“DEVELOPMENT ISSUES OF INNOVATIVE ECONOMY IN THE
AGRICULTURAL SECTOR”
International scientific-practical conference on March 25-26, 2021.
Web:
http://conference.sbtsue.uz/uz
–
qishloq xo’jaligi maxsulotlarini ishlab chiqa
rish texnologik jarayonlarini moderenizatsiyalashtirish,
tashish, saqlash va sotish jarayonlarini boshqarish mexanizmini tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy dastaklardan
samarali foydalanish kabi innovatsion yondashuvni talab etadi. Afsuski qishloq xo’jaligi max
sulotlarini
yetishtirishda mineral o’g’itlar ta’minoti, yer maydonlariga ishlov berish maxsulotlarni xarid qilib olish,
saqlash, sotish hatto eksport qilish jarayonlarida hali ham monopol vaziyat saqlanib qolmoqda.
Iqtisodiy beqarorlik, pandemiya asoratlari, monopol vaziyatning mavjudligi kabi sharoitlarda
qishloq xo’jaligi sohasida klaster usulini qo’llash samarali usullardan biri bo’lib hisoblanadi. Klaster
inglizcha (cluster) so’zidan olingan bo’lib, ma’lum yo’nalishdagi tovar xizmatlarni ishlab chiqari
sh
doirasini bog’lovchi element hisoblanadi. Iqtisodiy klaster ma’lum bir hududda maxsulotni ishlab chiqarish
bilan bog’liq bo’lgan infratuzilmalarning o’zaro birlashuvidan iboratdir va ular o’z navbatida alohida
kompaniyaga nisbatan afzalikka ega bo’ladilar. Demak qishloq xo’jaligida maxsulotlarni yetishtirishdan
boshlab ularni harid qilish, tashish, saqlash, qayta ishlov berish, sotish, shu jumladan eksport qilish kabi
alohida bo’g’inlarini tashkiliy iqtisodiy mexanizmlar
orqali ixtiyoriy ravishda barpo etish lozim.
Agar Ozbekiston Respublikasida 2017-
yilda qishloq xo’jaligi sohasida 1 ta klaster, 2018 yilda 15
ta, 2019 yilda 75 ta klasterlar ishlagan bo’lsa, bugungi kunda 500 ga yaqin klasterlar faoliyat ko’rsatmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prizidenti
Shavkat Mirziyoyevning 2020 yilda parlamentga va halqqa qilgan
murojaatnomasida “Meva sabzavotchilik, g’allachilik va chorvachilikka 500 ga yaqin kooperatsiyalar
faoliyatini yo’lga qo’ydi. Buning natijasida pandemiya vaqtida 1 mlrd meva sabzavot eksport qilindi” deb
aytilgan. (1)
Klaster usulida iqtisodiy rivojlanish Amerika, Yevropa va Osiyoning rivojlangan mamlakatlarida
keng tarqalgan bo’lib, u nafaqat qishloq xo’jaligida balki xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlarida keng
qo’llanilmoqda. Agroklasterlar
bir tashkilot yoki korxona faoliyatida tashkil etilishi mumkin yoki alohida
korxonalarning tashkiliy huquqiy formalarini saqlagan holda o’zaro hamkorlik asosida kooperatsiya yoki
asoslashgan asotsatsiyalarga agrofirmalarning yuridik mustaqilligini saqlagan holda tashkil topishi
mumkin. Agroklaster faoliyatini SWOT tahlil natijalari shuni ko’rsatadiki qishloq xo’jaligini jadal
sur’atlarda rivojlantirishning hozirgi zamon sharoitidagi asosiy strategik yo’nalishlaridan biri
- bu klaster
tizimidir.
Qishloq xo’
jaligi sohasida agroklasterni barpo etishdan asosiy maqsad - mehnat taqsimotini
yanada kuchaytirib, ilm-fan, texnologik bilimlarga asoslangan yangi maxsulotlarni yetishtirishda,
qo’shimcha bozorlarni egallash kabilarda o’zaro manfaatli javobgarlikka asosl
angan ixtiyoriy hamkorlik
prinsiplariga asoslangan klaster tizimini barpo etish. Faqat shundagina agrar sohada shaxsiy yordamchi
dehqon xo’jaliklari, fermer xo’jaliklari hamda ayrim qishloq xo’jalik maxsulotlarini ishlab chiqaruvchi
davlat korxonalarining
o’zaro manfaatli faoliyatini amalga oshirish mumkin. Shu bilan birga yer
maydonlariga ilmiy asoslangan darajada ishlov beriladi, mineral o’g’itlar bilan ta’minlanadi, uning daladan
dasturxongacha bo’lgan barcha bo’g’inlardagi yo’qotishlarga barham beriladi
, oziq-ovqat tovar resurslarini
oshirib, mamlakatimiz oziq-
ovqat xavfsizligini ta’minlash darajasi oshiriladi.
Ilg’or tajriba sifatida Andijon viloyatining Qo’rg’ontepa tumanidagi “Khantex Group” MCHJ
faoliyati o’rganildi. Ushbu klaster 2018 yilda tashkil
etilgan bo’lib, paxta yetishtirish uchun tuman
hokimyatining qaroriga muvofiq 858 gektar yer maydoni ajratildi.
Hosildorlikni oshirish maqsadida bu kompaniya 396 dona traktor va agregatlar sotib olib g’o’za
qatorasiga ishlov berish, kultuatsiya qilish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash kabi barcha
agrotadbirlar mexanizatsiyalashtirildi. Samarali usulda urug’ ekish natijasida har bir gektardan 850
-1500
mln so’mgacha mablag’ tejaldi. Samarali ilmiy asoslangan o’g’itlash usuli qo’llanishi natijasi
da hosildorlik
40 sentinergacha oshirilib, unga sarflanadigan mablag’ 30% gacha tejaldi. Zamonaviy tomchilatib
sug’orish texnologiyasini joriy etish va paxtani maxsus kombaynlarda terish natijasida xom ashyoning tan
narxini pasaytirishga erishiladi.
530
Do'stlaringiz bilan baham: |