59
Pnevmatik boshqarish qurilmasi detal qismlarining mustaxkamligini, ishlatilishi zarur
bo‘lgan bosimni 1, 5 marta orttirib, 5 minutdan kam bo‘lmagan vaqtgacha ta’sir etdirish yo‘li bilan
sinab ko‘riladi. Ishlatib bo‘lingan xavo odamlar turgan tomondan qarama-qarshi tomonga chiqarib
yuborilishi kerak. Xavo tarkibidagi zararli moddalar miqdori yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan
miqdordan oshmasligi kerak (GOST 12. 1. 005-76).
Abraziv asboblar. YOg‘och, metall, plastmassa maxsulotlarining yuzalarini silliqlash, ba’zi
bir ortiqcha joylarini sidirib tozalash, shuningdek kesish asboblarini qayrash, quyma detallarni
tozalashda abraziv asboblardan foydalaniladi. Uni dumaloq, to‘g‘ri to‘rtburchak yoki segment
shaklida maydalangan abraziv materiallarni bakelit, vulkanit kabi biriktiruvchi moddalar qo‘shib
presslash yo‘li bilan tayyorlanadi.
Abraziv materiallar tabiiy (korund, qayroq qum, olmos) va sun’iy (elektrokorund, karborund,
oyna changi) turlarga bo‘linadi.
Bunday moddalar bilan ishlov beriladigan dastgoxlarni abraziv dastgoxlar deb yuritiladi. Ular
uch turga bo‘linadi: charxlovchi, silliqlovchi va egiluvchi valli dastgoxlar.
Abraziv silliqlash dastgoxlarida ishlaganda ishchi uchun xavfli bo‘lgan va jaroxatlanishga
olib kelishi mumkin bo‘lgan abraziv va metall zarralarning katta kuch bilan otilib ketishi tabiiy xol
xisoblanadi. Bundan tashqari silliqlanayotgan detalning otilib ketishi xam mumkin.
CHarxlanayotgan detalni qo‘lda ushlab turib charxlashda qo‘lni charxga tegib ketishi xam
jaroxatga olib keladi. Bundan tashqari charxga birmuncha kuch qo‘yilishi natijasida charx
parragining parchalanib otilib ketish extimoli xam yo‘q emas.
Egiluvchi valga ega bo‘lgan va qo‘lda yuritib katta xajmdagi detallarni silliqlash vaqtida xam
yuqorida sanab o‘tilgan xavfli vaziyatlar yuz berishi mumkin. Xavfli vaziyatlarning kelib chiqishiga
asosiy sabab abraziv asboblarning tuzilishidagi o‘ziga xoslilik, uning aylanib ishlaganligi va aylanish
natijasida xosil bo‘ladigan aylanma tezlik va bu tezlik xosil qiladigan markazdan qochma kuchlarning
ta’siridir.
Agar mabodo aylanib turgan charx maydalanib ketsa va yoki muxofaza to‘siqlari bo‘lmasa,
unda uning keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini tasavvur qilish qiyin emas. Albatta
bunday parchalanish sabablari turli-tuman bo‘lishi mumkin. Masalan, charx aylanmasida dars
ketganligi, uning tarkibiy qismida bo‘shliqlarning bo‘lishi, charx gardishini yasaganda unga begona
moddalarning kirib qolishi, charxni choto‘g‘ri ishlatish va uzoq ishlash davomida qizib ketishi va
boshqalar bo‘lishi mumkin.
Abraziv asboblarini xavfsiz ishlatish qoida va me’yorlari GOST 12. 2. 001-74 ga asosan
belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: