologik jihatlari M.G.Davletshin, E.G‘oziyev, G‘.Shodmonov, V.Karimova,
A.V.Petrovskiy, V.A.Krutetskiy, N.V.Kuzmina, E.A.Klimov, R.Sunnatova, Sh.Barotov va boshqalarning
ishlarida oʻrganilgan. Boʻlajak oʻqituvchini kasbiy tayyorlashning umumpedagogik
va didaktik jihatlari
O.A.Abdulina, V.A.Selastenin, Oʻ.Q.Tolipov, U.Nishonaliyev, R.H.Djoʻrayev, F.R.Yuzlikaev, A.I.Vorobyov,
A.R.Xodjabayev,
E.T.Choriyev,
M.M.Axmedjanov,
N.A.Muslimov,
U.I.Inoyatov,
Sh.Sharipov,
X.F.Rashidov, O.A.Abduquddusovlar tomonidan ishlab chiqilgan.
Oliy ta’lim tizimida oʻqituvchi shaxsini shakllantirish, boʻlajak mutaxassislarda milliy iftixor, Vatan
ravnaqi, ogohlik va fidoyilik, fuqarolik madaniyatini shakllantirish masalalari D.Roʻziyeva, M.Aripova,
Sh.Rahimovlarning ilmiy tadqiqot ishlarida ma’lum darajada oʻz ifodasini topgan.
Pedagogika nazariyasida
va amaliyotida yoritilishi, tadqiq qilinishini oʻrganish shundan dalolat
bermoqdaki, boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy-shaxsiy, kasbiy-madaniy munosabatlari, kasbiy madaniyati,
kasbiy shakllanishi va pedagogik mahoratini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Ta’limdagi innovatsion jarayonlarning tadqiq etishda innovatsiyalar va oʻqituvchining ijodiy faoliyatiga
tegishli nazariy-metodologik xarakterdagi bir qator muammolar ilgari surilmoqda.
Boʻlajak
oʻqituvchilarni tasviriy-ijodiy
faoliyatga tayyorlashda, pedagogik innavatsion
texnalogiyalarini ishlab chiqish, tasviriy san’at asarlarining ijodiy koʻrgazmalarini tashkil qilish, tasviriy-
ijodiy tadbirlarning
nazariy va amaliy bilim, koʻnikma, malakalarga ega boʻlgan mutaxassisliklarni
tayyorlashga yoʻnaltirish zarur. Shuningdek, mazkur jarayonning samaradorligini ta’minlashga yoʻnaltirilgan
madaniy xulq, odob-axloqni ta’minlaydigan, kasbiy malaka, ijtimoiy-pedagogik bilimlarni singdiriladigan,
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tizimi, ilmiy-pedagogik va metodik ta’minotni amalga oshiruvchi mexanizmlarni
qoʻllash boʻlajak oʻqituvchilar uchun muhim zamin boʻla oladi.
Erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida ma’naviy-axloqiy jihatdan mukamall rivojlangan
insonni tarbiyalash, ta’lim va ma’rifatni
yuksaltirish, jahon andozalariga javob beradigan, yangi avlodni
voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Madaniy me’ros va yuksak badiiylik milliy an’analarni rivojlantirish, undan foydalanish, undagi ijodiy
faoliyat uslublarini joriy etish, tabiiy materiallar bilan ishlash, oliy ta’lim talabalarida qunt, chidam, qat’iyat,
tasviriy san’atning falsafiy, psixologik qirralarini oʻrgatish maqsadga muvofiqdir.
Respublikamizda roʼy berayotgan oʼzgarishlar barcha sohalardagi kabi boʼlajak tasviriy sanʼat
pedagoglarining zimmasiga ham oʼta maʼsuliyatli vazifalarni yuklaydi. Darhaqiqat xalqimiz oʼz mustaqilligini
qoʼlga kiritib xalqaro miqyosida toʼla oʼzligini namoyish qildi.
Tasviriy sanʼat, yaʼni maʼnaviyat oʼqituvchisi boshqa fanlar oʼqtuvchilari kabi birinchi galda eng yuksak
fazilatli, axloqiy pok, iymon va eʼtiqodli, halol va sofdil,
talabalarga, oʼsmir va yoshlarga nisbatan oʼta
mehribon, oʼta talabchan va oʼzbek xalqining urf-odatlarini, anʼanalarini mukammal biladigan va hurmatini
joyiga qoʼyadigan boʼlishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: