2020 Domuladjanov Ibragimjon



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/115
Sana08.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#333835
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   115
Bog'liq
XFX ma'ruzala matni 777

 
esa  mashina
 
yoki  mexanizmni  loyixalash  davrida  amalga 
oshiriladi. 
Vibrodempfirlash usuli sistemada xosil bo‘lgan titrash energiyasini boshqa turdagi energiyaga 
aylantirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
YUqorida keltirib o‘tilgan titrash tenglamasini taxlil qilganda biz titrash tezligi sistemadagi 
ishqalanish koeffitsientiga bog‘liqligini ko‘rib o‘tgan edik. 
Titrash  energiyasini  kamaytirishda  ishqalanish  xosil  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  joylarda 
konstruktiv  material  sifatida  ichki  ishqalanish  qarshiligi  katta  bo‘lgan  materiallardan  foydalanish 
yaxshi natija beradi. 
Mashinasozlik  sanoatida  asosan  foydalanadigan  cho‘yan  va  po‘lat  konstruksiyalarining 
ishqalanish koeffitsienti 0,001 - 0,01 ni tashkil qiladi. SHuning uchun sanoat mashinalarining titrash 
tezligi ancha yuqori va shuningdek titrash o‘tkazuvchanligi
 
xam katta. 
Sanoatda qo‘llaniladigan qotishmalar 
Su-Ni, Ni-Ti, Ni-Co 
larning ishqalanish koeffitsientlari 
taxminan 10 marta katta va 0,02-0,1 ni tashkil qiladi. Bu esa titrashni kamaytirish imkonini beradi, 
titrashni  kamaytirishga  marganets,
 
mis  va  magniy  qotishmalaridan  tayyorlangan  konstruksiyalar 
yaxshi  natajalar  beradi.  Bu  detallarning  titrashlarni  o‘tkazuvchanligi  cho‘yan  va  po‘lat  detallariga 
nisbatan  ancha  kam.  SHuningdek  detallardagi  issiqlikning  ortishi  xam  titrashni  kamaytirish 
imkoniyatini yaratadi. 
Vibordempfirlash vositasini xar xil qatlamli qotishmalar, masalan po‘lat-alyuminiy, po‘lat-
mis yordamida xam kamaytirish imkoniyatlari mavjud. 
Titrashni kamaytirish nuqtai nazaridan mashinasozlik sanoatida konstruksiya detallari sifatida 
plastmassa, yog‘och, rezina materiallaridan foydalanish  yaxshi natija beradi. SHuning uchun ba’zi 
bir sekin yurar reduktorlarda metall tishli g‘ildiraklar o‘rniga tekstolitdan, kaprondan tayyorlangan 
tishli  g‘ildiraklardan  foydalanilmoqda.  Bularning  natajasi  sifatida  fundamentga  titrashning  o‘tishi 
etarlicha  kamaytirilgan.  SHuningdek  plastmassa  materiallaridan  qirqish  stanoklari  uchun  xar  xil 
yordamchi qurilmalar va konduktorlar, konduktor vtulkalari, podshipnik va qisish qurilmalarida keng 
foydalanilmoqda. 
Ba’zi bir xollarda bunday materiallardan foydalanish imkoniyati bo‘lmay qoladi. 
Bunda titrashni kamaytirish maqsadida xar xil titrashga qarshi qoplamalardan foydalaniladi. 
Bunda  asosan  qoplamalarning  deformatsiyalanishi  natijasida  ishqalanish  energiyasi  (shuningdek, 
titrash energiyasi) issiqlik energiyasiga o‘tishi natijasida titrash so‘ndiriladi. 
Bunday qoplamalar rezonans titrashi bo‘lgan xolatlarda yaxshi natija berishi kuzatilgan. 
Moylovchi  materiallar  titrashni  yaxshi  so‘ndiradi.  Masalan  tishli  g‘ildiraklarning  moy 
vannalarida  ishlashi  titrashlarni  keskin  kamaytirishga  olib  keladi.  CHunki  bunday  xollarda  metall 
detallar oralig‘iga yopishgan moylovchi moddalar ularning titrash tarqatishiga to‘sqinlik qiladi. 


 
43 
Titrashni  dinamik  so‘ndirish.  Ko‘pgina  xollarda  titrashni  so‘ndirish  uchun  agregatlar 
mustaxkam  fundamentlar  ustiga  o‘rnatiladi.  Ayniqsa  katta  xajmga  ega  bo‘lgan  fundamentlardan 
foydalanish yaxshi natija beradi. Bu fundamentlarni
 
xisoblash SN i P 19-79 asosida amalga oshiriladi. 
Titrashlarni  dinamik  so‘ndirishning  eng  yaxshi  usuli  sifatida  mashinasozlik  sanoatida 
qo‘shimcha kuch qo‘yish usulidan foydalaniladi. Bunda titrash xosil bo‘layotgan  M massaga  va q 
ustuvorlikka ega bo‘lgan va 
f
 chastotali agregatga, 
f
0
  chastotaga,  m  massaga  va  q  ustuvorlikka  ega  bo‘lgan  qo‘shimcha  titrovchi  sistema 
qo‘yiladi.  
Qo‘shimcha kuch, ya’ni so‘ndiruvchi sistema titrash xosil qilayotgan agregatga mustaxkam 
o‘rnatilgan;  shuning  uchun  bu  qo‘yilgan  qo‘shimcha  kuch  agregatda  xosil  bo‘ladigan  titrashga 
qarama-qarshi  bo‘lgan  tartibda  titrash  xosil  qilishi  xisobiga  agregat  titrashini  anchagina 
kamaytirishga olib keladi. 
Bunday  usulda  titrashni  kamaytirishning  asosiy  kamchiligi  -  uning  ma’lum  chastotalarda 
ishlatish mumkinligidir. 
Ba’zi  bir  xollarda  qo‘shimcha  kuchning  chastotasi  titrash  xosil  qilayotgan  mexanizm 
chastotasiga  mos  kelib  qolib,  rezonans  xosil  qilishi  mumkin.  Bu  esa  titrashni  so‘ndirish  o‘rniga 
kuchaytirib yuborishi mumkin. 
Suyuqlik  va  gazlar  bosim  ostida  quvurlar  orqali  xarakatlantirilganda  kompressor  ta’sirida 
xosil  bo‘lgan  titrashlar  quvurlar  orqali  tarqalishi  va  bu  asosan  titrash  ta’sirida  quvurlar  ulangan 
erlarining siljishiga va yoriqlar xosil bo‘lishiga, shuningdek binolarga va u erda ishlayotganlar uchun 
ma’lum  xavfli  vaziyat  vujudga  keltirishi
 
mumkin.  Bunday  xollarda  pulsatsiya  oqimini  bir  tekis 
oqimga aylantirish yo‘li bilan titrashlarni yo‘qotishga erishiladi (17 - rasm). 
Bu  usuldagi  titrashni  so‘ndirish  kompressorning  so‘ruvchi  va  xaydovchi  tomonlarida 
o‘rnatilishi mumkin. Xuddi shunday qurilmalardan suyuqliklarni xarakatlantirishda xosil bo‘ladigan 
titrashlarni so‘ndirishda foydalaniladi. 
 
Titrashni  tarqalish  yo‘lida  kamaytirish  usuli  sifatida  uning  ustuvorligini  oshirish  yo‘lini 
ko‘rsatish mumkin. Masalan, mashina korpuslarini qovurg‘alar bilan ta’minlash va boshqalar kiradi. 
Bunda  titrashning  elastik  qarshiligi  oshadi  va  mashina  qismlarida  vujudga  kelayotgan  titrashlar 
sinxronligi  buziladi;  bu  esa  o‘z  navbatida  mashina  ma’lum  qismlari  nuqtalarida  titrash 
amplitudasining  qisqarishiga  olib  keladi. Bu  albatta  titrash  ta’sirini  ma’lum  miqdorda  kamaytirish 
imkoniyatini beradi. 
Titrashni  izolyasiya  qilish.  Bu  usul  titrash  tarqatayotgan  manbadan  muxofaza  qilinayotgan 
ob’ektga  titrashning  o‘tishiga  xalal  beradigan  vositalar  o‘rnatish  yo‘li  bilan  amalga  oshiriladi.  Bu 
vositani amalga oshirishda titrovchi sistemaga qo‘shimcha elastik bog‘lovchi material o‘rnatiladi. Bu 
material  titrashni  yo‘qotish  (yutish
 
yo‘li  bilan)  yoki  asosiy  agregat  va  uning  asoslariga  ¢tishini 
kamaytirish  imkoniyatini  yaratadi.  SHuning  bilan  titrash  ta’siri  kamayadi.  Bunday  kamayish 
muxofazalanayotgan  odamga  nisbatan  yoki  agregat  va  mexanizmning  asosiga  nisbatan  bo‘lishi 
mumkin. 
Agregatning titrash xosil qiluvchi kuchi F
m
 
mash
 agregat o‘rnatilgan asosga o‘rtada izolyasiya 
vositasi  bo‘lganligi  sababli  o‘zgargan  amplitudadagi  titrash  kuchi  F
m
 
asos
  xolatida  ta’sir  qiladi. 
Titrashni izolyasiya qilish vositasining samaradorligini o‘tkazish koeffitsientini K deb belgilasak, bu 
K  ning  fizik  xususiyati  titrash  amplitudasi,  tezligi  va  tezlanishining  muxofaza  qilinayotgan 
ob’ektning xuddi shu parametrlariga nisbati sifatida qabul qilish mumkin. Bu yuqoridagi xolda 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish