O‘quvchilar oromgohida
Anvar Obidjon
Bahodir dam olishga
Ketmoqda edi.
Kuchukchasi:
http://eduportal.uz
208
„Vov... Men ham
Boraman“, dedi.
Ola ketdi bolakay,
Do‘stini birga.
Tushda yetib borishdi
Ko‘m-ko‘k adirga.
Bahodirni e’zozlab,
Kutib olishdi.
Kuchukni ham tez kunda
Sevib qolishdi.
Chunki qo‘shiq mashq qilsa,
Bolalar agar
Akillardi jo‘r bo‘lib,
Quvnoq Olapar.
Goh hammaga qo‘shilib,
O‘ynardi futbol.
U yoki bu tomonga
Urar edi gol.
Shaxmatga ham ozmi-ko‘p
Yetardi fahmi –
Ko‘p yutqazgan bolaga
Kelardi rahmi.
Sanalardi sayilda
Jasur safboshi.
Boshqalardan qattiqroq
Edi bardoshi.
Turar edi qatorga
Tizilganda saf.
http://eduportal.uz
209
Ovqat haqda gap ketsa,
Yalar edi lab.
Bo‘ysunardi tartibga,
Chalinsa gorn –
Darrov so‘ri ostidan
Olardi o‘rin.
Uni maqtar edilar
Qorovul, farrosh:
– Buncha esli bo‘lmasa!..
– Bunchayam yuvosh!..
Yangi do‘stlar topib u,
Edi shod-xurram.
Afsus, o‘tib ketarkan
Tezda bir oy ham.
Ketar payti xushlashib
Qoldi bolalar:
– Seni eslab yuramiz...
– Xayr, Olapar!
1. She’rni ifodali o‘qing.
2. Bolalar oromgohda qanday dam oldilar?
3. Nima uchun bolalar Olaparga „Seni eslab
yuramiz“, deyishdi?
4. Siz yozgi ta’tilni qanday o‘tkazmoqchisiz?
14 – O‘qish kitobi, 3- sinf
http://eduportal.uz
210
M U N D A R I J A
Biz buyuk yurt farzandimiz
Vatan madhi. Orif To‘xtash ................................................................... 3
Yurtim jamoli. Dilshod Rajab ............................................................... 4
Yangi uy. Hamidulla Murodov .............................................................. 6
Vàtàn desam... Ulug‘bek Hamdam ...................................................... 8
Opa-singil daryolar. Go‘zal Begim ....................................................... 9
Obod mahalla bo‘ylab. Kavsar Turdiyeva ......................................... 12
Vatanni tanish. Muhabbat Hamidova ............................................... 13
Savollarga javoblar. Xolmurod Safarov ............................................. 15
Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi. Xudoyberdi To‘xtaboyev ............ 16
Bo‘lim yuzàsidàn takrorlash. .............................................................. 18
Saxovatli kuz
Kuz saxovati. Sharifa Salimova. ........................................................ 19
Uzumlar oilasi. Tolib Yo‘ldosh. .......................................................... 20
Olma. Mahmud Murodov. ................................................................... 22
Fasllar. Ravshan Isoqov. .................................................................... 24
Bobur va kabutar. (Rivoyat). .............................................................. 25
O‘qituvchining o‘gitlari. Anvar Obidjon. ............................................. 27
Xazonchinak. O‘tkir Hoshimov. .......................................................... 28
Hosil bayrami. Zahro Hasanova. ....................................................... 30
Ilmli ming yashar. Nurmat Maqsudiy. ................................................ 31
Oltin kuzim. Po‘lat Mo‘min. ................................................................ 33
Qizcha va qarg‘alar. Normurod Norqobilov. ...................................... 34
Bo‘lim yuzàsidàn takrorlash. .............................................................. 36
http://eduportal.uz
211
Download Do'stlaringiz bilan baham: |