2020-yilda andijon tumani 53 -umumta’lim maktabida o’tagan amaliyot raxbari: X. R. Abduvaliyev andijo n


Mavzu: O‘zbekistonning urush girdobiga tortilishi. Ma’naviy va moddiy kuchlarning frontga safarbar etilishi



Download 483,5 Kb.
bet9/29
Sana06.01.2022
Hajmi483,5 Kb.
#323617
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
2020 amaliyot

Mavzu: O‘zbekistonning urush girdobiga tortilishi. Ma’naviy va moddiy kuchlarning frontga safarbar etilishi.

Reja:

  1. Urushning boshlanishi, sabablari va xarakteri

  1. 0’zbekistonning urush girdobiga tcniiish;

  2. Harbiy safarbarlik,mehna: sararbariig;

  3. O‘zbeklaming insoniy-ik fazilatlari

  4. Mudofaa fondi

Ikkinchi jahon urushi jahon tanishi, sabablari va rixida misli ko'rilmagan xarakteri rajada katta va dahshatli, butun insoniyat boshiga og'ir kulfatlami solgan urush bo'ldi. 1939-yil 1-sentabr kuni fashistlar Germaniyasi qo'shin-larining Polshaga bostirib kirishi bilan boshlangan bu urush 61 mamlakatni. Yer shari aholisining 80 foizini, ya'ni 1,7 milliard kishini o'z girdobiga tortdi. Ikkinchi jahon urushini yirik davlatlar o'rtasidagi ixtiloflar, tajovuzkor kuchlarning dunyoga hukmron b’lish uchun intilishlari keltirib chiqardi. Urushni asosiy bosqinchi davlatlar — fashistlar Germaniyasi va Italiyasi hamda Yaponiya boshladi. Ular orasida Germaniya uyushtiruvchi, yetakchi rol o'ynadi. Fashizm o'ta agressiv, o'ta urushqoq siyosiy kuch, siyosiy partiya sifatida Birinchi jahon urushi tugashi bilanoq Italiya va Germaniyada vujudga keladi. Fa-shistik kuchlami Birinchi jahon urushi yakunlaridan norozi bo'lgan, dunyoni qaytadan bo'lishga va dunyo-da hukmron bo'lishga intiluvchi yirik moliya-sanoat korxonalari egalari, harbiylar har tomonlama qo'llab-quvvatladilar. Fashistlar ikki jahon urushi o'rtasida o'tgan 20 yil davomida ildiz otib, kuchayib boradi va nihoyat Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda siyosiy hokimiyatni egallaydilar. Germaniya va Italiya fashistlari harbiy siyosiy ittifoq tuzib, boshqa mam-lakatlaming ichki ishlariga aralasha boshladilar. Shu tariqa G'arbda, Sharqda, O'rta Yer dengizida xavfli urush o'choqlari vujudga keladi.

Fashistlar bloki mamlakatlarining hukmron doira-lari o'zlarini „nasibasiz’ qoldirilgan deb hisoblardilar. Ular Birinchi jahon urushidagi mag'lubiyatdan, uning natijalaridan norozi edilar. Ular mavjud xalqaro mu-nosabatlami o'zgartirish, dunyoni qurolli kuch bilan qaytadan bo'lish maqsadida urushga tayyorlandilar. Ularga Angliya, Fransiya va AQSHdan iborat ik-kinchi guruh qarama-qarshi turardi. Birinchi jahon urushida yutib chiqqan bu mamlakatlar egallagan yer-larni saqlab qolishga, hukmron mavqeyini mustah-kamlashga va o'z raqobatchilarini yangidan zaiflash-tirishga intilardilar.Ikkinchi jahon urushining 1-davrida — 1939- yil 1-sentabrdan 1941-yil 22-iyungacha bo'lgan davrda fashistlar Germaniyasi G'arbiy va Markaziy Yevropada hukmronlikni qo'lga kiritdi. Germaniya va Italiya Yevropadagi 10 davlatni — Polsha, Chexoslovakiya, Yugoslaviya, Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg, Daniya, Norvegiya, Avstriya, Fransiyani bosib oldi. Millatlar ligasi harakatdan to'xtadi. Germaniya G'arbiy Yevropaning harbiy, iqtisodiy resurslarini qo'lga kiritgach, 1941-yil 22-iyun kuni hujum qilmaslik to'g'risidagi shartnomani buzib, urush e'lon qilmasdan SSSRga xoinona hujum boshladi. Fashistlarning maqsadi SSSRni bosib olish, boyligini talash, millionlab

kishilami qirish va qolganlarini qul qilish edi. Germaniyaning SSSRga qarshi olib borgan urushi xarakter jihatidan bosqinchilik, adolatsiz urush edi.

Germaniya bilan hamkorlikda uning ittifoqchi-lari — Italiya, Finlyandiya, Vengriya, Ruminiya, Bol-gariya ham SSSRga qarshi urushga kirdilar. Sovet hukumati 22-iyun kuni urushning bosh-lanishi munosabati bilan mamlakat xalqiga murojaat-noma ishlab chiqdi va u o'sha kuni radio orqali e'lon qilindi. Bu murojaatnoma xalqni g'alabaga erishish uchun mustahkam jipslashishga, uyushqoqlik va fidokorlik ko'rsatishga chaqirdi.Mamlakatda hokimiyat, iqtisodiyot, siyosiy va har-biy hayotga rahbarlik qilish 1941-yil 30-iyunda Stalin boshchiligida tuzilgan Davlat Mudofaa Qo'mitasi (DMQ) qo'lida to'la ravishda to'plandi. Uning qaror-lari, ko'rsatmalarini bajarish hamma tashkilotlar uchun majburiy edi.

Harbiy harakatlami boshqaruvchi Oliy Bosh Qo'mondonlik qarorgohi tuzildi va Stalin SSSR Qurolli kuchlarining Oliy Bosh qo'mondoni va SSSR Mudofaa xalq komissari qilib tayinlandi. Sovet rahbariyati tomonidan ko'rilgan bu tadbirlaming ijrosi hayotning barcha sohalarini harbiy izga tushirdi, mamlakatni yagona harbiy lagerga aylantirdi.

Urushnmg birinchi oyidayoq harbiy komissarliklarga 32 mingdan ko'p ishchilar, xizmatchilar, kolxozchilar, yoshlar o'zlarini frontga jo'natishni so'rab ariza berdilar. Barcha vilo-yat, shahar va tuman harbiy komissarlari harbiy xiz-mat majburiyatida bo'lganlami safarbar etish bilan shug'ullandilar. Urushning dastlabki oyidayoq yuz minglab vatandoshlarimiz qo'lga qurol olib frontga jo'nab ketdilar. O'rta Osiyo harbiy okrugi front uchun jangchilar va zobitlar tayyorlaydigan o'choqqa aylantirildi. Bu okrug 1941-yil iyunidan 1942-yil oxirigacha bo'lgan muddatda harbiy safarbarlik asosida 109 ta harbiy qo'shilma tuzdi, harakatdagi armiyaga va Oliy Bosh Qo'mondonlik qarorgohi zaxirasiga 86 diviziya va brigada jo'natdi. O'zbekiston hukumati va vatanparvar kuchlar milliy harbiy qo'shilmalar tuzish tashabbusi bilan chiqdilar. 1941-yil 13-noyabrdan 1942-yil martigacha bo'lgan davrda 14 ta milliy harbiy qo'shilmalar, jumladan, 9 ta o'qchi brigada, 5 ta otliq askarlar diviziyasi tuzilib frontga jo'natildi.

Milliy qo'shilma askarlari va zobitla-riga yaxshi harbiy ta'lim berishda, ular bilan frontni mustahkamlashda O'zbekistonda tuzilgan zaxiradagi 2’-o'qchi diviziya katta rol o'ynadi. Diviziyaning bosh-liqlari va zobitlari tarkibida 178 o'zbek o'g'loni faol xiz-mat qildi. Bu diviziya urush yillarida 390 ming kishidan ziyod jangovar kuchlar tayyorladi va frontga jo'natdi. 19’1-yilda O'zbekiston aholisi jami 6,5 million kishini tashkil etgan, ulaming yarmini bolalar va keksalar tashkil etgan bo'lsa, yaroqli odamlarimizning 50—60 foizi, aniqrog'i 1’33230 kishi umshga safarbar bo'lgan. O'zbek xalqi, keksalar, ota-onalar dahshatli sinov paytida o'z farzandlarini frontga jo'natar ekan, ularga mard va botir askar bo'l, qahramonlarcha jang qil, g'alaba bilan qayt, deb nasihat qilib qolardilar. Mehnat safarbarligi tashkilotlari front orqasini mustahkamlash, xo'jalikni harbiy izga tushirish, ko'plab jangovar texnika, qurol-aslaha, o'q-dorilar ish-lab chiqishni yo'lga qo'yish bo'yicha shoshilinch tad-birlami amalga oshirdilar. Bu sohadagi ishlarga VKP(b) MQ va Davlat Mudofaa Qo'mitasi topshirig'iga binoan ishlab chiqilgan va 16-avgustda tasdiqlangan 1941-yil 4-kvartali va 1942-yil uchun harbiy xo'jalik ishlar rejasi asos bo'lib xizmat qildi.Urushning dastlabki paytlaridayoq 20 mingga yaqin toshkentlik xotin-qizlar sanoat korxonalari va qurilishlarda, 1700 ga yaqin respublika xotin-qizlari ko'mir koni shaxta-larida ishlashga yo'l oldilar. Jumladan, 1941-yil iyul oyidan „Tashselmash’ zavodida 220 xotin-qizlar frontga ketgan otalari, akalari va erlarining o'rniga ishga kirib fidokorona mehnat qildilar. Ishlab chiqarishni ishchi va mutaxassislar bilan ta'minlash choralari ko'rildi.

Respubiika oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari, hunar- texnika bilim yurtlari, fabrika-zavod ta'limi maktablarining faoliyati urush davri talablariga mos kadrlar tayyorlashga yo'naltiril-di.

Fashistlar tomonidan yondirilgan, vayron qilingan shaharlar va qishloqlar- ning aholisi, otalari urushning dastlabki kunlarida halok bo'lgan bolalar, million- million kishilar ulkan yurtimizga oqib kela boshladi. Kishilik tarixida ko'lami jihatidan bunday katta voqea birinchi marta sodir bo'ldi. O'zbekistonga 100 ga yaqin sanoat kor-xonasi, jumladan, 48 ta mashinasozlik, metall ishlash, kimyo va boshqa harbiy texnika va mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik zavodlaming asbob- uskunalari ko'chirib keltirildi.

O'zbeklar ko'chirib keltirilgan ota-onasiz yosh bolalarga alohida g'amxo'rlik qildilar, 200000 dan ko'proq yetim bolalarni o'z bag'riga oldilar.O'zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti qoshi-da bolalarga yordam ko'rsatish bo'yicha maxsus komissiya tuzildi, uning ishida 30 ta xotin-qizlar faoliyat ko'rsatdi. O'zbekiston Xalq maorifi komis-sarligi tashabbusi bilan bolalarni qabul qilish-taqsim-lash markazi tuzildi.


Respublikamizning barcha vilo-yatlari, shahar va tumanlarida bolalarni qabul qilish punktlari ochildi, ularda o'qituvchilar kecha-yu kun-duz navbatchilik qildilar. Militsiya bo'limlari qoshida 30 dan ortiq bolalar xonalari tashkil etildi. Ko'chirib keltirilgan bolalar turlicha yoshda edilar. 15 yoshgacha bo'lgan bolalar bolalar uylari, maktab-intematlarga joylashtirilib, ularda o'quv- tarbiya ishlari yo'lga qo'yildi. Fabrika-zavod ta'limi maktablari, hunar va temiryo'l bilim yurtlarining sobiq sinflar i o'qishni davom ettirishi uchun respublika zavod- fab-rika ta'limi maktablarida o'qishga jalb etildi. 15 yosh-dan katta bo'lgan bolalar esa ishlab chiqarishga, ishga joylashtirildi. Murojaatda yetim bolalarni o'z tarbiyasiga olishga da'vat etiladi. Ko'plab oilalar boqimsiz qolgan bolalarni o'zlariga farzandlikka oldilar, topgan-tutgan-larini ular bilan baham ko'rdilar. O'zbekiston rahbar-laridan Usmon Yusupov va Yo'ldosh Oxunboboyevlar oilasi ham yetim bolalarni o'z tarbiyasiga oldilar. Turli millatlarga mansub bo'lgan 14 bolani farzand-likka olgan toshkentlik temirchi usta Shoahmad Shomahmudov va uning xotini Bahri Akramovalar oilasi yuksak insoniylik fazilatlarini ko'rsatib ko'pchilikka ibrat bo'ldi. Urushdan nogiron bo'lib qaytib kelgan kattaqo'rg'onlik Hamid Samatovlar oilasi 13 bolani, samarqandlik kolxozchi ayol Fotima Qosimovalar oilasi 10 bolani o'z quchog'iga olib, mehr qo'ri bilan ulaming qalbini isitdi, dilini yoritdi. Agar 1941-yilda shu maqsadda 385,5 gektar yer ajratilgan bo'lsa, 1943-yilga kelib ajratilgan yerlar maydoni 656 gektarni tashkil etardi. 1942- yilda 1513 mehnat jamoalari, shu jumladan, 750 korxona, kolxoz va sovxozlar gospitallami otaliqqa olib, ulami yoqilg'i, oziq-ovqat va boshqa qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan ta'minlab turdilar. Xullas, umshning dastlabki yiliyoq O'zbekistonning butun moddiy va ma'naviy kuchlari g'alaba uchun safarbar etildi, hayot harbiy izga tushirildi, xalq Vatan himoyasiga otlandi.




Download 483,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish