2020 Domuladjanov Ibragimjon


YORITISHNI HISOBLASH VA NORMALASH



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/115
Sana08.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#333835
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   115
Bog'liq
XFX ma'ruzala matni 777

 
YORITISHNI HISOBLASH VA NORMALASH 
Sun’iy yoritilishni xisoblashdan asosiy maqsad sanoat korxonalarida ishlatilayotgan yoritish 
lampalarini  sonini  aniqlash,  ularni  oqilona  joylashtirish  va  elektr energiyasi  iqtisodini  ta’minlagan 
xolda sanoat korxonalari xonalaridagi normalangan yorug‘likdagi ish joylarini ta’minlashdan iborat. 
Bu masalalarni xal qilishda birmuncha mustaqil masalalarni xal qilishga to‘g‘ri keladi. 
1.  YOritish  manbalarini  tanlash.  Umuman  sanoat  korxonalarini  yoritishda  lyuminissent 
lampalardan  foydalanish  maqsadga  muvofiqdir.  Lekin  ba’zi  bir  ishlab-chiqarish  zonalarida,  yani 
xavoning  xarorati  10
0
S  dan  kamayishi  va  elektr  tarmog‘ining  kuchlanishi  belgilanganda  90%  dan 
kamayishi  mumkin  bo‘lsa,  cho‘g‘lanuvchi  lampalardan  foydalanish  maqsadga  muvofiq  deb 
xisoblanadi. 
2.  YOritish  sistemasini  tanlash.  YOritish  sistemasini  tanlaganda  kombinatsiyali  yoritilish 
iqtisodiy  samarador,  ammo  umumiy  yoritilish  esa  sanitar-gigienik  tomondan  ancha  mukammal 
xisoblanadi,  chunki  umumiy  yoritilish  zonani  bir  tekis  yoritadi.  YOrug‘lik  nurlarini  ma’lum 
uchastkaga to‘plab yo‘naltirish yo‘li bilan ish joylarida iqtisodiy tomondan samarador bo‘lgan xolda 
umumiy yoritilishning yuqori darajalarini xosil qilish mumkin. I-IV, Va va Vb razryaddagi ishlarni 
bajarishda  kombinatsiyali  yoritish  sistemasidan  foydalanish  tavsiya  etiladi.  CHunki  ish  joylarini 
yoritadigan lampalardagi nurlarni istalgan ish bajarish zonalariga yo‘naltirish imkoniyatini tug‘diradi, 
ish joylarida yarqirash bo‘lmaydi va aniq ishlarni bajarish imkoniyati tug‘iladi. 
3. Ish zonasidagi xavoning toza-iflosligi va xavo muxitidagi gaz va portlovchi moddalarning 
bug‘lari mavjudligiga qarab lampalarning turlarini tanlash. 
4.  Lampalarning  sonini  aniqlash  va  ularni  ish  zonasiga  joylashtirish.  Lampalar  shaxmat 
tartibida, romb ko‘rinishda va boshqacha usullarda joylashtirilishi mumkin. 
5.  Ish  zonasidagi  bir  tekis  yoritilish  lampalar  orasidagi  oraliq  lampalarni  ish  joylariga 
nisbatan, balandliklariga nisbatan: “CHuqur nurlanuvchi” uchun 1,4, “Universal” 1,5, “Lyusetta” 1,4, 
“Sutsimon shar” 2,0, VZK 2,0 OD 1,4, PVL 1,5 bo‘lganda amalga oshadi. 
6. Ish joylarida normalangan  yoritilish miqdorinn aniqlash. Buning uchun bajariladigan ish 
xarakterini  va  ko‘rinishi  kerak  bo‘lgan  ob’ektning  kattaligiga  qarab,  fonga  nisbatan  kontrastligini 
belgilash va ish joylari fonini xisobga olgan xolda jadvalga asosan tanlangan yoritilish sistemasi va 
lampaning turiga qarab ish joylaridagi minimal normalangan yoritilishni aniqlash kerak bo‘ladi. 
Sun’iy  yoritilishni  aniqlash  uchun  uch  usuldan  foydalaniladi.  Gorizontal  ishchi  yuzalarni 
yoritganda  nur  oqimi  usulidan  foydalaniladi.  Bu  usul  yoritilayotgan  yuzalarga  tushayotgan  nur 
oqimidan  foydalanish  koeffitsienti  usuli  deb  xam  yuritiladi.  YUzalarga  tushayotgan  nur  oqimi 
cho‘g‘lanuvchi va lyuminissent lampalardan foydalanganda quyidagi formula bilan aniqlanadi. 

N
SkZ
E
F
H

 


 
38 
bunda E
n
 - minimal yoritish, lk; R
l
 - lampaning nur oqimi, lm; S - yoritilayotgan xonaning 
yuzasi, m
2
; Z - minimal yoritilish koeffitsienti, odatda o‘rtacha yoritilish minimal yoritilishga nisbati 
olinadi  va  1,1  -  1,5  chegaralar  atrofida  bo‘ladi;  k  -  extiyot  koeffitsienti,  jadvaldan  olinadi;  N  - 
xonadagi lampalar soni; 

 - nur oqimidan foydalanish koeffitsienti.  
Lampalarning  yorug‘lik  kuchidan  foydalanish  foydali  ish  koeffitsienti,  bino  shifti  va 
devorlarining  nur  qaytarish  koeffitsienti  xonaning  kattaligi  va  lampalarning  osish  balandligiga 
bog‘liq  bo‘lib,  ma’lumotnoma  jadvalidan  olinadi.  Bu  ko‘rsatkichlar  quyidagi  formula  orqali 
aniqlanadigan xonaning ko‘rsatkichi S - orqali belgilanadi. 
C=A
.
B/H(A+B), 
bunda: A va V - xonaning kattaliti; N - lampalarning xisoblanayotgan yuzaga nisbatan oraligi. 
YUqorida  keltirilgan  formulalar  orqali  lampaning  nur  oqimi  aniqlangandan  keyin  3  - 
jadvaldan  shu  xisoblangan  qiymatga  yaqin  keladigan  standart  lampa  tanlanadi  va  bu  lampalar 
sistemasiga sarflanadigan elektr quvvati aniqlanadi. Ishlab-chiqarish sharoitlari amaliyotida olingan 
miqdor  xisoblangan  miqdordan  --  10  va  +  20%  farq  qilishiga  yo‘l  qo‘yiladi,  aks  xolda  boshqa 
lampalarning joylashtirish sxemasi tanlanadi. 
Nuqtali  usuldan  yo‘naltirilgan  ish  joylarini  yoritishni  xisoblashda  foydalaniladi.  Bu  usul 
asosida quyidagi bog‘lanish yotadi: 
2
cos
r
I
E





 
bunda: I 

 - yorug‘lik manbaidan ish olib boriladigan yuzaga yo‘naltirilgan yorug‘lik kuchi, 
kd;  r  -  lampadan  yoritilayotgan  yuzagacha  bo‘lgan  masofa,  m; 

  -  ishchi  yuza  bilan  manbadan 
tushayotgan nur oqimining yunalishi orasidagi burchak; graduslarda o‘lchanadi. 
Bu formuladan amalda foydalanish imkoniyatini tug‘dirish uchun, unga zapas koeffitsient k 
ni kiritamiz va r ni N/cos

 bilan almashtiramiz, unda  
E = I a 
.
cos
3
 

 /(k
.
H) 
ni xosil qilamiz.  
Bunda  N  -  ishchi  yuza  ustiga  osilgan  lampaning  balandligi.  YOrug‘lik  kuchining 
taqsimlanishi xaqidagi ma’lumotlar ma’lumotnomalarda berilgan bo‘ladi. 
Agar o‘lchanayotgan yuzaga bir necha lampaning yorug‘ligi tushayotgan bo‘lsa, unda xar bir 
lampa uchun aloxida xisob olib boriladi va ularning arifmetik yig‘indisi yoritishni belgilaydi. 
Solishtirma  quvvat  usuli  (Vatt-usuli)  eng  sodda  usul  xisoblansada,  etarlicha  aniqlikdagi 
ma’lumot bera olmaydi, shuning uchun bu usuldan taxminiy xisoblash vaqtida foydalanish mumkin. 
Bu  usul  xar  bir  lampa  bilan  sanoat  xonalarida  normalangan  yoritish  yaratilishini  aniqlash 
imkoniyatini beradi. 
P
l
 = P
1
.
S/N, 
bunda R

- bitta lampaning quvvati, Vt; R
1
 - solishtirma quvvat, Vt/m; S - xonaning yuzasi; N 
- yoritish qurilmasidagi lampalar soni. 
Solishtirma quvvat miqdori yoritilish darajasi, xonaning yuzasi, lampaning osilgan balandligi 
va tipiga asoslangan xolda jadvallarda beriladi. 
Sanoat korxonalari ishlab-chiqarish xonalarini yoritilganligini baxolash uchun tabiiy yoritilish 
koeffitsienti  kattaligiga  qarab  belgilash  qabul  qilingan.  Tabiiy  yoritilish  koeffitsienti  tashqariga 
qaraganda xona ichkarisining yoritilganligi necha marta kamligini ko‘rsatadigan nisbiy kattalikdir. U 
foizlarda ifodalanadi va quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: 
%
100
т
и
Е
E
e

 
bunda e - tabiiy yoritilish koeffitsientining foizlarda ifodalangan kattaligi; E
i
 va E
t
 - binoning 
ichkarisida va tashqarisida bir vaqtda o‘lchangan yoritilish darajalari. Tabiiy yoritilish koeffitsienti 
kunning vaqti va boshqa sabablardan tabiiy yoritish o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmaydi. 
SN i P 11-4-79 gigienik normalar ishning aniqligi va yoritish turiga qarab talab qilinadigan 
tashqi yoritilish koeffitsientining kattaligini belgilaydi . 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish