3.2. Magnoliyatoifa – Magnoliophyta, yopiq urug‘li - Angiospermae yoki gulli o‘simlikIar - Anthophyta bo`limi va Magnoliyasimonlar - Magnoliopsida yoki ikki urug‘pallalilar -Dicotyledones sinfi (ajdodi) haqida ma`lumot.
Gulli o’simliklаr yoki yopiq urug’li o’simliklаr, o’simliklаr dunyosining eng yosh vа kеng tаrqаlgаn guruhi bo’lib hоzirgi gеоlоgik dаvrining hukmrоn o’simligi hisоblаnаdi. Ulаrning tuzilishi nihоyatdа хilmа-хilligi, turlаrning ko’pligi, kishilаr vа hayvоnlаr hаyotidа tutgаn o’rni bilаn o’simliklаrning bоshqа guruhlаridаn kеskin fаrq qilаdi.
Magnoliyasimonlar - Magnoliopsida yoki ikki urug‘pallalilar –Dicotyledones sinfi (ajdodi).
Magnoliyasimonlar sinfi (ajdodi) taksonlarga boyligi bilan
Alohida o ‘rinda turadi. U 8 ta sinf (ajdod)cha, 128 ta qabila, 429 ta oila, 10000 turkum va taxminan 190000 turni o‘z ichiga oladi.
Ikki urug‘pallalilar quyidagi sinfcha (ajdodcha) larga bo‘linadi:
1. Magnoliyakabilar - Magnoliidae.
2.Ayiqtovonkabilar - Ranuncididae.
3. Chinnigulkabilar - Caryophyllidae,
4.Temirdaraxtkabilar - Hamamelididae.
5.Dilleniyakabilar - Dilleniidae.
6.Ra’nokabilar - Rosidae.
7.Yalpizkabilar(Iabgullilar) - Lamiidae.
8.Qoqio‘tkabilar (murakkabgutlilar) - Astyeridae.
Magnoliyakabilar-Magno/Kfoe sinfcha (ajdodcha)si, Magnoliyanamolar - Magnoliales qabilasi. Bu qabilaga 3 ta oila kiradi:
degeneriyadosh 1 ar, magnoliyadoshlar va ximantradoshlar. Yopiq urag'lilar yuksak o ‘simliklarning boshqa toifalariga Nisbatan yaxshi rivojlangan va moslashuvchandir. Bulardagi keskin farq gul tuzilishi, ko‘payish organlari strukturasining xususiyatlari va jinsiy jarayonning kechishiga bog‘liq. Yopiq urug'lilar murakkab tuzilishi, tashqi muhitga yaxshi moslashishi, xilma-xiliigi, turlaming ko‘pligi, tabiatda inson hayotida tutgan o ‘rni jihatidan yer yuzida birinchi o‘rinda turadi. Yopiq urug‘lilar mezazoy erasining bo‘r davrida paydo bo‘lib, atrofga tez tarqalgan. Shu davrning boshlarida qurg‘oqchilikning kuchayishi, tuproqning isishi bilan yopiq urug‘lilar bunday o‘zgarishga moslashib borganlar. Yopiq urug‘lilarning xarakterli belgilaridan biri - mevasidir. Meva maxsus organ bo‘lib, gulning urug‘chisidan yetishadi. Barcha urug‘li o‘simliklar urug‘-kurtakka ega. Yopiq urug'lilaming urug‘kurtaklari urug'chi tugunchasining ichiga yashiringanligi uchun tashqi muhitga yaxshi moslashgan. Urug‘chi - gulli o‘simliklarda evolutsiya jarayonida kelib chiqqan bir yoki bir necha megasporofillaming chetlari bilan birikib o‘sishdan hosil bo‘lgandir (mevachabarglarining qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘ladi). Urug‘kurtak urug'chi tugunchasining ichida joylashadi. Changlariish va urug‘Ianish jarayonidan keyin urug‘chining tugunchasidan meva hosil bo‘ladi. Urug‘kurtak urug‘ga aylanadi. Urug‘kurtak mag‘zi - nutsellus deyiladi. Nutsellusning muhim strukturaviy xususiyatlaridan biri - ularda maxsus himoya qobig'i - integument (urug'kurtak qobig‘i) ning hosil bo‘lishidir.
Yopiq urugislar gulli o ‘simliklar dunyosida muhim o'rinni egallab, hozirgi vaqtda ular 533 oila, 13000 turkum va 250000, hatto 300 000 tagacha turni o‘z ichiga oladi. Demak, gulli o‘simliklar-hamma tuban. va sporali yuksak o‘simliklar qo‘shib hisoblanganda ham ustunlik qilar ekan. Yer yuzining deyarli hamma hududlarida о ‘sib, o'simliklar qoplamida muhim rol o ‘ynaydi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzida tuban va yuksak o‘simlikIaming 50 mingga yaqin turi o‘sadi. 0 ‘rta Osiyoda yuksak o‘simliklarning 8000 dan ziyod, 0 ‘zbekistonda 4500 turi uchraydi.
Yopiq gulli o‘simliklar boshqa o‘simliklarga qaraganda tashqi muhit sharoitiga yaxshi moslashganligi sababli ularda reproduktiv (hosil) va vegetativ organlar yaxshi rivojlangan. Urug‘kurtaklari mevacha barglari bilan qoplangan. Shuning uchun ham gulli o‘simliklar yopiq urug‘li o‘simliklar deyiladi. Ularning urug'i tashqi tomondan meva bilan o‘ralib turganligi uchun noqulay sharoitdan,
ya’ni qurib qolishdan, hayvonlar va harorat ta’siridan himoya qiladi. Eng qadimgi gulli o‘simliklar hasharotlar, shamol yordamida changlanadi. Gulli o'simliklar hayotida tugunchaning roli muhim hisoblanadi. Tuguncha - mevachabarglaming qo‘shilib o‘sishi natijasida hosil bo‘lib, undan meva hosil bo‘ladi. Yopiq urug`lilar ozuqani vegetativ organlardan qabul qiladi. Yopiq urug‘lilarda gametofit ochiq urug‘lilarga qaraganda ko‘proq reduksiyalanadi.
Yopiq urug‘li o'simliklar uchun xos bo'lgan muhim belgilardan yana biri – bu qo‘sh urug‘lanishning sodir bo‘lishi, ya’ni qo‘sh urug‘lanish (otalanish) natijasida 2 ta zigota hosil bo'lib, ulardan biri rivojlanib, deyarli bir vaqtda murtak (embrion) va ikkinchisi endosperm vujudga keladi.
Qo‘sh urugianishda ikkita otalik gametalar ikkita onalik gametalar bilan qo‘shiladi. Murtakni oziqlantiruvchi to‘qima endosperm oziq moddaga boy bo‘lgan to'qima hisoblanadi.
Gulli o‘simliklarning har xil sharoitga moslashib o‘sishi va hozirgi geologik davrning hukmron o'simligi bo‘lib qolishi sabablaridan biri ham murtakni to‘qimadan tashkil topgan endosperm bilan oziqlanishidir. Gulli o‘simliklar 2 ta sinfga, bir va ikkipallalilarga bolinadi.
Magnoliyatoifa o'simliklar - hozir yer yuzida o‘simliklar orasida ustunlik qilayotgan eng katta bo‘lim. Ular bir qancha aniq belgilari bilan o ‘simliklar dunyosining boshqa vakillaridan farq qiladi.
1. Yopiq urugiilaming urug‘i meva ichida bo‘ladi, shuning uchun bu o'simliklar “yopiq urug'lilar” deb ataladi.
2.Gullari changchi va urug‘chidan tashkil topgan. Gullari juda ham xilma-xil shaklda boiadi. Gulqo‘rg‘oni bor.
3.Changlanishi hamda urug‘ va mevalaming tarqalishi turli usullar - shamol, hasharotlar, qushlar, suv orqali amalga oshadi. Magnoliyadoshlar - Magnolictceae oiiasi. Oilaning 12 turkumga oid 240 ga yaqin turi mavjud. Ular hayot shakliga ko‘ra daraxt, butalardan iborat.
Oilada doimo yashil hamda barglari to‘kiluvchi magnoliya turlari ham bor. Janubiy Amerikada o‘suvchi magnoliyalar doimo yashil, Janubiy Osiyoda esa bargini to‘kadi. Bu oilaning magnoliya-Magnoliya grandiflora va lola daraxti Z/ft'odendron tulipijyera turlari 0‘zbekistonda, Markaziy Osiyo, Kavkazda manzarali daraxt sifatida o‘stiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |