Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 3
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
473
w
www.oriens.uz
April
2021
o„rganilgan. A.Husayniy ‟‟Badoyi‟ us-sanoyi‟‟‟ asarida istioraga quyidagicha tavsif
beradi: ”Istiora majozning bir nav‟idur. Haqiqat lafzni, o„z yasog„i, ya‟ni nimani
mo„ljallab yasag„on bo„lsalar o„shul ma‟noda qo„llamoqtin iborattur. Majoz lafzni
o„z yasog„idin o„zga ma‟noda yasog„u lafzu ushul ma‟no orasindag„i biror aloqa-yu
munosabatg„a asoslanaroq qo„llamoqtin iborattur, o„z yasog„ida tushunmakka moni‟
bo„lg„uchi jumladoshi keltirmak sharti bila. Masalan,
sher
derlar andin
yuraklig
kishini
ifoda etarlar.‟‟
Abdurauf Fitrat esa “Adabiyot qoidalari” nomli qo„llanmasida istioraga
quyidagicha tavsif beradi: “Bir so„zning o„z ma‟nosidan boshqa bir ma‟no uchun
ishlatilmakidir. Shul shart bilankim, u so„zning o„z ma‟nosi bilan yangi ma‟nosi
orasida bir turli o„xshashlik bo„lsun”. Anglashiladiki‚ istiorada muayyan so„z o„z
ma‟nosida emas, balki majoziy bir ma‟noda ifodalanadi va bunda so„zning o„z
ma‟nosi bilan ko„chma ma‟nosi o„zaro o„xshashlikka asoslanadi. Adabiyotshunos
olim A.Hojiahmedovning «She‟riy san‟atlar va mumtoz qofiya» asarida istiora
xususida quyidagilar yozilgan: «Istiora arabcha so„z bo„lib, «biron narsani omonatga
(vaqtincha) olmoq» degan ma‟noni ifodalab, adabiy asarda so„zni o„z ma‟nosidan
boshqa bir ma‟noda, aniqrog„i uni haqiqiy ma‟nosida emas, balki majoziy bir
ma‟noda qo„llash san‟ati sanaladi. Ko„pincha bu ikki ma‟no o„zaro o„xshashlikka
asoslanadi. SHu jihatdan istiora tashbih san‟atiga yaqin turadi. Istiora aksar hollarda
tashbihi kinoyaga, ya‟ni mushabbihi tushirilgan tashbihga teng keladi».
Aytilganidek‚ metafora usulidagi ma‟no ko„chishida narsa-hodisalar orasidagi
o„xshashlikka asoslaniladi. Metafora yashirin o„xshatishdir‚ unda o„xshatilayotgan
narsa tushirib qoldiriladi‚ o„xshayotgan narsa uning ma‟nosini bildiradi.
“Adabiyotshunoslik terminlari lug„ati” da o„xshatishga quyidagicha ta‟rif berilgan:
“narsa, hodisa yoki tushunchani ma‟lum umumiylikka, o„xshashlikka ega bo„lgan
boshqa narsa, hodisa yoki tushuncha bilan chog„ishtirishdir.” Metafora hamma vaqt
o„xshashlik asosida yuzaga kelsa ham, biroq u o„xshatishdan quyidagi jihatlari bilan
farq qiladi: a) o„xshatishda o„xshagan ham, o„xshatilgan ham ma‟lum grammatik
vositalar bilan birgalikda o„z ma‟nolarida qatnashadilar. Metaforada esa
o„xshatiluvchi narsa o„rnida o„xshatilganning o„zi ko„chma ma‟noda keladi; b)
o„xshatishda hamma vaqt ikki yoki uch komponent ishtirok etib, u xohlagancha
kengayishi mumkin bo„lsa, istiorada ko„chma ma‟no tashuvchi bir komponentgina
ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: