2020-yilda andijon tumani 53 -umumta’lim maktabida o’tagan amaliyot raxbari: X. R. Abduvaliyev andijo n



Download 483,5 Kb.
bet14/29
Sana06.01.2022
Hajmi483,5 Kb.
#323617
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Bog'liq
2020 amaliyot

O‘qituvchi: ____________________ ___________________________________

(imzo) (F.I.SH)

Ochiq dars konspekt Mavzusi: O‘zbekiston sanoati va qishloq xo’jaligi front xizmatida

Reja:

  1. O‘zbekiston sanoati

  2. Transport

  3. Aloqa vositalari

  4. O‘zbekiston qishloq xo’jaligi

  5. Aholi turmushi

Urush respublika sanoat tarmoqlarining yo'nalishini ham, sanoat xodimlarining ishini ham tubdan o'zgartirdi. Korxonalarda yangi mehnat rejimi joriy qilindi,ish kuni uzaytirildi, ishdan keyin qolib ishlash joriy etildi, mehnat ta'tillari, dam olish kunlari bekor qilindi.Sanoat korxonalari qisqa vaqt ichida harbiy izga solinib, minomyot va avtomatlar, samolyot va tanklar uchun ehtiyot qismlari va boshqa harbiy qurollar ishlab chiqara boshladilar. Qishloq xo'jalik mashinalari ishlab chiqarayotgan Toshkent qishloq xo'jalik mashinasozligi zavodi harbiy qurollar ishlab chiqara boshladi. Andijondagi „Kommunar’, „Stroymashina’ zavodlarida samolyot va tanklarga kerakli mahsulotlar, Qo'qon shahridagi Oxunboboyev nomli tikuvchilik fabrikasi harbiy kiyimlar ishlab chiqaradigan bo'ldi. 1941-yil dekabrigacha Toshkentdagi 137 sanoat korxonalarining 64 tasi qurol-yarog'lar, front uchunzarur mahsulotlar ishlab chiqarishga kirishdi. Respublika bo'yicha 1941 yil oxirlariga kelib 300 ta sanoat korxonasi faqat harbiy mahsulot bera boshladi.

O'zbekiston sanoatchilari korxonalami harbiy izga tushirishdek ishlarni ko'chirib keltirilgan korxonalami joylashtirish va ishga tushirishdek yanada og'irroq ish-lar bilan qo'shib olib bordilar. O'zbekiston rahbari Usmon Yusupovning „O'zbekiston — bu front orqasi emas, O'zbekiston — jang maydoni’, degan so'zlarida jon bor edi.



  1. yil 5—7-dekabr kunlari bo'lib o'tgan O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining V plenumida respublika sanoatini harbiy izga solish, ko'chirib keltirilgan asbob-uskunalarni joylashtirish sohasidagi ishlarga yakun yasalib, korxonalarda qurol-yarog'laming muhim turlari — samo-lyotlar, tanklar, bronepoyezdlar, aviabombalar, to'p va zambaraklar, granatalar, minalar, snaryadlar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish vazifasi ilgari surildi. Buning uchun yetarli darajada metall qirquvchi stanoklar va aniq o'lchovchi uskunalar ishlab chiqishni tashkil etish, nodir metallar qazib olishni kuchaytirish hamda qora va rangli metallurgiya sanoatini yaratish, elektr energetika bazasini kengaytirish, neft qazib olishni 2— 3 barobar oshirish, ko'mir qazib olishni kuchaytirish, yirik qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, qisqa muddatda 30 ming malakali ishchilar tayyorlash tadbirlari belgilandi.Ko'chirib keltirilgan korxonalar tarixda misli ko'ril-magan qisqa muddatlarda 4—5 oyda, ayrimlari hatto 1—2 oy davomida qurib bitkazilib, front uchun harbiy mahsulotlar bera boshladilar. Ulaming eng yiriklari Chkalov nomli 84-aviatsiya zavodi, Moskva kabel zavodi, Xarkov elektrostanok zavodi, ko'tarma kranlar zavodi, Rostovdan keltirilgan „Krasniy Aksay’, Sulsk nasos zavodi, Vagon-remont zavodi, „Krasniy put”zavodi, Kiyev „Transsignal” zavodi va bosh-qalar edi. Bu korxonalaming har biri o'rta hisobda 20 foizgacha ishchi va injener-texnik xodimlar bilangina keltirilgan edi. Qolgan 80 foizi respublikamizning fab-rika-zavod ta'limi maktablarida, turli kurslarda tayyor-langan ishchi va texnik xodimlar bilan ta'minlandi.

  2. Harbiy izga tushirilgan respublikamiz korxonalari ham anchagina kengaytirildi. „Tashselmash’ zavodi, boshqa korxonalardan keltirilgan 438 stanok, 200 dan ortiq yuqori malakali ishchilar hisobiga kengaydi. Qodirov, Hakimov, Yusupov, Ismoilov va boshqa ustalar kunlik normalarini 200—300 foizga oshirib bajardilar. 1942-yil 18-noyabrda VKP(b) MQ va SSSR Xalq Komissarlar Soveti „O'zbekiston SSRda beshta gidroelektrostansiya qurilishi to'g'risida’ qaror qabul qildi. O'zbekistonda metallurgiya zavodi qurish, ko'mir va neft qazib olishni ko'paytirish tadbirlari ham belgilandi.

O'zbekistonda yangi sanoat korxonalari va energetika tarmoqlari qurilishi uchun 1 milliard so'm ajratildi. 1943-yilda O'zbekistonning eng yirik gidroelek-trostansiyasi — Farhod GESi qurilishi boshlandi, qurilish zarur materiallar va ishchi kuchi bilan ta'min­landi. Farhod qurilishi umumxalq qurilishiga aylandi,10 oylik fidokorona mehnat natijasida Sirdaryo jilovlandi.Urush yillarida Bo'zsuv daryosi o'zanlarida Tovoqsoy, Oqqovoq, Salor, Quyibo'zsuv, Oqtepa, Qibray GESlari, Samarqand viloyatida Taligulyan GESi, 30 ga yaqin kichik kolxoz GESlari qurilib ishga tushirildi. O'zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish qariyb 2,5 baravarga, ya'ni 1940-yilda 4482 mln kilovatt soatdan 1945-yilda 1187 mln kilovatt-soatga ko'paydi. 1940-yilda O'zbekistonda atigi 34,4 ming tonna ko'mir qazib olingan bo'lsa, 1945-yilda 103 ming tonna ko'mir qazib olindi. Natijada respublikada sanoatning yangi tar-mog' ko'mir sanoati barpo qilindi.Urush yillarida Chuqurlangar, Tolmozor, Nayman, Shahrixon, Xo'jaobod, Janubiy Olamushuk va boshqa yangi neft konlari ishga tushirildi. Neft tozalash zavodi, ozokerit ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Geologik-qidiruv ishlari natijasida ko'plab qora va rangli metall konlari ochildi. Urush yillaridayoq Langar, Ingichka, Qo'ytosh, G'ortepa, Olmaliq rangli metall konlari, Oqtosh boksit konini o'zlashtirish ishlari boshlanib ketdi. Ulardan qazib olingan volfram, molibden, mis, alyumin va boshqa mahsulotlami qayta ishlash korxonalari qurildi.



  1. Kimyo sanoati rivojlandi. 1944-yil yanvaridayoq Gorkiy va Stalinogorsk kimyo kombinatlaridan ko'chirib keltirilgan uskunalar asosida qurilgan Chirchiq elektrokimyo kombinatining ikkinchi navbati muhim kimyo mahsuloti ammiak ishlab chiqara boshladi. 1943-yilda Quvasoy kimyo zavodi, Qo'qon superfosfat zavodi, Farg'ona gidroliz zavodi qurilib ishga tushiril-di. Kimyo sanoati mahsulotlari salmog'i 1940-yilga nisbatan 1945-yilda 6,1 baravarga ko'paydi.

  2. Urushda g'alabaga erishish transport ishi bilan bog'liq edi. 1943-yil 25- yanvarda „Toshkent temiryo'li ishi to'g'risida’ maxsus qaror qabul qilindi. Temiryo'l har-biy holatga o'tkazildi, unda ishlovchilar safarbar etil-gan deb hisoblandi, harbiy xizmatchilar kabi qattiq intizomga rioya etish majbur qilib qo'yildi. Poyezdlar harakatining qo'shinlar va harbiy yuklami birinchi navbatda o'tkazib yuborishni ko'zda tutuvchi harbiy grafik joriy etildi. Toshkent temiryo'l transportchilari ko'chirib keltirilayotgan korxonalaming asbob-usku-nalarini va millionlab kishilami G'arbdan Sharqqa, jangovar texnika va qurol-yarog'larni Sharqdan G'arb-ga o'z vaqtida to'xtovsiz o'tkazib turish topshirig'ini bajardilar. Faqat 1941—1942-yillarda O'zbekiston temiryo'lchilari 2700 sostavdagi passajir poyezdlarini, ko'chirilgan korxonalaming asbob-uskunalari ortilgan 17600 vagonlami mo'ljalga yetkazishdi, o'q-dorilar, yoqilg'i, oziq-ovqat, kiyim-kechaklar ortilgan minglab vagonlami frontga yetkazishdi.

Agar 1941-yilda o'rta hisobda bitta pochta xodimi to-monidan 50 ming xat- xabarlar jo'natilgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 1942-yilda 74,5 mingga, 1943-yilda — 77.6 mingga yetdi. Pochta xodimlari frontdagi jangchilar bilan ularning ota- onalari, rafiqalari, qarindoshlari o'rtasida aloqa bog'lovchi ko'prik rolini bajardilar

Eng kam miqdordagi majburiy mehnat kunlari 1,5 baravarga oshirildi, o'smirlar uchun ham 12 yoshdan boshlab mehnat kunlari belgilandi. Belgilangan miqdordagi mehnat kunlarini bajarish majburiy qilib qo'yildi. Urush yillarida respublika dehqonchiligining struk-turasi keskin o'zgardi. Kattaqo'rg'on, Kosonsoy, Rudasoy suv omborlari, Yuqori Chirchiq, Shimoliy Farg'ona, So'x-Shohimardon, Uchqo'r-g'on kanallari qurildi. Natijada respublikaning sug'oriladi-gan yer maydonlari 454,7 ming gektarga kengaydi. Usmon Yusupov O'zKP(b) MQning 1941-yil dekabrida o'tgan V plenumida O'zbekistonda g'alla masalasini hal qilish, o'zimizni o'zimiz un-non bilan ta'minlashimiz kerak, degan vazifani ilgari surdi.



  1. yildayoq 65 ming gektarga, keyingi yillarda 70 ming gektardan ortiqroq hosildor yerlarga qand lavlavgi ekildi. Jizzax, Pastdarg'om tumanlarida har gektardan 400— 800 sentnerdan lavlagi hosili olindi. Qand lavlagini qayta ishlash, shakar, qand ishlab chi-qarish uchun Zirabuloq, Qo'qon, Yangiyo'l qand zavodlari qurildi. Respublika bo'yicha 1944-yilda davlatga 1 mln 373 ming so'mlik, 1945-yilda 1 mln 646 ming so'mlik qand lavlagi topshirildi. Urush yillarida O'zbekiston butun Ittifoqda ish-lab chiqarilgan qandning to'rtdan bir qismini berdi.

Respublikamiz qishloq xo'jaligi xodimlari urush yillarida davlatga 1262 ming tonna don, 54,1 ming tonna pilla, 482 ming tonna kartoshka va sabzavot,

  1. ming tonna meva va uzum, 36 ming tonna quruq meva, 159 ming tonna go'sht, 22,3 ming tonna jun yetkazib berdilar. Urush yillarida ham paxtachilik qishloq xo'jaligi-ning muhim sohasi bo'lib qoldi. Paxtakorlar jonbozlik bilan ishlaganlariga qaramay, 1942—1943-yillarda paxta tayyorlash rejasi bajarilmay qoldi. Davlatga 1 ming tonna paxta kam topshirildi. Bunga bir qator obyektiv holatlar sabab bo'ldi: paxta ekiladigan may-donlar 1941—1943-yillarda 927650 gektardan 625343 gektarga kamaydi; mexanizatsiya vositalari yetishmas-di; mineral o'g'itlar, yoqilg'i kamaygan edi; yemi hay-dash, chopiq, sug'orish, irrigatsiya tarmoqlarini toza-lash ishlarini o'z vaqtida muntazam olib borish uchun ishchi kuchi yetishmasligidan paxta yetishtirish agro-texnikasi yomonlashgan edi.

Kolxoz va sovxozlar jang-chilaming oilalariga oziq-ovqat, ekin ekish uchun yer ajratib berardi. Mamlakat ichkarisida umsh yillarida mehnat qilgan yuz minglab vatandoshlarimiz chekkan zahmatlami, keksa-yu yosh akalarimiz, opa- singillarimiz qish qahratonida diy-dirab, saraton olovida yonib, o'zi yemasdan, o'zi kiymasdan topgan nasibasini frontga jo'natganini, azob-uqubatlar chekib, fidoyilik ko'rsatganini esdan chiqarib bo'ladimi?!

“TASDIQLAYMAN” “KELISHILDI”

Maktab direktori: MMIBD’

_______________ _______________

“___”______20____ yil “___”______20____ yil

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR REJASI






Download 483,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish