Uyga vazifa Xamza Imonberdiyev va Abdurahmon Akbar asarlaridan oqib kelish.
18-19- amaliy mashg`ulot: Chet el bolalar adabiyotining umumiy tahlili. yuzasidan test topshiriqlarini, adabiy tahlil qoliplarini bajarish, Sharl Perroning bolalar zavq oladigan ertaklariga xos xususiyatlar yuzasidan test topshiriqlarini, adabiy tahlil qoliplarini bajarish. 4 soat
Mashg`ulot rejasi:
1. Chet el bolalar adabiyoti haqida umumiy ma`lumot.
2. Sharl Perroning hayoti va ijodi yuzasidan ma`lumot.
3. Uning bizgacha yetib kelgan ertaklari
Buyuk frantsuz shoiri va tanqidchisi SHarl Perro badiiy ertak asoschisi sifatida ma’lum va mashhurdir. U o’zining “Qizil SHapkacha”, “Zolushka” va “Etik kiygan mushuk” asarlari bilan jahonga taniladi.
SH. Perro badiiy ertaklar ijod etishda oldin xalq og’zaki ijodini mehr va ishtiyoq bilan chuqur o’rganadi. SHuning uchun ham u o’z ertaklarida xalq udumlarini dadil ilgari suradi. Perro qahramonlari o’z mehnatsevarliklari hamda saxiyliklari bilan ajralib turadi. G’arazgo’ylik, maqtanchoqlik, qizg’anchiqlik o’rnini yaxshilik, mehribonlik bosib ketishi hamon kitobxonni shod etib kelmoqda.
SHarl Perrodan bor-yo’g’i 12 ertak saqlanib qolgan. Qaysi ertagiga nazar tashlamang, barchasida bolalar zavq oladigan qirralar bor ekanligini darrov payqaysiz. Dunyoda uning “Etik kiygan mushuk” ertagini o’qimagan yoki shu ertak asosida yaratilgan multfilmni miriqib tomosha qilmagan bola topilmasa kerak.
Ertakda aqllilik, bilimdonlik, topog’onlik bosh masala qilib qo’yiladi. Boshqa asarlarda bo’lgani kabi SH.Perro bu ertakka ham folklor an’analariga yana bir bor sodiq qoladi. Ertak qahramoni-tegirmonchinng kenja o’g’li Karabs fahm-farosat, aql bilan ish ko’rib, o’z murod-maqsadiga yetadi, baxtiyor bo’ladi.
SHarl Perroning barcha personajlari pishiq-puxtaligi bilan ajralib turadi. Ularning ko’pchiligi odamlarni, hayvon-u parrandalarni sevib, erkalab, e’zozlaydigan bo’ladilar. Zolushkani ( “Zolushka” ) olaylik. Uni o’gay ona-yu qizlar xush ko’rmaydilar., xolos. Qolgan barcha jonzot Zolushkani yaxshi ko’radi. Uning o’z baxtini topib, osoyishta turmush kechirishini istaydi. Zolushka juda chiroyli, odobli, sharin so’z, kamtarin, odamlarga, jonvor-u parrandalarga nisbatan mehribon. Uning bunday fazilatlari, mehnat, hallollik va poklik bilan hayotda o’z o’rnini topishi, sevganiga turmushga chiqib baxtli bo’lishi ertak tinglovchida yaxshi taassurot qoldiradi.
Sh.Perro ijodida “Qizil Shkapkacha” alohida o’rinda turadi. Ertakning ta’sirli va jozibali chiqishi uchun Qizil Shapkachaning tabiiy holda ijobiy tomoniga ko’p sayqal beradi, bolalar ko’z o’ngida u dunyodagi tengi yo’q, juda yoqimtoy qizcha sifatida gavdalanadi. Bo’rining yovuzligi, surbetligi, uning kampir qiyofasiga kirib olishi har bir bolada chuqur nafrat hislarini qo’zg’atadi.
Boshqa ertaklarda bo’lgani kabi “Qizil Shapkacha”da ham voqea yaxshilik bilan tugashi bolalarning quvonchiga quvonch qo’shadi.
Sharl Perroning “Havorang soqol”, “Eshak terisi”, “Uyqudagi malika” kabi ertaklari xuddi “Qizil Shapkacha” kabi bolalarbopdir.
Mana to’rt yuz yilki, shoirning “Qizil Shapkacha” asari jahon kezib yuribdi. Ertakning o’ziga xos xususiyatlaridan biri quvnoqlikdir. Ha, qizchani hamma yaxshi ko’radi, hamma sevadi. Bundan u mutlaqo taltayib ketmaydi. U juda yoqimtoy, oddiy va sodda. SHu oddiy va soddaligi, pismiq va mug’ombir emasligi unga pand beradi, bo’riga yem bo’lishiga oz qoladi.
Sharl Perroning bu ertak orqali kichkintoylarga aytadigan gaplari ko’p. Eng avvalo, u barcha bolalarni xuddi Qizil Shapkacha kabi oddiy va quvnoq bo’lishga chaqiradi va kattalarning har bir topshirig’ini so’zsiz bajarishga da’vat etadi.
Ikkinchidan, o’rtadagi sirni oshkor qilmaslikka, o’ziga pishiq-puxta bo’lishiga chorlaydi. Bo’ri ochko’z, pismiq va mug’ombirdir. SHu sababli qizchaning soddaligidan foydalanadi. U bir o’q bilan ikki quyonni urish qabilida ish tutadi. Bo’ri Qizil Shapkachadan osongina safari haqidagi ma’lumotni bilib olgach, endilikda qizchaning o’ziga qo’shib uning buvisini ham yeyish payiga tushadi. Ammo Qizil Shapkachaning baxtiga o’tinchilar kelib qoladi.
Ertak tinglovchi har bir bola voqeani mana shunday ijobiy tugashini xush ko’radi, quvnoq Qizil Shapkachaning bo’riga yem bo’lishini aslo xohlamaydi. Ertakning umrboqiyligi va jahongashtaligi ham ana shunda.
Darsni mustahkamlash uchun savollar
1.”Etik kiygan mushuk”ertagi va uning mazmuni haqida nima bilasiz?
2. “Qizil Shapkacha” ertaginng tarbiyaviy ahamiyati nimada?
3. Sh.Perro ertaklarining bolalar adabiyotida tutgan o’rni qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |