2021, Maxsus son “PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL
93
dunyoqarashlarini shakllantirishda, oʻz qadriyatlarini asrab avaylash hamda madaniy darajasini oshirishda, eng
zarur manbalardan biri hisoblanadi.
Amaliy sanʼat asarlari koʻz bilan koʻrish, his etish va anglashga moʻljallangan. Amaliy sanʼat asarlari
va buyumlari insonning moddiy muhitini goʻzallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qiladi, ayni paytda
oʻzining koʻrinishi, tuzilishi, xususiyatlari bilan insonning ruhiy holati, kayfiyatiga ta’sir etadi, bezatilgan
narsalar hayotda foydalanilishidan tashqari badiiy qiymati boʻlgani uchun ham qadrlanadi. Shuning uchun
xomashyoning goʻzalligi va nafis xususiyatlarini namoyish etish, unga ishlov berish mahorati va usullarining
koʻpligi, amaliy sanʼatda estetik ta’sirni oshiruvchi ahamiyatga ega faol vositalardir.
Yaqin oʻtmishda oʻzbek amaliy bezak san’atining eng
rivojlangan naqqoshlik, ganch oʻymakorligi,
yog’och oʻymakorligi, tosh va suyak oʻymakorligi, mis kandakorligi, zargarlik, kashtachilik, zardoʻzlik,
gilamdoʻzlik, pichoqchilik, boʻyrachilik, kigiz bosish, savatchilik kabi turlarining oʻziga xos bajarish
texnologiyalari, haqiqiy milliy nomlari, ularga xos atamalari, bu san’atlarga xos shakllangan maktablar, ish
uslublari hamda shu sohalarda nom qozongan ustalarning xizmatlari butun jahonga dong’i ketgan.
Muhokamalar va natijalar.
Oʻzbek amaliy bezak
san’ati qadimdan dunyoga mashhur. Ota-
bobolarimiz qurgan muhtasham binolar hozirgi kungacha maftunkor jilvasini yoʻqotmagan. Yuksak did bilan
ishlangan naqshlar, koshinlar, ganch, yog’och, tosh oʻymakorligi va unvonli yozuvlar (epigrafika) uslubidagi
ishlar hozirgacha bizni hayratga solib kelmoqda.
Oldingi ustalarimiz qadimiy obidalarni nafis naqshlar bilan bezar ekanlar, zavq olish bilan bir qatorda,
ular orqali oʻz orzu-umidlarini, muhabbatlarini, tilaklarini va goʻzal niyatlarini aks ettirib kuylaganlar.
Keksa ustalarimiz aytishicha, qadimda naqqoshlik san’ati shunchalik rivojlangan ekanki, ular chizgan
yoki boʻyagan ramziy naqshlari orqali bir-birlari bilan unsiz ovozda gaplashgandek taassurot olgan ekanlar.
Naqqoshlik san’ati tilini bilish uchun, uni mukammal tushunish uchun naqshning har bir unsuri va ranglarining
ramziy alifbosini bilmoq kerak boʻlgan.
Fazoviy san’atlarni badiiy his qilishda usta-rassom oʻz asarini qanday qurgani katta ahamiyatga ega,
chunki ijod psixologiyasining qonunlari badiiy his qilish psixologiyasi qonunlari bilan uzviy bog’liqdir, ham
tobelik (соподчинение), muvozanat, oʻzgaruvchanlik, oʻlchamlilik (соразмерность) kabi kompozitsion
qonuniyatlarga asoslanadi.
Naqsh - arabcha tasvir, gul degan ma’noni bildiradi. Qush, hayvon, oʻsimlik, gul, novda, geometrik va
boshqa shakllarni ma’lum tartibda takrorlanishidan hosil qilingan bezak.
Yuqorida aytganimizdek islom talablariga boʻysunish oqibatida jonivorlar, parrandalar va odamlarni
tasvirlash yoʻqolib borib naqqoshlik rivoj topdi. Arab yozuvi oʻzlashtirildi. Natijada naqshlar bilan unvonli
yozuv (epigrafika) uslubi paydo boʻldi. Arab yozuvi naqshlar bilan birga uyg’unlashtirilib chizildi.
Arab yozuvi ham bezak, ham ilmu ma’rifatga yetaklovchi davat vazifasini oʻtab kelgan.
Koʻp asrlar mobaynida naqqoshlik san’atining badiiy an’analari vujudga keldi. Xalq-amaliy bezak
san’atining bir turi sifatida naqqoshlik qadimdan oʻzbek madaniyatining muhim boʻlagi hisoblanadi. Bir soʻz
bilan aytganda, barcha amaliy san’at turlarida bezak sifatida naqsh yoki naqsh elementi ishlatiladi, shuning
uchun naqqoshlik san’ati boshqa amaliy bezak san’ati turlariga poydevor vazifasini bajaradi.
Naqshlarda san’atning boshqa hamma turlaridan farqli ravishda avlodlarning chambarchas bog’liqligini,
ya’ni ustoz-shogird an’analarining davomiyligini koʻrish mumkin. Naqqoshlik an’analari san’atning ana shu
turini oʻrganish metodlari sifatida ham bobodan otaga, otadan bolaga oʻtib kelgan. Ana shu doimiylik tufayli
naqqoshlik san’ati hozirgacha saqlanib kelmoqda. Naqshning eng yaxshi namunalari boy ijodiy kompozitsiya
orqali birlashtirilgan shakllarning maqsadga muvofiqligi va goʻzalligi bilan farqlanadi. Xalq ustalarining
falsafiy dunyoqarashlari, atrof muhit goʻzalligini anglash darajasidagi qarashlarining tafovuti aks etadi.
Naqshdagi chizgilar oʻyini, mazmun-mohiyati musiqadagi ohang singari, qoʻshiq va ertak kabi “xalq hayotiy
tajribasining katta umumlashmasidan” iborat boʻladi.
Talabalarni bizni oʻrab turgan atrof-muhit, tabiatda mavjud boʻlgan goʻzal chiroyli gullar, oʻsimliklar
va shakllarga qoʻshimcha ishlov berish, ya'ni ramziylashtirish (stilizatsiyalash) orqali turli-tuman naqsh
elementlarni chizish, ana shu naqsh elementlaridan foydalanib mukammal kompozitsiya tuzishni oʻrganib
boradilar. Kompozitsiya ishlash jarayonida talabalar quyidagilarni puxta oʻzlashtirib olishlari zarur:
Atrof–muhit, tabiatdagi mavjud boʻlgan tabiiy shakllarni qayta ishlash, ya’ni stilizatsiyalash yoʻllarini
bilishlari va undan samarali foydalana olishlari:
Berilgan naqsh elementlari yoki namunalari asosida yangi naqsh kompozitsiyasini chiza olishlari:
Mustaqil ravishda yangi naqsh kompozitsiyasini tuzib bilishlari kerak boʻladi.
Kompozitsion markaz, konstruktsiya, harakat, yaxlitlik, kolorit, nisbat, me’yor, ritm, mutanosiblik va
nomutanosiblik kabi komponentlarni bilishi va ularni tasavvur eta olishi kerak:
Yuqorida koʻrsatilgan vazifalarning puxta oʻzlashtirilishi talabalarning kelajakda bilimli va mohir kasb-
hunar egasi boʻlib yetishishlarida katta ahamiyatga ega
Do'stlaringiz bilan baham: |