3. Kompyuterli eksperiment
Ilmiy tadqiqotda kompyuter texnologiyasidan foydalanish yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Bu texnologiya o‘zida matematik va xayoliy eksperiment, modellashtirish va analogiya usullarida mavjud bo‘lgan afzallik va ustun tomonlarini birlashtiradi.
Kompyuter texnologiyasida eksperiment qo‘yish uchun zarur bo‘lgan mexanizm va vositalar mavjud. Bulardan eng muhimi kompyuter dasturida mujassamlalangan sun’iy aqldir.
Inson aqli bajaradigan amallar va funksiyalarni (xisoblash, obrazlarni tanish, boshqarish, tahlil qilish, umumlashtirish, baholash va boshqalar) kompyuter tomonidan bajarilishi sun’iy aqlni namoyon bo‘lishidir. Sun’iy aql faoliyatini yuzaga keltiradigan struktura kompyuter dasturidir. Kompyuterli grafikani ixtiro qilinishi, uni fan va amaliyotning turli sohalarida keng tatbiq etilishi sun’iy aql texnologiyasini takomillashtirish ishida tub burilish yasadi.
Sun’iy aql (inson aqlini modeli, analogi sifatida)ikkilamchi xislatga ega bo‘lsada, ko‘p jarayonli, beqiyos parametrli va o‘ta murakkab ob’ektlarni o‘rganishda bugungi kunda tengi yo‘q vosita hisoblanadi.
Hozirgi yaratilayotgan kompyuterni beshinchi avlodi bir daqiqada bir va undan ko‘p milliard holat yoki variantlarni qayd qilishi mumkin. Uzaro bog‘langan protsessorlar ansamblidan tashkil topgan bunday texnologiya kampyuterli grafika yordamida har qanday murakkab ob’ektni xossasi, harakati va o‘zgarishini modellashtirish qobiliyatiga egadir.
Kompyuterli eksperimentda asosiy qurol-dastur va ekspertli baholash tizimidir. Oxirgisi ham dasturni maxsus turini tashkil qiladi. O‘zaro bog‘langan protsessorlar tizimiga o‘xshash, eksperimentni o‘tkazishda turli operatsiyalarni bajarishga muvofiqlashtirilgan dasturlar turini tuzib, undan foydalanish mumkin.
Dastur ko‘rsatma, algoritm, freym va slotlardan iborat bo‘lgan tizimdir. Freym dasturga kiritilgan, ob’ektning biron-bir xossasi yoki belgisini ifodalaydigan atama va hukm blokidir.
Xar bir freym ob’ektni belgisi haqida axborot beradigan slotdan tashkil topgan. Slot freym unsuri bo‘lib, ayni paytda quyi darajaga nisbatan mikrofreym rolini o‘ynaydi. Boshqacha qilib aytganda, har bir slotda boshqa bir freymni ko‘rsatkichi mavjud. Demak, freymlar va slotlar kombinatsiyasini (o‘zaro uyg‘un birikmasini) tuzish orqali har qanday ob’ektning modelini yaratsa bo‘ladi. Ko‘rgazma vosita sifatida daraxt obrazidan foydalanish mumkin. Daraxt ildizi-axborot banki (manbai), tanasi – dastur, undagi algoritm, shoxlari – freymlar, barglari – slotlardan iborat. Bu sxema xolos, chunki aytganimizdek, har bir slot freym ko‘rsatkichiga ham ega. Masalan, «maymun» freymini olaylik.
«Maymun» freymi
Belgi atamalari slotlar
Bu Primat
Jinsi Yoki urg‘ochi
Yoki erkak
Yoshi I Butun son
“Banan” sloti(mikrofreymi)
Yashash makoni I O‘rmon
S evimli ovqati I Banan Bu I meva
Ermaklaydii I Daraxtlar rangi I sariq
Ta’mi I shirin
Tana turi I Qayshqoq Terisi I qalin
Kelib chiqishi I banan daraxti
1-rasm
Maymun evolyusiyasi va hayot tarzi muammosiga oid tajribaviy izlanish maqsad qilib qo‘yilgan taqdirda, uning intellektual qobiliyatini tekshirishga qaratilgan kompyuterli eksperimentni o‘tkazish mumkin. Bunda primatlar biologiyasi, hayot tarzi va psixologiyasga oid axborotlarni o‘zida saqlagan freymlar turi (xaritasi) ishlab chiqiladi. Bitta yoki bir guruh maymun zotlari, ularni o‘rab turgan sharoit modellashtiriladi.
Freymlar tarkibiga oldingi tajribalarda maymunlar bilan o‘tkazilgan eksperimental sinov natijalari ham kiritiladi.
Tuzilgan animatsion modelga axborot buyruq shaklini olgan vazifa (ta’sir) sifatida beriladi. Natijada, maymunlar guruhini tasvirlagan model muammoli vaziyatga duch keladi. Vaziyat model uchun noma’lum holat, model vaziyatdan chiqish uchun eng optimal harakat variantini tanlashga urinadi.
Ijobiy natija bergan yechim tahlil uchun ekspert tiimiga topshiriladi va ballar qiymatida primatlar faoliyatini intellektual darajasi baholanadi.
Organik kimyo sohasida birikmalarning molekulyar strukturasini aniqlashga qaratilgan dasturlar ishlab chiqildi. AQSh olimlari Feygenbaum va Lederberg DENDRAL deb atalgan ekspert tizimini yaratganlaridan keyin, noma’lum organik birikma xossalarini belgilashga yordam beradigan kompyuterli eksperiment o‘tkazish imkoniyati vujudga keldi.
Hozirgi vaqtda bioximiya va genetikada ishlab chiqilgan kompyuterli – virtual eksperimentlar, ayniqsa ulardagi jarayonlarni tasvirlaydigan animatsion modellardan ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida o‘rganish va namoyish qilish vositasi sifatida foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |