“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son
86
beradi. Chunki dars texnologiyasi - ta’lim berish didaktikasiga va uning prinsiplariga amal qilish bilan
oʻz mazmun-mohiyatini koʻrsata oladi. Shundagina u oʻquvchiga dars materialining
oson, qisga, asosli, qiziqarli
yetkazilishi bilan, dars texnologiyasi samaradorligi ortadi va uning oldindan belgilangan maqsadlarining
kafolatlari ta’minlanadi. Chunki dars materialini oʻquvchilarga oson, qisqa, asosli yetkazilishining asosiy
ilmiy-pedagogik qonun-qoidalarini oʻqitish didaktikasi va uning prinsiplari ta’minlaydi.
Didaktik dars materialini belgilangan vaqt ichida (45 minut) oʻquvchilarga ma’lum didaktik qonun-
qoidalar asosida yetkazishni ta’minlay oladigan yagona dialektik yoʻldir.
Shuning uchun oʻqituvchi didaktik jarayonni va uning qonun-qoidalarini, prinsiplarini juda mukaminal
holda bilishi zarurki, busiz pedagogik texnologiyani tushunib, undan samarali foydalanib boʻlmaydi.
Bu masalada N. Sayidahmedov oʻz ustozi V.P. Bespalko bilan boʻlgan bir munozarani keltiradi. Bu
suhbat bizning fikrimizga ham ancha aniqlik kiritadi. Chunki bu munozarada akademik V.P. Bespalko
didaktik jarayonning oʻqitish jarayoni bilan bog‘liqligi va ular oʻrtasidagi farqni koʻrsatib beradi.
Suhbatda “Oʻqitish jarayoni bilan didaktik jarayon oʻrtasidagi farq nimadan iborat?” mazmunidagi
savolga akademik Vladimir Pavlovich Bespalko shunday javob beradi: “Oʻqitish jarayoni “Klassik qoida”ga
boʻysunadi. Ya’ni oʻqituvchi sinf (auditoriya)ga kirib, dars mavzusini e’lon qiladiyu, darhol uning
mazmunini bayon qilishga kirishib ketadi. Didaktik jarayon esa har bir dars (ma’ruza)ni boshlashdan oldin
oʻquvchi (talaba)lar diqqatini dars materialiga jalb qila oladigan faoliyat bosqichi motivatsiyani vujudga
keltirishdan boshlanadi. Ana shu motivatsiya bosqichi oʻquv-bilish faoliyatining kaliti hisoblanadi”.
Haqiqatan ham dars jarayoni yoki dars texnologiyasiga darsning boshlanishidan uning tugashigacha boʻlgan
jarayon kiradi desak, oʻquv materialini qisqa, oson, asosli tushuntirib, oʻquvchilarga yetkazilishining asosiy
vositasi va qonun-qoidasini uning didaktikasi hamda uning prinsiplari ta’minlaydi.
Dars texnologiyasiga darsning boshlanishidan uning tugashigacha boʻlgan 45 daqiqali davriga kiradi
desak, uning didaktikasiga esa darsdagi oʻqituvchi dars materialini oʻquvchiga qiziqarli, oson va asosli
yetkazib berish jarayonining hammasi kiradi. Shuning uchun ham V.P. Bespalko “Motivatsiya” davrini ham
didaktik jarayonga kiritgani mutlaq asoslidir. Chunki oʻquvchiga dars materialini yetkazish dars
materialini bayon etishdan emas, balki oʻquvchini yangi dars materialini qabul qilishga tayyorlashdan
boshlanadi, desak ma’qulroq boʻladi. N. Sayidahmedov oʻzining “Yangi pedagogik texnologiya” asarida
“Motivatsiya” jarayonini asosli sharhlab bergan. Unga koʻra, oʻqituvchi oʻz darsining mazmun-mohiyatiga
asosan, “Motivatsiya” me’yorini aniqlab, undan ijodiy foydalanishi zarur.
Xullas, ta’lim-tarbiyaning pedagogik texnologiyasi oʻzining qurilishi va tuzilishi yoki ish faoliyati
mazmuniga koʻra:
1. Dars texnologiyasi.
2. Oʻqitish texnologiyasi.
3. Ma’lumot-bilim berish texnologiyasi koʻrinishlarida namoyon boʻladi.
“Dars texnologiyasi” — bu 45 minutli darsning umumiy qurilishi, tuzilishi va tashkil etilishining
umumiy-pedagogik texnologiyasida ifodalanadi. Ya’ni sinf-dars sistemasi boʻlib, u:
•
yangi bilim berish darsi;
•
oʻtilgan materialni mustahkamlash darsi;
•
oʻquvchilar bilimini tekshirish darsi;
•
takrorlash va umumlashtirish darslariga boʻlinadi.
Aralash tipdagi darslarning har biri oʻziga xos pedagogik texnologiyasiga ega.
1. “Oʻqitish texnologiyasi” — pedagogik texnologiyaning eng asosiy turlaridan biri boʻlib, u ma’lum
bir oʻquv fanini oʻqitish, oʻquv materialini oʻzlashtirish yoʻlida, qoidalarni ifoda etuvchi texnologiya
mazmunida ifodalanadi. Koʻrinib turibdiki, pedagogik texnologiyaning bu turi koʻproq ma’lum bir oʻquv
predmetini oʻqitish didaktikasi va metodikasi jarayonida ta’riflangan holda ularni fanlar boʻyicha oʻzgartirib
turadi. Ya’ni, avvalo, gumanitar fanlarni oʻqitish texnologiyasida, soʻngra tabiiy fanlarni oʻqitish
texnologiyasida oʻziga xos talab, oʻzgarishlar sodir boʻladi.
2. “Ma’lumot berish”, ya’ni bilim-malaka berish texnologiyasi - bu texnologiya oʻqituvchi va
oʻquvchilarning ijodiy muloqoti texnologiyasini, oʻqitish didaktikasi va metodlarining umumlashgan
faoliyatini ifoda etadi.
Ya’ni oʻquvchilarga beriladigan ma’lum sohadagi bilim-malakalarni ularga yetkazish texnologiyasi
mazmunida aks etadi. Yuqoridagi holatlardan shu narsa koʻrindiki, maktab oʻquv fanlarining har biri oʻziga
xos pedagogik texnologiya prinsiplariga amal qiladi.
Xulosa
oʻrnida shuni aytish joizki, pedagogik texnologiya - ta’lim-tarbiya berishning didaktik asoslarini,
prinsiplarini, ma’lum ma’nodagi ta’lim-tarbiya jarayonlarini, vositalarini, imkoniyatlarini birlashtirgan holda
oldindan belgilangan maqsad, rejaning bajarilishini, shaxs sifatlarining shakllanishi va rivojlanishini kafolatlay
oladigan pedagogik jarayon ekanligini koʻramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |