Darsning borishi
O’qituvchi guruhni kartochkalar asosida 3 ta kichik guruhlarga bo’ladi. Shakllangan guruhlarga ramziy nom beriladi. 3 ta guruhning birinchisi – taqdimot guruhining xato va kamchiliklarini, ikkinchi guruh taqdimot guruhining yutuqli jihatlarini tahlil qiladi. Uchinchi guruh ekspert guruhi hisoblanib, bahs-munozarada yakuniy xulosani beruvchi guruh hisoblanadi.
Navbatdagi bosqich
Guruh taqdimoti. Avvalo, mavzudan kelib chiqqan holda, guruhning qolgan 3 ta kichik guruh a'zolariga “Keys stadiy” usuli asosida muammo aks etgan matnni taqdim etib, ularning mulohazasini eshitadi.
Bunda matn va uning muhokamasiga qo’yiladigan talablar:
Matn bayoni alohida umumiy abzatsdan iborat bo’lmay, alohida olingan fikrlar abzatslar bilan berilishi lozim;
Matn bayonida tegishli mavzuga doir mulohaza va bahsga undaydigan holat, vaziyat, tushunchalar o’z ifodasini topgan bo’lishi shart;
Matn bayoni ixcham, imlo savodxonligi talabiga mos kelishi va axloqiy mavzuni qamragan yoxud unga dahldor bo’lishi lozim;
Matn o’rnida rivoyat, kichik hikoya yoki XOIning nasriy janrlarining biri orqali bayon etilishi mumkin;
Do'stlaringiz bilan baham: |