ZUMRAD BAHOR NAFOSATI
Siz bunga qodirsiz
Yusuf Fayzullo
Aziz bolajonlar! Yurtimizda erta bahorda
boshlangan obodonlashtirish va ko‘kalamzor-
lashtirish ishlari hamon keng miqyosda davom
etayotganidan xabaringiz bormi?
Ha, xabarim bor, ko‘p qavatli uylar, mahal-
lalardagi xonadonlar atrofi tozalanib, daraxtlar
oqlanyapti, deysizmi?
Barakalla, ziyrak ekansiz. Ayting-chi, bu
xayrli ishda o‘zingiz ham ishtirok etyapsizmi?
Hozircha yo‘q, deysizmi? Unda menga quloq
soling. Sizga bir odam haqida gapirib bera-
man. Xulosa chiqarish sizdan.
http://eduportal.uz
142
Biz ko‘p qavatli uyda yashaymiz. Saida xo-
la yon qo‘shnimiz. U kishi anchadan buyon
nafaqadalar. Har kuni ertalab turib, to‘qqizinchi
qavatdan birinchi qavatgacha zinalarni supurib,
suv sepib chiqadilar. Keyin esa yo‘lak ro‘pa-
rasidagi bolalar maydonchasida o‘zlari bunyod
etgan gulzorni begona o‘tlardan tozalab, su-
g‘oradilar. Maydoncha atrofidagi mevali daraxt-
larni alohida mehr bilan parvarishlaydilar. Sai-
da xola tufayli ko‘p qavatli uyimiz har doim
maqtovga sazovor bo‘ladi.
Hozirgi kunda Saida xolaning yordamchilari
ancha ko‘payib qolgan. U kishining dugo-
nalari, nabiralari xolaning eng yaqin ko‘mak-
chilariga aylangan. Bolajonlarning yerga ishqi
tushgani bois, gulzorimiz yanada kengayib bor-
moqda.
Siz ham uyingiz atrofi, mahallangiz obodligi
uchun biror ish qilyapsizmi? Yo‘q bo‘lsa, sho-
shiling. Hech bo‘lmasa, darvozangiz oldidagi
daraxtlarni oqlab qo‘ying, ariq bo‘yidagi be-
gona o‘tlarni yulib tashlang. Agar o‘rtoqla-
ringizni ham jalb qila olsangiz, yana ham
yaxshi. Mahallangiz gulzorga aylanadi. Bu ish-
lar qo‘lingizdan kelishiga ishonamiz.
1. Saida xola qanday ishlarni amalga oshirdi?
2. Siz qanday xayrli ishlarni qilmoqchisiz?
http://eduportal.uz
143
Bàhîr yaqin
Zàfàr Diyor
O‘tib kåtdi qishning sîvuq,
Hàm bo‘rînli kunlàri.
Îrtdà qîldi îy, yulduzsiz,
Tim qîrîng‘i tunlàri.
Endi quyosh ko‘prîq bîqàr,
Dàlàlàrgà, bîg‘làrgà.
Quchîq-quchîq yog‘du sîchàr,
Àdirlàrgà, tîg‘làrgà.
Båzànishàr dàlà-qirlàr,
Chåchàk tàqàr o‘tlîqlàr.
Bàhîr yaqin, bàhîr yaqin,
Bàhîr yaqin, o‘rtîqlàr.
Ko‘nglim yanà tîg‘dày o‘sàr,
Ko‘rkàm bàhîr kålgàndà.
Quvîngàymàn dàstà-dàstà
Gul-chåchàklàr tårgàndà...
1. She’rni ifodali o‘qing.
2. Bàhîr yaqinlàshib kålàyotgàndà tàbiàtdà
qànday o‘zgàrishlàr yuz beràdi?
3. Siz bahorni sevasizmi? Nima uchun?
She’rni yod oling.
http://eduportal.uz
144
Download Do'stlaringiz bilan baham: |