Vaqting ketdi – naqding ketdi
Kavsar Turdiyeva
(Ertak)
1
Sizlarda shunday bo‘ladimi? Biror ish qilish
zarurligini bilasiz-ku, ammo to‘satdan hamma
vaqtingiz umuman kerak bo‘lmagan o‘yin bilan
o‘tib ketadi.
Shaharchada kompyuter o‘yinlari xonasi ochil-
di-yu, hamma mittivoylar shu yerga qatnay
boshlashdi. Uni kim ochdi, dersiz? Albatta, bosh-
qa shaharchadan kelgan Foydaxo‘r.
U birin-ketin hamma joyda kompyuter xo-
nalari ochib, ancha foyda ko‘rgan. Quvnoq
shaharchada ham ishini davom ettirdi. Xona
esa mijoz-o‘yinchilar bilan to‘ldi-qoldi. Foyda-
xo‘rning asosiy shiori: Vaqt – bu pul! Yarim
soat o‘tirasizmi, bir soatmi, shunga qarab pul-
http://eduportal.uz
39
ni to‘lab ketaverasiz, pulingiz bo‘lmasa molingiz-
dan hisob-kitob qilishingiz mumkin. Masalan,
novvoy bo‘lib ishlayotgan Bo‘rsildoq kompyuter
o‘yiniga Foydaxo‘rga pul o‘rniga non tashiyapti.
Chunki bor pulini o‘ynab tugatib bo‘lgan.
Foyda Foydaxo‘rning ko‘zini ko‘r qilib qo‘y-
gan. U hamma joyga e’lonlar osar, natijada
maktablardagi o‘quvchilar darsga kirish o‘rniga
kompyuter xonasiga qatnashar, haydovchilar ham
o‘yinlarga qiziqib ketgani uchun, mashinalar to‘x-
tab qolgan, do‘konlar ham yopiq edi.
Shunday voqealar bo‘lib turganda, Qoyilbek
qanday qilib bu bema’nigarchilikka chek qo‘-
yish mumkin, deb Ziyrakbekka maslahat soldi.
– Ha, o‘ylab ko‘rish kerak ekan!
Qoyilbek biroz o‘ylandi-da, ko‘zlari yorishib
ketdi.
– Do‘stlar, men topdim! Mittilar orasida „Bir
oy ichida nimalarga erishding?“ degan so‘rov-
noma, so‘ng „Vaqting – baxting“ degan tan-
lovni ham o‘tkazamiz.
– Juda to‘g‘ri! Ziyrakbekka bu ish yoqdi.
Tanlov boshlandi. Uni Yoqimtoy va Iltimos-
xonlar olib bordilar.
1. Foydàxo‘rning asosiy shiori nima edi?
2. Siz o‘z vaqtingizni qanday taqsimlashi-
ngizni daftaringizga yozing.
http://eduportal.uz
40
2
– Aziz do‘stlar! Iltimos, eshitinglar: „Ajoyib-
g‘aroyib tanlovimiz ochiq!“ deb e’lon qilinadi.
Biz sahnaga bir oy davomida yutuqlarni qo‘l-
ga kiritgan, vaqti bekor ketmaganlarni taklif
qilamiz.
Yalolaxon yangi qo‘shig‘ini aytdi. Shirmoyxon
yangi suratlarini olib keldi.
Shunda sahnaga Bo‘rsildoq va Pufakvoylar
ham taklif qilindi.
– Marhamat, bir oy ichida qilgan foydali
ishlaringizni aytib bering, – dedi ularga bosh-
lovchilar.
Ishkalvoy yerga qaradi.
– Men kompyuter o‘ynadim va o‘ttiz marta
yutdim.
– Bundan nima foyda ko‘rdingiz?
– Hech nima.
http://eduportal.uz
41
– Siz-chi, Bo‘rsildoq? Non yopib odamlarni
xursand qildingizmi?
– Yo‘q, men non yopib qarzlarimni to‘ladim.
– Qanday qarzlaringizni?
– Har kuni kompyuter o‘ynaganim uchun
yig‘ilgan qarzimni.
– Endi esa, aziz do‘stlar, biz „Vaqting –
baxting“ nomli tanlovning eng quvonchli daqi-
qalariga yetib keldik.
– Biz g‘oliblarni mukofotlaymiz. Mukofotlar-
ni topshirishni Ishbilarmonga bersak.
Ishbilarmon g‘olib ishtirokchilarni mukofotladi.
Ayniqsa, Qoyilbek ko‘p maqtovlar oldi. Axir
uning havoni tozalovchi moslamasi hamma
uchun kerak edi-da.
Pufakvoy va Bo‘rsildoq bekor o‘tgan vaqtla-
riga juda-juda achinishdi. Axir bir oyda qan-
cha ishlar qilish mumkin edi.
Qoyilbek xafa bo‘lib turgan Pufakvoy va
Bo‘rsildoq tomonga yaqinlashdi.
– Do‘stlarim, – dedi u, – aslo xafa bo‘l-
manglar. Bunday tanlovlar endi har yili o‘t-
kaziladi. Sizlar kelgusida o‘zingizni ko‘rsati-
shingiz mumkin.
– To‘g‘ri, – dedi Pufakvoy, – men pufak-
chalarga turli rasmlar chizaman, ajoyib o‘yin-
choqlar yasayman.
– Men esa turli-tuman shaklli va mazali
nonlar pishiraman. Balki nonlarim butun dun-
yoga mashhur bo‘lar.
http://eduportal.uz
42
– Unda shoshilinglar! – dedi Qoyilbek. –
Axir vaqting ketdi – naqding ketdi, deb
bekorga aytishmagan-ku!
1. Qoyilbek va Ziyrakbek nima uchun tanlov
uyushtirishdi?
2. Nega Bo‘rsildoq mukofot olmadi?
3. Siz ertakdan qanday xulosa chiqardingiz?
Download Do'stlaringiz bilan baham: |