TEST TOPSHIRIQLARI
1-guruh uchun
A..Alohida olingan guruh so‘zlar
|
1.Qanday so‘zlar lug‘aviy ma’no bildirmaydi
|
B.Ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish kiradi
|
2..Mustaqil so‘z turkumlari to‘g‘ri berilgan qatorni toping.
|
D.Ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama kiradi
|
3.Yordamchi so‘zlar to‘g‘ri berilgan qatorni toping.
|
S. Mustaqil so‘z turkumlari
|
Qanday so‘zlar lug‘aviy ma’no bildiradi
|
2-guruh uchun
B. Modal so‘zlar, undov so‘zlar, taqlid so‘zlar
|
1Alohida olingan guruh so‘zlar to‘g‘ri berilgan qatorni toping.
|
B Yordamchi so‘zlar
|
2Qanday so‘zlar yakka holda ma’no anglatmaydi, gap bo‘lagi bo‘la olmaydi, grammatik ma’nolarni ifodalashgagina xizmat qiladi?
|
C.Mustaqil so‘z turkumlari
|
3.Qanday so‘zl turkumlari gap ichida ma’lum bir gap bo‘lagi bo‘lib keladi.
|
5 Talabalarning yangi mavzuni tushuntirish (So‘z turkumlari, ularning tasnifi ) misollarni amaliy ko‘rsatishi. Shu o‘rinda talabalar badiiy asardan tuzib kelgan misollardan namunalar
o‘qitiladi.)
Mustaqil so‘z turkumlari mustahkamlashda qo‘llanadigan mashqlardan namunalar ko‘rsatishi.
134-mashq. O‘qing. Mustaqil so‘zlarni aniqlab, qanday savolga javob bo‘lishini ayting.
Mehmondorchilikdan qaytgandan so‘ng Zaynab kiyimlarini elektr dazmol bilan dazmolladi, qunt bilan taxlab chamadonchasiga joyladi-da, radiopriyomnikni qo‘yib, «Pikovaya dama» operasining o‘zbekchasini tingladi. Zaynab ertaga jo‘nashini eslarkan, yuragi allanechuk zirqirab ketdi. Hatto uning mehnatda botir, yuragi sof va samimiy “oshiqlari” ham bor. Hamisha g‘ayrati toshgan, shijoatli, xushchaqchaq yosh kolxozchi To‘g‘on Boshoqov bilan birga dalada ishlaganda charchaydimi kishi. To‘ti xoladay to‘qqiz o‘g‘ilning onasi, majlisda notiq, terimda devkor ayolni jondan sevmaslik mumkinmi? (Oybek.)
135-mashq. O‘qing. Yordamchi so‘zlarni hamda modal, undov va taqlid so‘zlarni aniqlang.
Quyosh selida miriqib cho‘milgan bo‘ydor teraklar quchog‘ida toraya-toraya g‘oyib bo‘lgan tekis yo‘lda askar yengil odim otardi. Bu yo‘lni urushdan burun kolxozlar qurgan edilar. Ilgari bu yerda yog‘ingarchilik pallasida balchiq otning qorniga yetardi. Mana bugun quling o‘rgulsin bir xiyobonki, ko‘lankasida yastanging keladi. Askarning yuragi to‘lqinlanib, odim-odim joyda to‘xtar va har yonga suqlanib qarar edi. O‘ng tomonda uchi ko‘rinmas, ko‘m-ko‘k, tekis paxta dalasi ochildi: “Bunda shunday yaxlit paxta maydoni yo‘q edi-ku. Qanday ish qilishibdi-ya. Paxtaga ana shundoq qulochkash maydon kerak. Mehnatni ayamasang, bu yerda hosil qaynayveradi. Ah, g‘o‘zasi picha kechikibdi-da...” — dedi o‘z ichida askar. Ariqlarda qiy-chuv bilan cho‘milib, qizg‘in tuproqqa ag‘anagan qora-qura bolalar, havoda zarg‘aldoqlarning “biyov-biyov”i va traktorlarning guldurovi, devor orqasida tandirda pishayotgan nonning hidi, bog‘larda mevalarni qushlardan qo‘riqlovchilarning shovqini — hamma narsa unga tinch hayotni va erkin mehnat nash’asini gavdalantirar edi. (Oybek.)
Do'stlaringiz bilan baham: |