2019 O‘qish oxi


bet13/121
Sana31.12.2021
Hajmi
#241162
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   121
Bog'liq
oqish kitobi 3 uzb

Qizcha  va  qarg‘alar
Normurod  Norqobilov
(Hikoya)
1
Kuz.  Bu  hovliga  ko‘chib  kelishganlariga  hafta
bo‘lmay,  Hanifaning  diqqatini  bir  juft  qarg‘a-
ning  harakati  tortdi.  Hovli  etagida  tagi  be-
tonlangan  baland  ishkom  bo‘lib,  qarg‘alar  ish-
komga  qo‘ngancha,  qayerlardandir  o‘marib  kel-
gan  yong‘oqlarini  o‘sha  keng  beton  yo‘lakka
tashlab,  so‘ng  chaqilgan  yong‘oq  mag‘izlarini
bitta  qoldirmay  terib  yerdi.  Hovli  sharoitiga
endi  ko‘nika  boshlagan  qizaloq  dastlab  shun-
chaki  tomoshabin  bo‘lib  yurdi.  So‘ng  bir  kuni
qarasaki,  qarg‘alar  bir  yong‘oqni  chaqolmay
ovora  bo‘lyapti.  Bu  holni  peshayvon  deraza-
sidan  kuzatib  turgan  qizchaning  qushlarga
http://eduportal.uz


35
rahmi  kelib  ketdi.  Ishkom  tomon  yugurdi.
Qushlar  hurkib  havoga  ko‘tarildi,  biroq  yerda
yotgan  „qaysar  meva“ni  ko‘zlari  qiymay,  qayta
ishkomga  qo‘ndi,  qag‘illashib,  o‘z  noroziliklarini
bildirdi.  Qizcha  yo‘lak  chekkasida  yotgan  tosh
bilan  yong‘oqni  chaqdi,  dastlab  o‘zi  yemoqchi
bo‘ldi,  so‘ng  fikridan  qaytib,  kaftidagi  chaqilgan
mag‘izni  yerga  tashladi-da,  o‘zi  sal  nariga
borib  turdi.  Birozdan  so‘ng  birinchi  qarg‘a
hadik  bilan  yerga  sho‘ng‘idi,  ortidan  ikkinchisi
va  ular  birpasda  yong‘oq  mag‘zini  yeb  bitirdi.
Bu  yumush  bora-bora  qizaloqqa  juda  yoqib
qoldi.  Qushlar  bu  holga  tez  ko‘nikdi,  qiz-
chadan  deyarli  hurkmay  qo‘ydi  –  tumshuq-
laridagi  yong‘oqni  yerga  tashlab,  qani,  chaq,
degan  ma’noda  o‘ktam  ohangda  qag‘illashni
odat  qildi.  Qizcha  o‘sha-o‘sha  yong‘oqni  cha-
qar,  mag‘zini  yerga  sochar,  qushlar  esa  so-
chilgan  yemakni  apil-tapil  cho‘qib-terib,  so‘ng
yangi  meva  ilinjida  qo‘shni  bog‘larga  uchib
ketardi.
1.  Qizcha  qarg‘alarga  qanday  yordam  berdi?
2.  Qarg‘alar  qizchadan  hurkmay  qo‘yganining
sababini  izohlang.
2
Ammo  qizcha  va  qarg‘alar  o‘rtasida  yuzaga
kelgan  bu  o‘ziga  xos  do‘stlikka  ota  va  ona
e’tibor  bermadi.  Bir  kuni  tongda  ularni  qar-
http://eduportal.uz


36
g‘alarning  o‘ta  qattiq  qag‘illashi  bezovta  qildi.
Ota  yelkasiga  to‘nini  tashlab  hovliga  chiqdi,
kesak  otib  ularni  quvdi.  Ammo  qushlar  uzoq-
lamay,  yana  qaytib  keldi.  Bu  safar  ular  o‘n
chog‘li  edi.  Ishkom  va  daraxtlarga  qo‘ngancha,
qag‘illab,  olamni  boshiga  ko‘tara  boshladi.
Bu  hol  ikki  kun,  ya’ni  shamollab,  ko‘rpa-
to‘shak  qilib  yotgan  qizcha  peshayvonda  pay-
do  bo‘lguncha  davom  etdi.  U  ko‘rinish  berishi
bilan  qushlar  tinchlandi,  sho‘xchan  g‘imirlab,
o‘z  quvonchlarini  izhor  etgan  bo‘ldi.  Ayrimlari
yerga  sho‘ng‘ib,  lapanglagancha,  eshikka  ya-
qinroq  kelishgacha  jur’at  etdi.
Bir  muddatdan  so‘ng  esa  ishkom  tagiga
yong‘oqlarning  birin-sirin  tirsillab  tushgani  eshi-
tila  boshlandi.
1.  Qarg‘alarning  qattiq  qag‘illashi  sababini
ayting.
2.  Har  bir  qism  yuzasidan  reja  tuzing.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish