2020 Domuladjanov Ibragimjon


TEBRANISHNING INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI, NORMALASH



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/115
Sana08.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#333835
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   115
Bog'liq
XFX ma'ruzala matni 777

TEBRANISHNING INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI, NORMALASH 
Titrash  umumiy  va  qisman  bo‘lishi  mumkin.  Umumiy  titrashda  inson  organizmi  butunlay 
titrash  ta’sirida  bo‘ladi,  qisman  esa  inson  organizmining  ba’zi  bir  qismlarigina  titrash  ta’siriga 
tushadi. Umumiy titrashga transport vositalarini boshqaruvchilar, shtamp sistemalarini, yuk ko‘tarish 
kranlari va boshqa vositalarni boshqaruvchilar umumiy titrash ta’siri ostida bo‘ladi. 
Qisman  titrash  ta’siriga  qo‘lda  ishlatiladigan  elektr  va  pnevmatik  qurilmalar  bilan 
ishlayotganlar (qo‘lda silliqlash ishlarini bajaradigan vositalar, elektr drellari, betonni shibbalovchi 
vibratorlar va x.k.) tushadi. Ko‘pincha ishchilar xar ikkala titrash ta’sirida bo‘ladi. 
Umumiy titrashning 0,7 Gs dan kichik bo‘lgan chastotalari umuman titrash kasalligiga olib 
kelmaydi, ammo bunday chastotadagi titrashlar dengiz to‘lqinlari singari bo‘lganligi sababli, dengiz 
kasalligiga olib kelishi mumkin. Bunda odam ichki organlarining muvozanati buzilishi kuzatiladi. 
Inson  organizmining  deyarli  xamma  qismlarida  xar  xil  chastotadagi  titrashlar  mavjud. 
Masalan,  odam  boshi,  bo‘yni,  yurak  qismlari  titrashlar  sistemasi  sifatida  qaralishi  mumkinki;  bu 
o‘ziga yarasha og‘irlikka ega bo‘lib prujinasimon vositalar yordamida titrashlar vujudga keltiradi va 
bu titrashlarni so‘ndirishga xarakat qiluvchi qarshiliklar gruppalari xam mavjud. Agar bu titrovchi 
qismlarga tashqaridan xuddi shu chastotadagi titrashlar ta’sir ko‘rsatsa, organizmda rezonans vujudga 
kelishi  mumkinki,  bu  titrashni  bir  necha  o‘n  marta  ortishiga  olib  keladi.  Bu  esa  o‘z  navbatida 
organizm qismlarida siljishni vujudga keltiradi. 
Masalan  tik turib  ishlaganda  bosh,  elka, bo‘yin  va  umurtqa  qismlarining  titrashi  4-6  Gs  ni 
tashkil  qiladi.  O‘tirib  ishlaganda  boshning  elkaga  nisbatan  titrashi  25-30  Gs  ni,  ko‘pchilik  ichki 
organlarning titrashi 6-9 Gs atrofida bo‘ladi. Xuddi shunday chastotadagi titrash ta’siriga tushish katta 
asoratlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi, ba’zan mexanik jaroxatlarga olib kelishi mumkin. 
Titrashning  doimiy  ta’siri  esa  titrash  kasalligini  kelib  chiqishiga  sabab  bo‘ladi.  Bunda 
titrashning  markaziy  nerv  sistemalariga  ta’siri  natijasida  organizmning  fiziologik  funksiyalari 
buziladi. Bu buzilishlar bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquning yomonlashuvi, mexnat qobiliyatining 
susayishi, yurak faoliyatining buzilishi bilan ifodalanishi mumkin. 
Qisman  titrash  qon  tomirlarida  spazma  vujudga  keltiradi.  Bu  xolat  asosan  tananing  oxirgi 
qismlari bo‘lgan qo‘l panjalaridan boshlanib, butun qo‘lga o‘tadi va  yurakdan kelayotgan qonning 
o‘tishini yomonlashtiradi va bu bilan qon ta’minoti susayadi. SHuning bilan birga titrash ta’siri tashqi 
nerv  sistemalari  ishini  yomonlashtiradi;  bu  esa  terining  sezish  qobiliyatini  susaytiradi,  pay 
qavatlarining  qotib  qolishiga  olib  keladi,  bo‘g‘imlarda  tuz  yig‘iladi  va  bo‘g‘imlar  xarakatini 
susaytiradi. Bu xolatlar ayniqsa sovuq fasllarda kuchayadi. 
Titrash  kasalligi  kasb  kasalliklari  toifasiga  kiradigan  kasallik  bo‘lib,  uni  davolash  asosan 
boshlang‘ich davrlaridagina natija beradi. Kasallikning orqaga qaytishi juda sekin boradi. Agar oldi 
olinmasa kishi ishga yaroqsiz xolga kelishi mumkin. Bu kasallikning oldini olishning asosiy vositasi 
-  ish  joylarida  titrash  normalarini  belgilashdir.  Titrash  normalari  gigienik  va  texnik  normalarga 
bo‘linadi. 
     Titrashning  gigienik  normalarini  belgilaganda  ish  joylarida  va  titrashning  qo‘lga  yoki 
boshqa  joylariga  ta’siri  asosida  norma  belgilanib,  bu  norma  bo‘yicha  ish  bajarganda  inson 
organizmda  kasallikka  chalinmaslik  nuqtai  nazaridan  qaraladi.  Texnik  normalar  umuman  titrash 
tarqatayotgan mashina va mexanizmning xozirgi zamon taraqqiyoti asosida titrashni yo‘qotish chora-
tadbirlari sifatida belgilanadi. 
GOST 12.1.014-78 “Mexnat xavfsizligi standartlar sistemasi. Titrash, xavfsizlikning umumiy 
talablari”ga  asosan  titrashning  inson  organizmiga  ta’siri  nuqtai-nazaridan  yo‘l  qo‘yilishi  mumkin 
bo‘lgan miqdori va titrashning gigienik tavsifnomasini baxolash usullari belgilangan. 
Titrash normalari umumiy va qisman titrashlar asosida ayrim-ayrim xolda baxolanadi. 


 
41 
Umumiy titrash normalari bajarish xarakteriga qarab, aqliy mexnat bilan shug‘ullanuvchilar 
uchun,  titrash  bilan  bog‘liq  sexlar  uchun  va  titrashdan  xoli  bo‘lgan  zonalar  uchun  mashina  va 
mexanizmlar turlari asosida belgilangan. 
Ish joylarining titrash normasi belgilanganda (pol, mashinalarning asosi va boshqaruvchilar 
uchun o‘tirgichlar) titrash tezligining logarifmik darajasi o‘rta geometrik chastotalari 2, 4, 8, 16, 32, 
63,  Gs  gacha  belgilanadi.  Qisman  titrashda  esa  16,  32,  63,  125,  250,  500,  1000  Gs  gacha  norma 
belgilanadi. Gigiena normalari 8 soatli ish vaqti uchun belgilanadi. 
GOST  12.1.  012-78  talablaridan  kelib  chiqib  qisman  titrashlar  uchun  ayrim  standart 
belgilangan  (GOST  17770-72  “Qo‘lda  ishlatiladigan  mashinalar.  Titrashning  ruxsat  etiladigan 
darajasi”). 
 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish