2 - MAVZU MA’RUZASI
SANOAT KORXONALARIDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH XIZMATINI
TASHKIL ETISH
5
Mexnat qilish qonunlari.
Xar qanday demokratik jamiyatda shu jamiyat taraqqiyoti qay darajada bulishidan qat’iy nazar
o‘zining xuquqiy manfaatlaridan kelib chiqib va inson xuquqlarini ximoyalashga asoslangan qonun
asoslari, ya’ni Konstitutsiyasi bo‘lishi zarur.
Bu Konstitutsiyasi avvalo inson xuquqlarini ximoya kilishi, shu bilan bir qatorda iqtisodiy va
ijtimoiy xuquqlar xam ximoyalanishi kerak.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi 1992 yil 8 dekabrida o‘zining birinchi demokratik
Konstitutsiyasini e’lon qildi.
Bu Konstitutsiyaning IX bobi iqtisodiy va ijtimoiy xuquqlarni ximoyasiga qaratilgan. 36-
moddada "Xar bir shaxs qonunda ko‘rsatilgan tartibda mexnat qilish, erkin kasb tanlash, odilona
sharoitlarda mexnat qilish va ishsizlikdan xisoyalanish xuquqiga egadir"deyilgan va uning davomida
"Sud xukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa
xollardan(xarbiy xizmat chog‘ida, favqulodda xolat sharoitida va x. q. )tashqari majburiy mexnat
taqiqlanadi "deyilish avvalgi Konstitutsiyadagi tarqoq umumiy jumlalar asosida berilgan va
ishyoqmas, dangasa щaxslar uchun asosiy istexkom bazasi bo‘lib xizmat qiladigan "bircha fuqurorlar
ish bilan ta’minlanadi" degan qonundan tubdan farq qilishi ko‘rinib turibdi.
SHu bobning 37-moddasida "Barcha yollanib ishlayotgan fuqarolar dam olish xuquqiga
egadirlar. Ish vaqti va xaq to‘lanadigan mexnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi" deyilgan
jumla xam birmuncha ijobiy xususiyatlarga ega. Dam olish xuquqini ta’minlash, mana shu xuquqni
amalga oshiridishini ta’minlaydigan ijtimoiy bazaga asoslanishi kerak. Bu bandda ana shu bazani
ta’minlash imkoniyatini beradigan qonun barpo etilishi mumkinligi belgilangan, bu esa oldinga qarab
siljish imkoniyati demakdir.
38-Moddada "Xar kim qariganda, mexnat layoqatini yo‘kotganda, shuningdek boquvchisidan
maxrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa xollarda ijtimoiy ta’minot olish xuquqiga
ega.
Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa tarlarining miqdori rasman belgilab
qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas" deyilgan.
Oldingi Konstitutsiyalarda ijtimoiy ta’minlanish masalasa xal qilingani bilan uning miqdori
xech kimni qiziqtirmas edi. Bu Konstitutsiyada qo‘shimcha ravishda tirikchilik uchun etarli miqdorda
belgilanishi, albatta keyingin nafaka xaqidagi qonuniyatlarda uning miqdorini oshirish imkoniyatini
beradi.
39-Moddada "Xar bir inson malakli tibiy1 xizmatni foydalanish xuquqiga ega" deb
belgilangan.
Ilgari kabul kilingan Konstitutsiyalarda bepul tibbiyot xizmatidan foydalaniladi deyilgan edi.
Ammo unday tibbiyot xizmatidan bepul foydalanish imkoniyatlari yaratilmagani sababli bu qonun
tibbiyot saxasini inqiroziy tanglikka olib keldi. Xozir belgilangan modda bo‘yicha tibbiyot xizmati
xech bir cheklanishlar yo‘q, bunda turli-tuman tibbiyot xizmati korxonalari tashkil etilishi va
jumladan malakali tibbiyot xodimlari o‘z shaxsiy davolash muassasalariga ega bo‘lishi shu bilan esa
davolash soxasida raqobat vujudga kelishi bilan Respublikamizda yashovchilar malakali tibbiyot
xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bizning mamlakatimizda xaqiqatdan xam ayollarning erkaklar bilan teng xuquqligi
ta’minlangan. Bu xuquq mexnat qilish xaqidagi qonuniyatda ta’kidlangan. Mexnat qilish jarayonida
erkaklar bilan ayollarning teng xuquqligi, ularning erkaklar singari og‘ir va zararli ishlarda xam
ishlashlari mumkin ekanligini bildirmaydi. Ayollar a’zolarining ba’zi xususiyatlarini va ayollarning
oiladagi mavqeini xisobga olib, qonuniyatda ular uchun ma’lum engiliklar va maxsus qoidalar
belgilangan. Ayollar sog‘liga zarar keltirishini xisobga olib, ba’zi bir ishlarda ayollar mexnatidan
foydalanish ta’qiqlanadi. Masalan ayollarning zaxarli moddalar ajralishi bilan bog‘langan ximiya
sanoatining ba’zi tarmoqlarida, er osti ishlarida va boshqa bir qancha ishlarda ishlashlariga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Xozirgi vaqtda sanoat korxonalaridagi ko‘p soxalari mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishiga
qaramay, ba’zi bir xollarda yuklarni qo‘l bilan ko‘tarib ko‘chirish xolatlari uchrab turadi. SHuning
uchun balog‘at yoshidagi ayollar uchun yuk ko‘tarish qoidalari belgilab qo‘yilgan.
6
Ular qo‘lda 20kg gacha bo‘lgan yukni va zambilg‘altak bilan 50kg dan oshmagan yukni olib
yurishlari mumkin.
Farzand ko‘rishi kerak bo‘lgan va emizuvchi ayollarga maxsus engilliklar tug‘diriladi.
Bunday ayollarni va 8 yoshgacha bolalari bo‘lgan ayollarni tungi (soat 22 dan soat 6 gacha), ishdan
tashqari, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilish va komandirovkaga yuborish taqiqlanadi.
Ma’muriyat ba’zi xollarda bunday ayollarni vrach xulosasiga asosan, o‘rtacha ish xaqini saqlagan
xolda engil ishlarga o‘tkazishi lozim. Ayollarga tug‘ish oldidan va tuqqandan keyin 56 kalendar
kundan xaq to‘lanadigan dam olish kunlari beriladi. Bundan tashqari farzand kutayotgan va
emizuvchi ayollar uchun yana bir qancha engilliklar beriladi.
Sanoat korxonalarida ishlovchi ayollar uchun bola emizishi xonalari, dush xonalari va shaxsiy
gigiena xonalari tashkil qilinadi.
Respublika mexnat qonuniyati o‘smirlar mexnatini muxofaza qilishga aloxida a’tibor beradi.
Ularning mexnat qilish, dam olishi, ish o‘rganishi borasida ma’lum sharoit yaratish kerakligi
ta’kidlangan. Mexnat qonuniyatiga asosan 16 yoshga to‘lmagan o‘smirlar ishga qabul qilinmaydi.
Ayrim sharoitlarda 15 yoshga to‘lgan o‘smirlar FZKU ruxsati bilan ishga qabul qilinishi mumkin.
Bunday o‘smirlar uchun 16 yoshgacha 24 soatli ish xaftasi tashkilll qilinadi. 16 yoshdan 18 yoshgacha
bo‘lgan o‘smirlar uchun esa, ish soati xaftasiga 36 soatdan oshmasligi kerak. Ammo bundan o‘smirlar
uchun to‘lanadigan ish xaqi xuddi shu darajadagi ishlarda ishlaydigan balog‘at yoshidagi
ishchilarning o‘rtacha ish xaqidan kam bo‘lmasligi kerak.
O‘smirlar uchun bir kalendar oy miqdorida yilning eng yaxshi davrlarida yoki o‘zi xoxlangan
vaqtda dam olish kunlari berilishi kerak. O‘smirlar mexnatidan tungi ishlarda, ishdan keyin qolib
ishlanadigan ishlarda, dam olish kunlarida foydalanish butunlay taqiqlanadi. O‘smirlar sog‘liklari
uchun zararli moddalar ajralib chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarda ishlatish mumkin emas.
Mashinasozlik sanoatida o‘smirlar mexnatidan galvanik sexlarda, xar xil shamollatish ti’imlarini
remont qilish va tozalashda, shuningdek simob va simob birikmalari bilan ishlanadigan ba’zi bir
ishlarda foydalanish mumkin emas.
18 yoshga to‘lmagan o‘smir bolalarga 16 kg gacha. qizlarga esa 10 kg gacha bo‘lgan
og‘irlikdagi yuklarni ko‘tarish ruxsat etiladi. O‘smirlar ishga qabul qilinayotgan vaqtda tibbiyot
ko‘rigidan o‘tkaziladi, shuningdek 18 yoshga to‘lguncha yiliga belgilangan rejaga muvofiq tibbiyot
ko‘rigidan o‘tkazib turiladi. Agar tibbiyot ko‘rigi o‘smir bajarayotgan ish uning sog‘ligiga salbiy
ta’sir ko‘rsatayotgani sezilsa, o‘smir darxol xavfsiz va engilroq ishga o‘tkaziladi.
Ba’zi bir soxalarda zararli ish sharoiti bo‘lgan joylar uchrab turadi. Mexnat qonuniyatiga
asosan bunday joylarda ishlovchilar uchun ustama xaq to‘lanadi yoki ish soati qisqartiriladi. Ish
soatining qisqartirilishi natijasida ishchi zararli moddalar bo‘lgan zonada kamroq bo‘ladi va bu bilan
u kamroq zaxarlanadi.
Ko‘pgina ximiya sanoati korxonalarida va mashinasozlik sanoatining quyish, eritish sexlarida
ish soati kuniga olti soatga qisqartirilgan. Bundan tashqari zararli xonalarda ishlagan ishchilarga
qo‘shimcha dam olish kunlari beriladi va bu qo‘shimcha vaqtda zararli zonadi ishlagan ishchi uchun
sog‘ligini tiklash imkoniyati tug‘iladi. Zararli zonalarda ishlagan ishchilar uchun ustama xaq to‘lash
xam keng yo‘lga qo‘yilgan. Mashinasozlik sanoatining bir qancha sexlarida oladigan oyligiga 13 foiz
atrofida va ba’zi uchastkalarda esa 30-33 foizgacha ustama xaq to‘lanadi.
Sog‘lik uchun juda xavfli sharoitlarda ishlayotganlar uchun, ularning kasb kasalliklariga
chalinmasliklarini ta’minlash va sog‘liklarini mustaxkamlash maqsadida extiyot chora sifatida bepul
oziq-ovqat maxsulotlari berib boriladi.
Zararli moddalar ajralishi mumkin sexlarda ishlovchi ish kunlarida 0, 5 litr miqdorda sut yoki
shunga yarasha boshqa extiyot chora sifatida maxsulotlarni oladilar. Sut olish zarur bo‘lgan kasblarni
FZKU bilan kelishilgan xolda korxonaning raxbar xodimlari belgilaydi. Bunga O‘zbekiston sog‘likni
saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan ilmiy xulosalar asos qilib olinishi kerak.
Tananing ba’zi bir qismlari yoki xammasi ifloslanishi mumkin bo‘lgan ishlarda mexnat
qiluvchi ishchilar bepul sovun bilan ta’minlanadilar.
7
O‘zbekiston Respublikasi Mexnat kodeksi mazmunida ishlab chiqarish korxonalari
ma’muriyati mexnatkashlarga ishlab chiqarish bilan bog‘langan xar qanday shikastlanish yoki
zararlanishni, shuningdek moddiy yo‘qotishni qoplash majburiyatini oladi.
Xavfsiz ishlash sharoitini yaratish borasida yo‘l qo‘yilgan xar qanday kamchilik yoki xavfsiz
ishlash sharoitini tashkil qilmaslik natijasida ishchining baxtsiz xodisaga uchrashi sanoat
korxonasining yoki raxbar xodimlarning aybi xisoblanadi. Moddiy yo‘qotishni qoplash miqdori va
tartibi maxsus qoidalar asosida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |