2020 Domuladjanov Ibragimjon



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/115
Sana08.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#333835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
XFX ma'ruzala matni 777

3 -  MAVZU MA’RUZASI 
DAVLAT NAZORAT ORGANLARI 
Mexnatni muxofaza qilish qoidalari va normalari shuningdek mexnat qilish qonuniyatlarini 
bajarilishini ta’minlash uchun umumiy va maxsus davlat nazorat tashkilotlari tashkil qilingan.  
Xamma  vazirliklar  birlashmalar  kuzatishning  oliy  maxkamasi  O‘zbekiston  Respublika  
prokuraturasi  xisoblanadi. Prokuratura maxkamalari qonuniyatning buzilmasligining oliy nazoratini 
reja  bilan  mexnatkaщlarning  arzi  asosida  yoki  korxona  va  ayrim  shaxslarning  signallari  asosida 
mexnatni muxofaza qilish talablarini bajarilayotganligini tekshirish yo‘li bilan amalga oshiradilar.  
Prokuratura  umumiy  nazorat  tartibida  tekshirish  natijalaridan  sanoat  korxonalari  raxbar 
xodimlarini tezda bartaraf qilishni talab qiladi, raxbar xodimlarga murojaat qiladi. Agar jinoyat sodir 
bo‘lganligi aniqlansa(xavfsizlik texnikasi qoidasi jinoiy buzilgan bo‘lsa), raxbar xodimlarni jinoiy 
javobgarlikka tortadi. Prokuratura o‘lim bilan tugagan, oog‘ir va gruppa (bir necha kishi)bilan baxtsiz 
xodisaga uchragan xolatlarni mustaqil tekshirish o‘tkazadi.  
Mexnat  qonuniyatlari  buzilmasligining  umumiy    nazoratini  mexnatkashlar  deputatlari 
kengashi va ularning ijroiya komitetlari 
xam amalga oshiradi.  
Mexnatni muxofaza qilishning maxsus Davlat nazorati tashkilotlariga qo‘ydagichlar kiradi: 
1. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi; 
2. Sanitar nazorati 
3.Energetika nazorati 
 
4. YOng‘inga qarshi kurash nazorati; 
6. Jamoat nazorati; 
Kasaba  uyushmasining  nazorati.  Xar  bir  sanoat  korxonasiga  kasab  uyuщmasining  texnik 
nazoratgisi biriktirib qo‘yilgan. U korxonada mexnatni muxofaza qilish masalalarini kuzatib turuvchi 
davlat  nazoratchisi  xisoblanadi.  Uning  asosiy  vazifalari  qatoriga  baxtsiz  xodisalarni  tekshirish  va 
xisobga olishni korxona ma’muriyati tomonidan to‘g‘ri olib borilayotgandigini kuzatib borish, o‘lim 
bilan  tugagan,  xamda  og‘ir  va  gruppa  bilan  baxtsiz  xodisaga  uchragan  xollarni  tekshirishga 
qatnashadi  va  tekshirish  materiallari  bo‘yicha  baxtsiz  xodisaga  aybdor  bo‘lganlar  xaqidagi 
ma’lumotlarni, aybdorlarni jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida tekshirish organlariga jo‘natadi. 
Kasaba uyushmasining texnik nazoratgisi  yangi uskunalarni va  yangi korxonalarni qabul qilish va 
foydalanish  uchun  topshirish  davlat  qabul  komissiyasining  a’zosi  xisoblanadi.  SHuningdek  u 
mexnatni muxofaza qilish nomenklatura chora-tadbirlarini amalga oshirilishini kuzatib boradi.  
O‘zbekiston Respublikasining sanoatda xavfsiz ish olib borish nazorati va kon nazorati Davlat 
Qo‘mitasi (Gosgortexnadzor).  
Gosgortexnadzor kon ma’dan sanoati, neft qazib chiqarish, metallurgiya, geologiya-qidiruv 
nazoratidan tashqari, 70 kpa (0, 7 atm) dan ortiq bosimda ishlaydigan bug‘ qozonlari va idishlarni, 
115_5oS dan ortiq xaroratga ega bo‘lgan suv isitish qozonlari, bug‘ va issiq suv o‘tkazish quvirlari, 
yuk ko‘tarish kranlari, liftlar, eskalatorlar, osma yo‘llar ishlarini nazorat qiladi qiladi. SHuningdek 
ular qozon va ko‘tarish qurilmalarini xisobga oladi, foydalanish uchun ruxsat beradi, texnik jixatdan 
xizmatga yaroqli ekanini tasdiqlaydi.  
Respublika  gosgortexnadzor  tashkilotlari  kapital  qurilish  korxonalarini  va  yangi  sanoat 
uskunalarini qabul qilish va foydalanish uchun topshirishda davlat komissiyasi qatorida qatnashadi.  


 

Nazorat olib borayotgan korxonada yuz bergan o‘lim bilan tugagan, og‘ir va gruppa bilan bz 
bergan baxtsiz xodisalarni tekshirishda qatnashadi.  
Sanitar  nazorati.  Davlat  sanitar  nazorati  O‘zbekiston  Respublikasi  sog‘likni  saqlash  vazir 
sanitar-epidemiologiya xizmatlari orqali amalga oshiriladi. Sanitar nazoratining asosiy vazifasi tashki 
muxitni(suv xavzalari, tuproq, atmosfera) sanoat chiqindilari bilan iflosmanmasligini kuzatib boradi, 
shuningdek  sanoat  korxonalarining  sanitar-gigienik  xolatini  va  kasb  kasalliklarining  kelib 
chiqmasligi chora-tadbirlarini amalga oshiradi.  
SES xodimlari kapital qurilish muassalarini qabul qilishda qitnashadi, sanoat korxonalarida 
kasb kasalliklari va zaxarlanishlari xollarini tekshiradi va ma’muriyat bilan birga ularni yo‘qotish, 
oldini olish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.  
Energetika  nazorati.  Davlat energetika  nazorati  energetika  va elektrlashtirish    sanoati  vazir 
tomonidan  amalga  oshiriladi.  Ularning  asosiy  vazifasi  elektr  va  issiqlik  qurilmalaridan  to‘g‘ri 
foydalanishni kuzatish va ularning xavfsiz ishlatilishni ta’minlash borasida ishlab chiqarish chora-
tadbirlarining amalga oshirilishini kuzatib borishdan iborat.  
Nazorat  vazifalarini  amalga  oshirish,  yo‘l  qo‘yilgan  kamchiliklarni  tuzatish  xamda 
aybdorlarga  jazo  choralarini  belgilash  maqsadida  yuqorida  ko‘rsatilgan  nazorat  tashkilotlari 
qo‘yidagi xuquqlarga egadirlar: 
1.Kunning  xoxlagan  vaqtida  sanoat  korxonasi  maydoniga  xech  qanday  qarshiliksiz  kirish, 
xoxlagan qismini ko‘zdan kechirish.  
2.Ma’muriyat va sex xodimlaridan mexnatni muxofaza qilishga, ishchi va xizmatchilarning 
mexnat qilish sharoitini yaxshilishga taaluqli bo‘lgan xujjat, spravka va boshqa materiallarni talab 
qilib  olish,  yo‘l  qo‘yilgan  kamchiliklar  bo‘lgan  taqdirda  ularga  ma’muriyat  xodimlarining  e’tibor 
berishlarini talab qilish.  
3.Mexnatni  muxofaza  qilish  qoida  va  normalarini  bajarishda  yo‘l  qo‘yilgan  kamchiliklarni 
bartaraf qilish uchun ma’muriyat va ba’zi bir raxbar shixslarga ko‘rsatmalar berish va ularni bartaraf 
qilish muddatlarini belgilash.  
4.Ish olib borilayotgan maydonlarda ishchilarning xayoti uchun xavfli bulgan omillar, ayrim 
mashina va mexanizm jaroxatlanishga olib kelishi yoki shu chegarada ishlash natijasida ishchi biror 
kasb  kasalliliga  chalinib  qolishi  extimoli  bo‘lsa,  ishni  to‘xtatishi,  agar  zarurat  tug‘ilsa  ish  olib 
borayotgan korxonaning ishini to‘xtatishi mumkin.  
5.Mexnat  qonuniyatlarini,  xavfsizlik  texnikasi  va  sanoat  sanitariyasi  mezon  va  qoidalarini 
buzgan va jamoa bitimida ko‘rsatilgan ish sharoitini sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini o‘z vaqtida 
bajarmagan ma’muriyat xodimlarini javobgarlikka tortish.  
Mexnatni  muxofaza  qilishning  jamoat  nazorati  mexnat  qonunlari,  xavfsizlik  texnikasi  va 
sanoat  sanitariyasi  norma  va  qoidalarining  bajarilishini  kuzatib  boradi,  shuningdek  sanoat 
korxonasida baxtsiz xodisalarning kelib chiqishini va kasb kasalliklarining kamayishini ta’minlovchi 
chora-tadbirlarni amalga  oshirilayotganligini  nazorat  qiladi.  Jumladan  ishlab chiqarish  jixozlari  va 
qurilmalarining  sozlanganligini,  ishchilarning  maxsus  kiyim-bosh,  maxsus  oyoq  kiyimi,  shaxsiy 
muxofaza  vositalari  bilan  ta’minlanganligini,  maxsus  ovqatlarni  o‘z  vaqtida  berilishi  (agar  lozim 
bo‘lsa), sut va sovun bilan ta’minlash, ish kuning davom etish soatlari, dam olish kunlari va mexnat 
tatillarini  o‘z  vaqtida  berilishi,  tanaffuslar,  ayollar  va  o‘smirlar  mexnatidan  to‘g‘ri  foydalanish  va 
boshqalar.  
Mexnatni muxofaza qilish komissiyalari va jamoat inspektorlarining bajaradigan ishlarining 
tarkibi kasaba uyushmasi tomonidan tasdiqlangan qarorlar bilan belgilangan.  
Mexnatni muxofaza qilishning jamoat nazoratini olib borayotgan shaxslarga va tashkilotlarga 
nisbatan ma’muriyatning asosiy vazifasi nazorat qiluvchi shaxslarning takliflarini qo‘llab quvvatlash 
va ularning ishlarini amalga oshirishni tezlatish, xamda yordam ko‘rsatishdan iborat.  
Ma’muriyatning kasaba uyushmasi tashkiloti bilan birgalikda olib borayotgan unumli nazorat 
usullaridan biri uch bosqichli nazorat usulidir:birinchi bosqich ish joylarida, ikkinchi bosqich sexda 
va  uchinchi  bosqich  butun  zavod  bo‘yicha.  Bu  usul  kasaba  uyushmasi  aktivi  bilan  ma’muriyat 
o‘rtasidagi mexnatni muxofaza qilish qoidalarini ish joyiga tatbiq qilish, mexnat qilish madaniyatini 
yaxshilash  va  ish  sharoitini  sog‘lomlashtirish  borasida  tartib  bilan  bargalikda  ish  olib  borishlari 


 

imkoniyatini  yaratdi.  Bunda  xavfsizlik  darajasini  xavfsizlik  koeffitsienti  orqali  baxolash  mumkin 
bo‘ladi.  
Nazoratning birinchi bosqichini master mexnatni muxofaza qilish jamoat inspektori va grafik 
bo‘yicha  navbatchi  o‘z-o‘zini  nazorat  qiluvchi  ishchi  bilan  birgalikda  o‘tkazadi.  Ular  ish 
boshlangungu  qadar  ishchilar  bilan  mexnatni  muxofaza  qilish  masalalarida  besh  minutli  suxbat 
o‘tkazadilar,  so‘ngra  ish  joylari,  ish  qurollari,  to‘siq  qurilmalarining  borligi  va  to‘g‘riligini 
tekshiradilar. Aniqlangan kamchiliklar tuzatiladi.  
Ish  davomida  ular  ishchilarning  texnologik  xujjatlarga  xavfsizlik  texnikasining 
qo‘llanmalariga  rioya  qilayotganliklarini  kuzatib  bordilar,  shuningdek  ishchilarning  ish  joylariga, 
yo‘lka  va  o‘tish  joylariga,  xavo  muxitining  tozaligiga,  ish  joylarini  yoritilish  masalalariga  e’tibor 
beradilar. Xamma kuzatilgan kamchiliklar xamda ishchilar tomonidan kiritilgan tkalif va muloxazar 
ayrim  jurnalga  yozib  qo‘yiladi.  Master  aniqlangan  kamchiliklarni  yo‘qotish  chora-tadbirlarini 
ko‘radi.  O‘zi  yo‘qotishi  mumkin  bo‘lmagan  ba’zi  bir  kamchiliklarni  yo‘qotish  chora-tadbirlarini 
ko‘rish iltimos bilan sex boshlig‘iga murojaat qiladi. Tartib buzarlarning familiyalarini va buzilgan 
tartibning moxiyatini master tartib buzganlik uchun tutilgan daftarga yozib qo‘yadi va bu xaqda tartib 
buzuvchini  ogoxlantiradi.  Xar  qanday  tartib  buzarlik  xolatlari  keyingi  smena  boshlanishi  oldidan 
o‘tkaziladigan yo‘roqnomada muxokama qilinishi shart.  
Nazoratning  ikkinchi  bosqichini  xar  xaftada  javobgar  raxbar  xodim  kasaba  uyushmasi  sex 
qo‘mitasi raisi yoki sex qo‘mitsaining mexnatni muxofaza qilish komissiyasining raisi bilan birga sex 
texnika  xizmati  xodimlari  ishtirokida  amalga  oshiradi.  Ular  sex  tarmoqlarini  aylanib,  sexdagi 
mexnatni  muxofaza  qilash  tadbirlarini  kuzdan  kechiradilar,  oldingi  galda  belgilangan  va  birinchi 
bosqich  nazorati  tomonidan  aniqlanib  belgilangan  chora-tadbirlarning  bajarilganligini  kuzatadi. 
Xamma aniqlangan kamchiliklar va bajarilmagan chora-tadbirlar, shuningdek ishchilarning  takliflari 
sex jurnaliga yozib qo‘yiladi. Ko‘rik o‘tkazib bo‘lingandan keyin tartib buzish sabablari muxokama 
qilinadi,  aniqlik  kiritilgan  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  belgilanadi,  bajaruvchi  shaxslar  va  bajarish 
muddati  belgilanadi.  Sex  komiteti  mexnatini  muxofaza  qilish  komissiyasi  va  jamoat  inspektorlari 
orqali ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilib turadi.  
Nazoratning uchinchi bosqichini sanoat korxonasining bosh in- 
jeneri,  zavod  qo‘mitasi  raisi,  xavfsizlik  texnikasi  xizmati  boshlig‘i  (xavfsizlik  texnikasi 
injeneri),  bosh  mexanik,  korxona  bosh  energetiki,  korxona  tibbiyot  bo‘limi  boshlig‘i  ,  sex  vrachi 
amalga oshiradi. Ular sexlarni maxsus grafik bo‘yicha oyiga bir marta aylanib chiqadi, birinchi va 
ikkinchi  bosqich  bo‘yicha  o‘tkazilgan  nazorat  natijalarirni tekshirib  chiqadi,  sexda  xal  qilinmagan 
xavfsizlik  texnikasining  jaroxatlanishga  olib  kelishi  mumkin  bo‘lgan  xolatlarini  aniqlaydi. 
Aniqlangan  kamchiliklarni  tuzatish  uchun  chora-tadbirlar  belgilaydi,  sexda  mexnat  madaniyatini 
yuksaltirish vositalarini belgilaydi.  
Tekshirish  natijasi  majlisda  muxokama  qilinadi,  ishlab  chiqarish  bo‘limlari  raxbarlarining 
kamchiliklarni  tugatish  borasidagi  olib  borayotgan  ishlari  xakida  xisobotlar  tinglanadi,  jamoat 
inspektorlari  xal  qilinmagan  mexnatni  muxofaza  qilish  masilalarini  o‘rtaga  tashlaydilar.  Majlis 
xulosasi asosida korxona raxbari tomonidan korxona bo‘yicha buyruq chiqariladi.  
Katta sanoat korxonalarida uchinchi bosqich nazoratini bosh injener o‘rniga tekshirilayotgan 
sex bo‘yicha bosh mutaxassislari boshqarishlari mumkin. Masalan bosh metallurg quyish, metallarga 
issiq ishlov berish sexlarini tekshirish komissiyasini boshqarishi mumkin, bosh texnolog-metallarga 
sovuq ishlov berish, yig‘ish sexlarining tekshirish komissiyalarini boshqarishi mumkin.  
Sanoat  korxonalarida  mexnat  qonunlarining  buzilmasligining  tarmoq  nazoratini  vazir  va 
birlashmalar bo‘ysunish tartibi bilan amalga oshiradi.  

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish