2016 Kon ishlari asoslari p65



Download 7,04 Mb.
bet11/18
Sana21.12.2022
Hajmi7,04 Mb.
#892612
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
0PTcLKNJYjMBAQjK7RbZMsg1uRY1Nv9s

z


b
Bunda — shaxta maydonining sanoat zaxirasi, t;
b shaxta maydonining balans zaxirasi, t.
Kondan qazib olinadigan foydali qazilma miqdori ajratib olish (qazib chiqarish) koeffitsiyenti G orqali baholanadi. Bu

86


koeffitsiyent kon-geologik sharoitlar, qatlamning qalinligi, og‘ish burchagi, foydali qazilmaning qadr-qiymati, qazish chuqurligi, kon ishlari texnologiyasi kabi omillarga bog‘liq bo‘lib, uning qiymati turlicha bo‘ladi va shaxtalarni loyiha- lashda quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlanadi:
G = 1—0,01 KY.
Taxminiy hisoblash uchun qatlamning qalinligiga nisbatan G ning qiymatini quyidagi miqdorlarda qabul qilish tavsiya etiladi:

    • yupqa qatlamlar uchun — 0,92—0,9;

    • o‘rtacha qalinlikdagi qatlamlar uchun — 0,9—0,85;

    • qalin qiyaroq qatlamlar uchun — 0,85—0,82;

    • qalin tik qatlamlar uchun — 0,82—0,8;

    • qatlam qalinligining o‘rtacha zichligiga bo‘lgan ko‘paytmasi qatlam unumdorligi deyiladi va u quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:

P = m ·  t/m2.
Bunda m — qatlam qalinligi, m;  — ko‘mirning o‘rtacha zichligi, t/m3.
Ko‘mirning o‘rtacha zichligini taxminiy hisoblash uchun quyidagi qiymatlardan foydalanish tavsiya etiladi: antratsit — 1,6 t/m3, toshko‘mir uchun — 1,35 t/m3, qo‘ng‘ir ko‘mir uchun
— 1,2 t/m3.
Asosi 1 m2 va balandligi qatlam qalinligiga teng bo‘lgan prizmadagi ko‘mir miqdori qatlam unumdorligini ifodalaydi. Qazishga tayyorlanganlik darajasi bo‘yicha sanoat zaxirasi ochilgan, tayyorlangan va qazishga tayyor zaxiralarga bo‘-
linadi.
Ochilgan zaxira — bu sanoat zaxirasini qazib olish uchun qo‘shimcha kapital lahimlar (stvollar, shtolnyalar, kapital kvershlaglar va bremsberglar) o‘tishni talab etmasdan qazib olinishi mumkin bo‘lgan sanoat zaxirasining bir qismi.
Tayyorlangan zaxiralar — bu asosiy tayyorlov lahimlari bilan chegaralangan va qazib olish uchun qo‘shimcha kon-tayyorlov lahimlarini o‘tishni talab etmaydigan ochilgan zaxiraning bir qismi.

87
Qazixhga tayyor zaxiralar — bu barcha kon-tayyorlov va qirquvchi lahimlarni o‘tib, qazish kavjoyini hosil qilish bilan bog‘liq ishlar tugatilgandan so‘ng, bevosita qazish ishlarini olib borish uchun tayyorlangan zaxiralarning qismi.


Foydali qazilma konlarini qazib chiqarish bir necha bos- qichlarda amalga oshiriladi: birinchi navbatda, konlarni qidirib topish va ularni tekshirish ishlari bajariladi. Mufassal tekshi- ruvlardan so‘ng foydali qazilma konlarining chegaralari, zaxi- ralari, kon-geologik sharoitlari, foydali qazilmaning sifati kabi ko‘rsatkichlar yuqori aniqlik darajasida o‘rganiladi. Tekshirib, o‘rganib chiqilgan konlar loyihada ko‘zda tutilgan ochish usuli bo‘yicha ochiladi. Konni ochish ishlari tugatilgandan keyin bevosita qazish ishlarini ta'minlash maqsadida kon-tayyorlov lahimlari o‘tiladi va shaxta maydonida joylashgan sanoat zaxirasining bir qismi qazishga tayyorlanadi. Qazishga tayyor- langan (qazishga tayyor) zaxirani qazib olish bevosita qazish ishlari deyiladi. Qazish ishlari — bu qazish kavjoyidan foydali qazilmani qazib olish bilan bog‘liq bo‘lgan turli ishlar, ya'ni foydali qazilmani massivdan ajratib olish, uni transport vosi- talariga yuklash, qabul punktlariga yetkazib berish, qazib olish- dan hosil bo‘lgan bo‘shliqni mustahkamlash va kon bosimini boshqarishga oid jarayonlar majmuyidir.
Konni ochish, uni qazishga tayyorlash va qazib olish ishlarining yig‘indisi foydali qazilmalarni (ko‘mir, ruda, noruda qazilmalar) yerosti usulida qazish deyiladi. Foydali qazilma konlarini yerosti usulida qazishda quyidagi asosiy talablar bajarilishi zarur:

      • asosiy va yondosh (yo‘ldosh) foydali qazilmalarni qazib olishda belgilangan me'yordan ortiq yo‘qotilish va foydali qazilmaning sifatsizlanishi, shuningdek, konning boy uchastka- larini qazib olish natijasida balans zaxiraning ko‘plab yo‘qotilishiga yo‘l qo‘ymaydigan maqbul va samarali qazish usullaridan foydalanish;

      • foydali qazilma konlarini qo‘shimcha tekshirish, mark- sheyderlik ishlarini olib borish va tegishli bajarilgan ishlarni texnikaviy hujjatlash;

      • zaxira holati, yo‘qotilish miqdori va foydali qazilmaning ifloslanish darajasini hisobga olib borish;

88


    • vaqtinchalik qazilmaydigan, ishlab chiqarish chiqindi- laridagi foydali komponentlar, shuningdek, yo‘1-yo‘lakay qazib olinadigan foydali qazilmaning saqlanishini ta'minlash;

    • qazib olingan qoplama jinslar va chiqindilardan sama- rali foydalanish maqsadida ularni qulay sharoitlarda joylash- tirish;

    • xodimlarning hayot faoliyati xavfsizligini, sog‘ligini ta'- minlash, shuningdek, atrof-muhitni, yer bag‘rini, yer yuzidagi bino va inshootlarni muhofaza qilish hamda avariyalarni tugatish rejalarini tasdiqlash.




    1. Shaxta maydonini qixmlarga ajratixh, tayyorlaxh va qazib olixh tartibi



haxta maydoni zaxiralarini qazib olish iqtisodiy sama- radorligini ta'minlash maqsadida, uning maydoni, miqyosining qanday bo‘lishidan qat'iy nazar, qoidaga asosan, kichik qismlarga ajratish maqsadga muvofiqdir. haxta maydonini ochish masalalarini hal qilishdan oldin uni qanday qismlarga ajratish kerakligini aniqlash zarur. Chunki shaxta maydonini ochish, uni qismlarga ajratish va foydali qazilma zaxiralarini qazishga tayyorlash ishlari o‘zaro bog‘liq va ularning o‘lcham- lari ham bir-biriga mos kelishi kerak.
haxta maydonlari bloklarga ajratilgan va ajratilmagan bo‘lishi mumkin (4.1-rasm).
4.1-rasm. Shaxta niaydonini gorizontlarga (a) va bloklarga (b) ajratixh.
Blok — yer yuzidan uning hududida joylashgan kon lahimlariga toza havo yuborish va ishlatilgan havoni chiqarib tashlash, odamlarni shaxtaga tushirish va chiqarish, materiallar hamda uskunalarni tashishni ta'minlash maqsadida o‘tilgan stvollar orqali ochilgan shaxta maydonining bir qismidir.

89
Foydali qazilma va kon jinslarini yer yuziga ko‘tarish bosh stvol orqali amalga oshiriladi. Blok hududida joylash- gan bosh stvollar markaziy stvollar deyiladi va ular shaxta maydonidagi barcha bloklarga xizmat qiladi. Bloklar o‘zaro katta kesim yuzasiga ega bo‘lgan maydon shtreklari orqali birlashtiriladi.


Yotiq ko‘mir qatlamlarini qazib olishda har qanday kon- geologik sharoitda shaxta maydoni tik stvollar bilan ochiladi va uni ikki-uch yoki undan ham ko‘p bir-biriga teng qismlarga bo‘linadi. Bu qismlarning har biri gori ont deb yuritiladi.
Gori ont — bu shaxta maydonining og‘ish yo‘nalishi bo‘yicha bosh tashish shtreki bilan, yuqori yoki quyi tomonidan shaxta maydonining chegaralari bilan tutashgan qismidir. haxta maydonining cho‘ziqlik bo‘yicha chegaralari gorizontning yon tomon chegaralari hisoblanadi (4.2-rasm).
4.2-rasm. Shaxta maydonini qanot va gorizontlarga ajratixh:
1 — stvol; 2 — bosh tashish shtreki; S — shurf;
I va II gorizontlar bremsberg va uklonlarga tegishli.

Bosh tashish shtrekidan yuqorida joylashgan shaxta may- donining qismi — ko‘tarilish bo‘yicha gorizont, pastga joylash- gan qismi esa, og‘ish bo‘yicha gorizont deb ataladi, bunday hollarda «gorizont» atamasi «maydon» deb atalishi ham mumkin.


Ko‘tarilish va og‘ish maydonlarida bremsberg va uklonlar xizmat qiladi, shu sababli maydonlar bremsberg yoki uklon maydonlari deb yuritiladi.

90
Shaxta maydoni, shuningdek, gorizontlar ham qanotlarga bo‘linadi (4.2-rasm). Qanot deganda shaxta maydonining taxminan o‘rtasidan cho‘ziqlikka tik o‘tilgan konni ochuvchi lahim (tik yoki qiya stvol, kapital bremsberg yoki uklon va h.k.) vertikal tekisligining bir tomoniga joylashgan qismi tushuniladi. Qanotlar, odatda, yer kurrasi tomonlari nomi bilan yuritiladi (sharqiy, janubiy, g‘arbiy, shimoliy).


Ayrim hollarda (murakkab relyef sharoitlarida) shaxta maydoni faqat bir qanotli bo‘lishi mumkin. Bunday holatda konni ochuvchi lahimlar shaxta maydonining faqat bir tomoni chegarasiga joylashtiriladi.
Gorizontlar, o‘z navbatida, kon-geologik, texnik va iqtiso- diy omillarni hisobga olgan holda, yanada kichikroq qasmlarga bo‘linadi. Shaxta maydonining bu qismlari qavat, pol, uzun stolbalar deb ataladi. Shunga ko‘ra shaxta may- donini qazishga tayyorlash usullari ham qavatli, polli va gorizontlar bo‘yicha qazishga tayyorlash usullari deb yuri- tiladi.

Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish