2021, Maxsus son “pedagogik mahorat” ilmiy-nazariy va metodik jurnal issn 2181-6883



Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/235
Sana03.12.2022
Hajmi2,05 Mb.
#877409
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   235
Bog'liq
362 1 A3011398477DCFCEC93564A0FB670C108DCB6C7A

Muhokamalar va natijalar.
Hofizlik - xonandalikning har tomonlama mukammal va murakkab 
bosqichi sifatida namoyandalarning bir qator “hofizlik talab”lariga javob berishini taqozo etadi. Bu talablar 
hofizlik sanʼatiga ega boʻlishdagi zarur tabiiy va amaliy omillar boʻlib, oʻziga xos bir qator xarakterli 
unsurlardan iboratdir. Odatda, har bir kasbning oʻz qonun-qoidalariga asoslangan talablari boʻladi va ular 
mazkur kasbning asosiy mohiyatini belgilab beradi. Hofizlik sanʼatining ham ana shunday talablari mavjud va 
ular quyidagilardan iboratdir: Ovoz, xotira, nafas, soʻz talaffuzi, sozandalik, anʼanaviylik, badihagoʻylik va 
shu bilan birga musiqa va ilohiyot ilmi hamda ijrochilik bilimi, isteʼdod hamda taʼlim mezoni ham muhim 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son
 
40 
hisoblanadi. Hofiz – kuchli va keng diapozonli, yaʼni 2-2,5 oktava oralig’idagi sifatli, sadoli, kuchli, latif va 
yoqimli tembrli hamda his kabi xususiyatlarni oʻzida mujassam etgan ovoz sohibi. 
Xonandalik amalining pirovardida hofizlik darajasini namoyon etadigan xususiyatlar ham alohida 
ahamiyat kasb etadi. Bu omil ovozning har qanday mushkillikdagi ohang davralarini, ijro yoʻlini (harakatini) 
mukammal ifodalash, musiqiy meros va mavjud ijrochilik yoʻllari xususiyatlari zaminida tarbiyalanganligi 
bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga har bir harakat va talqin mantiqan idrokli ifoda topishi muhimdir. 
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlariga kelib, xonandalik amaliyoti ham hofizlik bilan 
bog’liq atama musiqa sanʼatining ustozona shakli ijrochilari orasida ommalasha boshlandi. Ayniqsa, Farg’ona 
vodiysida katta ashula ijrochilari faoliyati doirasida munosib oʻrnini topadi. Ustoz darajasidagi har bir mohir 
xonanda – ashulachilar xalq orasida muxlislari tomonidan “hofiz” deb yuritish ommalashdi. Ungacha mumtoz 
xonandalar “Savtxon”, “Nasrxon” yoki “Nasrchi”, Mug’anniy», “Goʻyanda” nomlarida atalib kelinganligi sir 
emas. Shu davrdan boshlab Oʻzbekistonning har bir vohalarida oʻziga xos lokal xususiyatlarni uzida mujassam 
etgan ijrochilik anʼanalari rasm boʻldi va bu anʼananing ijrochiliri “hofiz” deb yuritila boshlandi. Har bir 
vohada, oʻzining lokal ahamiyat kasb etuvchi hofizlari shakllandilar. Albatta, bu jarayon mahalliy va shaxsiy 
ijrochilik uslublari negizida yuzaga kelgan. Bu jarayonga tahliliy nazar bilan yondashadigan boʻlsak quyidagi 
manzaralarning guvohi boʻlamiz. 
Buxoro vohasi – anʼanaviy ijrochilik sanʼati oʻzbek musiqa ijrochiligining mag’zini tashkil etishi 
barchaga ayondir. Bu haqda bir qator musiqashunos olimlarning risolalarida yetarlicha maʼlumotlar bayon 
etilgan. Chunki maqom sanʼati aynan Buxoroda shakllangan. Shakllanish jarayoni bir qator omillar bilan 
bog’liq boʻlib, ijrochilik mezoni oʻzining amaliy jihatlari negizida ijodiyotning qonuniyatlaridan birini tashkil 
etadi. Zero, mukammal asarlar majmui benuqson ijrolar imtihonidan oʻtib meros atalmish ummon shaklida 
tarkib topadi. Balkim, asarlarning tarkib topishida ijrochilik anʼanalarining taʼsiri beqiyosdir. Ijrochilik 
musiqiy merosning shakllanishida bitmas, tuganmas ilhom manbayi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Chunki bir-biridan rang olib va boshqa sifatlaridan bahramand boʻlib, “Savt”, “Nazira” kabi ijod uslublari 
orqali maqomlar va mumtoz musiqa namunalarining shakllanishida alohida oʻrin kasb etib kelgan. Buxoro 
musiqa ijrochilik anʼanalarini biz shu maktab namoyandalari, zabardast ustoz sanʼatkorlar Ota Jalol Nosirov, 
Ota G’iyos Abdug’ani, Levicha Hofiz, Usto Shodi, Domla Halim Ibodov kabi maqom bilimdonlarining 
ijrochilik davrlaridan boshlab tasavvur etamiz. Ularning “Shashmaqom” ilmi va ijrochiligiga xos bilimlari va 
ijodlari xususida koʻp risolalarda maʼlumotlar bayon etilgan. 
Qayd etish joizki, Buxoro ijrochilik maktabining oʻz ijod sarhatlarida yuzaga kelgan qoidalari boʻlgan. 
Unga koʻra xonanda, birinchidan, maqom ijrochiligiga loyiq, tabiiy qobliyati yetarli boʻlishi shart boʻlgan. 
Bunda eng muhim mezonlardan biri ovoz imkoniyatlari hisoblangan. Ikkinchidan, musiqa va adabiyotning 
usul tizimini puxta idroklash va uchinchidan, hofizlik mezonlarini mukammal oʻzlashtirish. Shu bois boʻlsa 
kerak, Buxoro ijrochiligida mumtoz anʼanalar nihoyatda tartibli va qoidalar asosida shakllangan. 
Xulosa 
qilib aytganda, oʻzbek mumtoz xonandalik anʼanalarida nafasni toʻg’ri ishlatish muammosi 
xonandalikning asosiy masalalaridan biriga aylangan. Ayni paytda ham yoshlarga oʻrgatish va uqtirish 
masalasi tajribali, keksa sanʼatkorlar zimmasiga yuklatiladiki, asosiy maqsad, ularni ijrolarida nuqson 
boʻlmasin. Zamonaviy jarayonda qayd etish lozimki, bir qator buxorolik hofizlar “Shashmaqom” tarkibi va 
maqomlarga xos asarlarni ijro etishda oʻzlarining samarali hissalarini qoʻshib kelmoqdalar. Ayniqsa, maqom 
xonandalari ustoz sanʼatkorlar Rahmatulla Inoyatov (maqom ansamblining badiiy rahbari, “Shashmaqom” 
bilimdoni), Orif Atoyev (ustoz sanʼatkor, maqom va xalq yoʻllarining bilimdoni), Eshpoʻlat Ortiqov, Shodi 
Sharipov, Tolib Temirov, Toʻymurod Qodirovlarning xonandalikdagi erishgan darajalarini maqom sanʼatiga 
xosligi va ularni boshqalar uchun oʻrnak ekanligini eʼtirof etishimiz lozimdir. Buxoro hofizlarining ijro 
uslublari “Shashmaqom” ijrochilik anʼanasining amaliyoti deyish mumkin. Ayni paytda Buxoro anʼanaviy 
xonandalik maktabi, bilimdon maqom ustalari tomonidan munosib davom ettirilmoqda. 

Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish