Ключевые слова: музыка, искусство, возможность, ограниченность, талант, процесс, кружок,
детский эстрадный ансамбль, хоры, имеют большое значение.
Independence has opened a wide way to study the universal, national and cultural values of our people.
As a result, there is an opportunity to widely apply folk music, which plays an important role in the system of
national and cultural values, in the educational process. Folk songs occupy a significant place among the
melodies and songs of folk music, included in the curriculum and textbooks of the newly created secondary
schools on the subject of music. Folk songs are an art that has a strong educational power due to its expressive
content.
Key words: music, art, opportunity, limited, talent, process, circle, children’s variety ensemble, choirs,
are of great importance.
Kirsh.
Xalq ijtimoiy hayotining eng muhim qirralarini oʻziga xos badiiy sifatida an’anaviylik va
vorisiylik asosida avloddan–avlodga oʻtib kelayotgan va ularning ta’sirida yaratilayotgan qoʻshiqlar oʻz
tinglovchilariga bevosita yoki bilvosita axloqiy–estetik ta’sir kuchi bilan ajralib turadi. Musiqa darslari hamda
toʻgarak faoliyatida esa xalq qoʻshiqlarini tinglash, oʻrganish va qoʻshiqlarni jamoa boʻlib kuylash jarayonida
oʻquvchilar xalqimiz milliy oʻzligining eng muhim jihatlari, ya’ni tili, adabiyoti, tarixi, madaniyati va
etnografiyasi bilan yaqindan tanishib boradilar. Xalq qoʻshiqlarining mazmunida aks etgan vatanparvarlik,
insonparvarlik, qahramonlik, vatanni himoya qilishga da’vat, ota-onani e’zozlash, kattalarga hurmat,
kichiklarni izzat qilish, toʻg’rilik, halollik, poklik, imon va e’tiqodga chorlovchi yuksak g’oyalar oʻquvchi –
yoshlar ongida milliy ong va milliy mafkurani shakllantirishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi .
Asosiy qism.
Musiqa toʻgarak faoliyatlarini rejalashtirishda va tashkil etish jarayonida toʻgarak
rahbariga beriladigan mustaqil repertuar tanlash imkoniyati bu ishga jiddiy mas’uliyat bilan yondashishni talab
qiladi. Shunday ekan, dars va darsdan tashqari musiqiy faoliyatda xalq qoʻshiqlarini tanlab olish maxsus
pedagogik yondashuv va mezonlar negizida amalga oshirilishi zarur. Ushbu yoʻnalishdagi ilmiy kuzatuv va
tajribalar musiqiy ta’lim mashg’ulotlari uchun xalq qoʻshiqlarini tanlashda quyidagi mezonlarni belgilash
imkonini beradi:
1.
Tanlanayotgan xalq qoʻshiqlarining har bir sinf uchun belgilangan dastur hamda oʻquvchilar
oʻzlashtirishi lozim boʻlgan bilim va malakalar mazmuniga mos boʻlishi. Bu oʻrinda oʻquvchilarning yoshi,
kuylash imkoniyatlarini e’tiborda tutish lozim boʻladi.
2.
Xalq qoʻshiqlarining tarbiyaviy–ta’sirchanlik xususiyatga ega boʻlishi. Bunda tanlangan
qoʻshiqlarning badiiy yuksak ijod namunasi, ya’ni shakl va mazmun mukammalligiga, shuningdek, qoʻshiq
matnida ifodalangan g’oyaviy mazmunni ta’lim - tarbiyaning umumiy maqsadlariga mos kelishiga e’tibor
berish nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |