57
xonadan chiqib ketgunga qadar to‘xtatib turadi. Bunday qurilmalarning moxiyati to‘siq vositalarini
o‘rnatgandajuda qo‘l keladi. Masalan, aylanuvchi baraban atrofi to‘siq bilan to‘silgan bo‘lsin. Agar
blokirovka qurilmasi o‘rnatilmagan bo‘lsa, bunday to‘siq vositalarini olib tashlab xavfli zonaga kirib
ish bajarish natijasida odam xavfli zonada jaroxat olishi muqarrar bo‘lib qoladi. Agar shu to‘siq
vositalarini ajraluvchi va ochiluvchi qismlariga blokirovka qurilmasini o‘rnatsak bu xavf o‘z -o‘zidan
yo‘qoladi. CHunki aylanuvchi yoki xarakatlanuvchi qismni xarakatga keltirayotgan elektr quvvati
mana shu ajraluvchi qismlar orqali o‘tadigan qilib qo‘ysak bu masala o‘z-o‘zidan echiladi. Buning
uchun ajraluvchi yoki ochiluvchi qism oralig‘iga, ochilganda yoki ajralganda o‘chib qolishni
ta’minlaydigan knopka qo‘yish kifoya. Agar biz biror ish bilan bu to‘siqni olib ichkariga kirsak,
baraban to‘xtagan bo‘ladi. To biz bu to‘siqni yopib qo‘ygunimizga qadar bu barabanni xarakatga
keltirish imkoniyati yo‘q.
Ishlash moxiyatiga asosan blokirovkalar mexanikaga asoslanib ishlaydigan, elektr toki
ta’sirida xarakatga keladigan, fotoelektr tizimi, radiatsiyali, gidravlikaga va pnevmatikaga asoslangan
va bulardan ikkitasining qo‘shilmasidan tashkil topgan turlari bor.
Mexanik blokirovka bu mashinani ishga tushirish qurilmasi bilan uning muxofaza qopqog‘i
orasidagi uzviy bog‘lanishga asoslangan bo‘ladi. Elektr toki ta’sirida xarakatga keladigan
blokirovkalarni xar qanday elektr sistemalarida va mashinasozlik texnologik jarayonlarida qo‘llash
imkoniyatlari mavjud. Masalan xar qanday to‘siq qopqog‘ini oxirgi o‘chirish tizimi bilan
birlashtirilgan xolati, agar qopqoq ochilganda yoki olib qo‘yilganda oxirgi o‘chirish tizimi tomonidan
elektr motoriga kelayotgan tokni o‘chirib qo‘yishga asoslangan. Agar qopqoq butunlay yopilmasa
yoki noto‘g‘ri yopilsa, unda elektr motoriga tok o‘tishi ta’minlanmaydi va faqat to‘g‘rilab
yopilgandagina tok o‘tishi ta’minlanadi.
Fotoelektr xususiyatiga ko‘ra ishlaydigan blokirovka tizimi ning ishlashi asosida yorug‘lik
nurining elektr yurituvchi kuch xosil qilishiga asoslangan. Masalan ma’lum maydonda press
qurilmasi ishlatilayapti deb faraz qilaylik. Albatta press bosqoni ishlaydigan joy bu mashinaning eng
xavfli joyi xisoblanadi. Aytaylik press bosqoni o‘rnatilgan tayanchlardan biriga ma’lum bir quvvat
bilan nur oqimi xosil qiluvchi manba o‘rnatilgan bo‘lsin. Press bosqoni tayanchining ikkinchisiga
xuddi shu nurni qabul qilib olish uchun fotoelement ma’lum miqdorda elektr yurituvchi kuchi xosil
qiladi. Bu elektr yurituvchi kuch ma’lum kuchaytirgichlar orqali press bosqonini to‘xtatish
qurilmasiga ulab qo‘yilgan bo‘lsa, unda o‘sha tayanchlar orasiga tushib qolgan odam, yoki uning
ma’lum bir qismi nur oqimini to‘sib soya xosil qilsa, unda fotoelementda xosil bo‘layotgan elektr
yurituvchi kuch xosil bo‘lmay qoladi va buning natijasida bosqon to‘xtatish vositasi ishga tushadi va
uni juda tez muddatda to‘xtatib qo‘yadi. Bunday vositalar yordamida stanoklarning qirqadigan
qismlarini, qayishli va zanjirli uzatmalarni, tishli g‘ildiraklarni qopqoqlarini jixozlash mumkin.
Qopqoqlar olinishi bilan bunday uzatmalarda xarakat to‘xtaydi va qopqoqni joyiga qo‘ymaguncha
uni xarakatga keltirish imkoniyati yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: