Hisobda adashgan bola
(Hikoya)
Zamira Ibrohimova
1
Anvar uchinchi sinfda o‘qiydi. Hamma o‘quvchi
bolalar kabi u ham a’lo baholarni juda yaxshi
ko‘radi, ammo-lekin... dars tayyorlashni yoqtir-
maydi. Uy vazifalarini chala-chulpa bajaradi.
Mana bugun ham zo‘rg‘a dars tayyorlashga
o‘tirdi. „Matematika“ kitobini ochib, uyga beril-
gan vazifani o‘qiy boshladi. Tili o‘qiyapti-yu,
xayoli telefon o‘yinida. Masalani o‘qib bo‘l-
gach, „Nimalarni yozishadi, boshni qotirib. Shu-
naqa ham masala bo‘ladimi? Oshga qancha
masalliq ketishini hisoblash shartmi, bor ma-
salliqni qozonga solib, shartta-shartta qovuradi,
bo‘ldi-da“, – dedi o‘zicha asabiylashib. Aksiga
olib shu tobda uni mudroq bosib, maza qilib
uxlagisi kelardi. O‘rnidan turib, karavotiga cho‘-
(X
o‘r
oz)
4 – O‘qish kitobi, 3- sinf
http://eduportal.uz
50
zildi. Yostig‘i shunday yumshoq, yoqimliki, onasi
allalayotganday, Anvar shirin uyquga ketganini
bilmay qoldi.
2
U tush ko‘ra boshladi. Tushida bo‘ylari o‘sib,
katta yigit bo‘lib qolganmish. U bir choyxo-
naning bosh oshpaziga shogird bo‘libdi. Erta-
labdan ish boshlanibdi. Bosh oshpaz unga:
– Bugun palov pishiramiz. Bozorga borib,
oshga kerak bo‘ladigan masalliqlardan olib
kel. Anvarjon, yaxshilab eshitib olgin, sakkiz
kilogramm guruchga teng miqdorda sabzi ol,
sabzidan ikki marta kam go‘sht ol, guruchdan
to‘rt marta kam yog‘ ol, yog‘dan ikki marta
kam piyoz olgin... To‘xta, yaxshisi masalliqlar
ro‘yxatini yozib ola qol, – debdi.
– Yozish shart emas, hammasini tushun-
dim, – debdi Anvar va shoshqaloqlik bilan
bozorga ketibdi.
Bozordan sakkiz kilogramm guruch, sakkiz
dona sabzi, ikki kilogramm go‘sht, to‘rt litr
yog‘, ikki dona piyoz olib kelibdi.
Bosh oshpaz Anvarning xaridini ko‘rib hay-
ron bo‘libdi.
– Sen bola, oshpaz uchun ham hisob-
kitobni bilish juda muhim ekanligini bilmas
ekansan-ku! Senga hisobni o‘rgatishga vaqtim
yo‘q. O‘qib, bilimingni oshirib kel, – deb uni
http://eduportal.uz
51
shogirdlikka olmabdi. Anvar uyatdan qizarib-
bo‘zarib bosh oshpazning yonidan chiqib ke-
tibdi.
1. Anvar nega asabiylasha boshladi?
2. Anvar nima uchun bosh oshpazning yoni-
dan qizarib chiqib ketdi?
3
„Endi nima qilsam ekan?“ deb o‘ylab tur-
sa, muzqaymoq sotuvchi „Hoy yigit, kel, oz-
gina qarashib yubor“, – deb uni chaqiribdi.
„Maza, muzqaymoq sotaman“. Anvar xursand
bo‘lib, muzqaymoq sotuvchining yoniga boribdi.
O‘zi tengi bir bola unga besh mingtalik pul
uzatib:
– Aka, menga yetti yuz ellik so‘mlik muz-
qaymoqdan besh dona bering, – debdi.
Anvar pulni olib, bolaga muzqaymoq uza-
tibdi, ammo qancha qaytim berishni bilolmay,
indamay turaveribdi.
– Aka, qaytimini bermaysizmi? – debdi bola.
– Bor-bor, boshni qotirma, qanaqa qaytim,
senga beshta muzqaymoq berdim-ku, – debdi
Anvar do‘q urib.
Bolaning onasi kelib, Anvarni urisha ketibdi.
Qayerdandir boshqa xaridorlar ham kelib shov-
qin ko‘tarib, uni sudrab olib keta boshlashibdi.
Anvar oyoq-qo‘llarini potirlatib, tipirchilab, baqi-
rarmish.
http://eduportal.uz
52
4
U o‘z ovozidan cho‘chib, uyg‘onib ketibdi.
O‘ng-u so‘liga qarab:
– Xayriyat-ey, tushim ekan... Voyy, hisobni
bilmaganim yomon pand berdi-ku! – debdi
peshanasiga shappati urib. So‘ngra yuzini
muzdek suvga yuvib kelibdi. Matematika ki-
tobini ochib, uyga berilgan vazifani diqqat
bilan qayta o‘qib, masalaning shartini tartib
bilan yoza boshlabdi...
U daftarini yopar ekan, beixtiyor tushini es-
lab, miyig‘ida kulibdi. „Ey, Anvar, masalani
yaxshilab o‘qib, shartini tushunib olsa, oson-
gina yechsa bo‘lar ekan-ku! Endi bildingizmi,
matematika har qadamda kerak ekanligini“, –
debdi o‘ziga o‘zi.
1. Anvar muzqaymoq olgan bolaga qancha
qaytim berishi kerak?
2. Matematika fani muhim ekanligini matndan
xulosa chiqarib, o‘z so‘zingiz bilan ayting.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |