2016 Kon ishlari asoslari p65



Download 7,04 Mb.
bet14/18
Sana21.12.2022
Hajmi7,04 Mb.
#892612
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
0PTcLKNJYjMBAQjK7RbZMsg1uRY1Nv9s

Ho‘rxatkichlar nomi*

Angren 9-xhaxta

Sharg‘un xhaxtaxi

Portlatish texnologiyasiga asoslangan kavjoylar soni, dona

5

2

Mexanizatsiyalashgan kavjoyiar soni, dona





Qatlam qalinligi, m



2,5—3,5 va
undan ortiq

3,5 va undan ortiq



Qatlam og‘ish burchagi, ˚C

18 gacha

35 va undan ortiq

Qatlam shift turg‘unligi

Turg‘un

O‘rtacha turg‘un

Qatlam zamini

Bo‘sh

Pishiq

Kavjoyga suv oqib kelishi, m3/soat

5

2

Qo‘llaniladigan qazish tizimi

tolbali

Aralash

Kavjoy surilish yo‘nalishi

Cho‘ziqlik bo‘yicha

Cho‘ziqlik va ko‘tarilish bo‘yicha

Qazish maydoni uzunligi, m

300—600

300 gacha

Lava uzunligi, m

50—100

50 gacha



* Ko‘rsatkichlar 1990—2000-yillar bo‘yicha o‘rtacha miqdorga teng.

O‘zbekiston ko‘mir konlarining kon-geologik va kon-texnik sharoitlari kelajakda ko‘mirni yerosti usulida qazib olishning quyidagi istiqbolli yo‘nalishlari asosida rivojlantirishga imkon beradi:


134


  • asosan, stolbali qazish tizimlarini qo‘llash;

  • yangi texnik darajaga ega bo‘lgan mexanizatsiyalashgan qazish komplekslarini qo‘llash;

  • tor qamrovli, individual metall mustahkamlagichlar bilan ishlaydigan kombaynlardan keng foydalanish;

  • mumkin qadar kichik unumli portlatish texnologiyasi qo‘llanishini kamaytirish.

Angren shaxtasida MK 75B yoki 1MK 85B rusumli mexanizatsiyalashgan ko‘mir komplekslarini qo‘llash, harg‘un shaxtasida esa, HRP rusumli konveyer qirg‘ichli kompleks- lardan foydalanish ko‘mir qazish hajmini oshiradi va shu bilan bir qatorda ishlab chiqarish samaradorligining yuqori bo‘lishini ham ta'minlaydi.
harg‘un shaxtasida qalin qatlamlarni qazilgan bo‘shliqni qisman shift jinslarini qulatish va qisman tez qotuvchi to‘ldirma materiallar bilan to‘ldirish asosida gidravlik usulda ko‘mir qazish texnologiyasini qo‘llash imkoniyatlari mavjud. Bu texnologiya har qanday gazdorlik darajasi, shift va zamin jinsla- rining turli turg‘unlikka ega bo‘lgan qatlamlaridagi yong‘inga xavfli uchastkalarini qazib olishni ta'minlaydi.
Qo‘ng‘ir ko‘mir yoqilg‘isi bilan ishlaydigan elektr stansiya- larning ko‘mir kullari va shlaklaridan to‘ldirma materiallari sifatida foydalanish mumkin.
Ushbu materiallardan tez qotadigan quyma to‘ldirma materiallarini tayyorlash texnologiyasi MDH mamlakatlari shaxtalarida, xususan, Rossiyaning «Prokopyevekgidrougol» ishlab chiqarish ilmiy birlashmasi shaxtalarida tajribadan o‘tgan va keng qo‘llaniladi.
Endogen yong‘inlarning oldini olish uchun qazilgan bo‘sh- liqqa loyqa yuborish orqali qalin qatlamlarni qiya tabaqalarga ajratib qazib olish anchagina murakkab hisoblanadi. Ammo qazilgan bo‘shliqqa loyqa yuborish qulatilgan jinslarning jipslashish jarayonini tezlatib, ulardan qazilayotgan tabaqadan keyingi tabaqani qazish uchun sun'iy shift hosil bo‘ladi. Buning uchun quyidagi sharoitlar mavjud bo‘lishi lozim:

  • bevosita shift tez buziluvchan (qulaydigan) va argillit, ko‘mir slanesi kabi loy zarrachalariga boy jinslardan iborat bo‘lishi;

135


  • jinslarning siqilishga bo‘lgan qarshiligining kichik bo‘lishi (25 mPa gacha);

  • jinslarning namligi yetarli bo‘lishi (9—14% dan kam bo‘lmasligi);

  • kon bosimi ta'sirining uzoq vaqt davom etishi (bir necha oydan to 1 yilgacha va undan ortiq).

Qulagan jinslardan sun'iy shift hosil qilib, yuqoridan pastga yo‘nalishda qiya tabaqalar bilan qazib olish texnologik sxe- malari quyidagi muhim texnik va texnologik yechimlarni o‘z ichiga oladi:

  • turli usullar bilan sun'iy shift hosil qilish sharoitlarida qo‘llaniladigan mexanizatsiyalash komplekslarining maqbul va samarali parametrlarini ta'minlaydigan kon-tayyorlov usullari hamda qazish tizimlaridan foydalanish;

  • kon-tayyorlov lahimlarini, ular atrofida seliklar qoldir- may, qazilgan bo‘shliqni to‘ldirgan kon jinslaridan o‘tish;

  • o‘z-o‘zidan yonishga moyil va qazish jarayonida katta miqdorda metan gazi ajralib chiqadigan ko‘mir qatlamlarining yuqoriga joylashgan tabaqasi uchun to‘g‘ri yoki qaytma oqimli shamollatish sxemalaridan foydalanish orqali ko‘mirni qazib olish xavfsizligi hamda samaradorligini ta'tninlash;

  • pastga joylashgan navbatdagi tabaqalar uchun sun'iy shift hosil qilish bilan qazib olishning asosiy jarayonlarini o‘zaro maksimal bog‘lash va imkoni boricha bir vaqtda parallel bajarish.

Qazilgan bo‘shliqni shift jinslarini qulatish yoki to‘ldirma materiallari bilan to‘ldirib, yuqoridan skvajinalar orqali loyqa yuborib, sun'iy shift hosil qilish Markaziy Osiyo ko‘mir konlari shaxtalarida qo‘llanilib, yetarli darajada tajriba orttirilgan. Hozirgi vaqtda qazish chuqurligi 120—150 m gacha bo‘lgan shaxtalarda skvajinalar orqali qazish bo‘shlig‘iga tushirilgan pishiqlovchi loyqa (qorishma) qazish kavjoyi orqasida shamol- latish va tashish shtreklarida qoldirilgan quvur yordamida mexanizatsiyalashgan mustahkamlagichga o‘rnatilgan (u bilan birga surilib boradigan) suriluvchan quvurlarga yetkazib beriladi va bo‘shliqni to‘ldirgan jinslarga purkaladi.
Loy qorishmasi bilan pishiqlangan sun'iy shift quyidagi afzalliklarga ega:

136


  • qazish kavjoyida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan uskunalar turlarini chegaralamaydi;

  • qazish sikli va ta'mirlash ishlari davomiyligini ta'min- laydi;

  • pishiqlovchi materiallar va qorishma tayyorlovchi usku- nalarni ishlatish, shuningdek, tayyorlangan qorishmani shax- tada hamma vaqt mavjudligi, tushirish ishlarining osonligi;

  • pastki tabaqani qazib olish uchun shift ostida qoldirila- digan selikning bo‘lmasligi hisobiga ko‘mir yo‘qotilishini kamaytiradi;

  • yuqori darajada endogen yong‘inlarning oldini olishni ta'minlaydi.

Quyida loy bilan pishiqlangan qulatilgan jinslardan hosil qilingan sun'iy shift ostidagi tabaqani qazib olish texnologik sxemalaridan namunalar keltiriladi.

Qulatilgan jinslarning loy qorishmasi bilan pishiqlangan shift ostidagi tabaqasini qa ib olish sxemasi




Qo‘llanixh xharoitlari



Qatlamning qazib olinadigan qalinligi, m

5—16

Tabaqaning qazib olinadigan qalinligi, m

1,8—3,5

Qatlamning og‘ish burchagi, gradus

35 gacha

Bevosita shiftning pishiqlik chegarasi, mPa

5—23



hift jinslarining buziluvchanligi

oson va o‘rtacha buziluvchan

Qulagan jinslarning zichlashish va jipslashishga moyilligi

moyil


Zaminning mustahkamlagichga qarshiligi, kN

kamida 0,8

Qazish chuqurligi, m

150—350

Qatlamning to‘satdan otilib chiqish bo‘yicha xavfliligi

xavfsiz

Qatlamning kon zarbasi va o‘z-o‘zidan yonish bo‘yicha xavfliligi

xavfli, xavfsiz

Qazish maydonining gazdorligi

gazdor emas

137
Sxemaning tavxifi






Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish