2016 Kon ishlari asoslari p65


Umumshaxta texnologik bo‘linmalari



Download 7,04 Mb.
bet7/18
Sana21.12.2022
Hajmi7,04 Mb.
#892612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
0PTcLKNJYjMBAQjK7RbZMsg1uRY1Nv9s

Umumshaxta texnologik bo‘linmalari


Shaxta va rudniklarning umushaxta bo‘linmalariga shaxta ichi transporti, shaxtani suvsizlantirish, elektr ta’minoti, tibbiy xizmat va yuklarni ko‘tarish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar kiradi.


Shaxta ichi transporti yerosti lahimlari bo‘ylab kavjoydan qazib olingan foydali qazilmani va kon jinslarini yer yuzigacha tashib chiqarish, mashina va uskunalarni, mustahkamlagich materiallarini yer yuzidan shaxta ichiga tashib keltirish, odam- larni ish joylariga olib borish va ish kuni oxirida yer yuziga chiqarib qo‘yish kabi xizmatlarni bajaradi.
Shaxta ichidagi transport vositalarining ishlash tavsifi ikki turga bo‘linadi: uzluksiz ishlaydigan va siklli usulda ishlaydigan transport vositalari.
Uzluksiz ishlaydigan transport vositalariga konveyer transporti, gidravlik transport, pnevmotransport, «cheksiz» sim arqon yordamida vagonchalar bilan yuk tashish qurilmasi va o‘z og‘irligi bilan harakatlanuvchi transportlar kiradi. Bunda tashilayotgan yuklar potok ko‘rinishida uzluksiz harakatlanadi. Siklli transport vositalariga temir yo‘l transporti, avtomobil transporti, o‘ziyurar vagonchalar, skreper qurilmalari kabi transport vositalari kiradi. Bunda tashilayotgan yuklar vaqt
bo‘yicha qismlarga ajratib tashiladi.
Shaxtalarda qo‘llaniladigan konveyerlar ikki turga bo‘linadi: sidirg‘ichli va lentali konveyerlar.
Sidirg‘ichli konveyerlar, asosan, qazib olingan foydali qazil- mani kavjoy bo‘ylab transport shtrekigacha tashib chiqarishda qo‘llaniladi. Lentali konveyerlar esa, tashish shtreklari va

72
magistral tashish kon lahimlari bo‘ylab foydali qazilmani tashishda qo‘llaniladi.


Zamonaviy shaxta va rudniklarda yerosti transporti quyi- dagi transport bo‘g‘inlariga bo‘linadi:

  1. Foydali qazilmani kavjoy bo‘ylab transport shtrekigacha tashish.

  2. Yuklarni gorizontal kon lahimlari orqali tashish.

  3. Yuklarni qiya kon lahimlari bo‘ylab tashish.

  4. Yuklarni vertikal kon lahimlari bo‘ylab tashish.

haxta va rudniklarda transport ishlarini tashkil qilishda yuklarni qayta yuklash (transport bo‘g‘inlari)ning kam bo‘lishi, xavfsizlikni ta'minlash, transport xarajatlarining kam bo‘lishi kabi talablar qo‘yiladi.
idirg‘ichli konveyerlar og‘ish burchagi 20—25˚ gacha bo‘l- gan ko‘mir qatlamlarini qazishda qo‘llaniladi. Og‘ish burchagi 20—40˚ bo‘lgan qatlamlarni qazishda va ko‘mirni kavjoy bo‘ylab tashishda u yerda o‘rnatilgan metall novlar orqali qazib olingan komir o‘z og‘irlik kuchi ta'sirida tashish shtrekigacha sirpan- tirib yetkaziladi. Og‘ish burchagi 40˚ dan katta bo‘lgan qatlam- larda esa, qazib olingan ko‘mir o‘z og‘irlik kuchi ta'sirida metall novlarsiz tashish shtrekiga qatlam asosi bo‘ylab sirpanib yetib keladi.
Yuklarni gorizontal kon lahimlari orqali tashishda temir yo‘l transporti, lentali konveyerlar va sidirg‘ichli konveyerlar qo‘llaniladi. Rudniklarda yuklarni qisqa masofaga tashish uchun skreper qurilmalari qo‘llaniladi. Tashish masofasi 500 m va undan ortiq bo‘lganda avtomobil transportidan foyda- laniladi.
haxta va rudniklarda temir yo‘l transporti ishini tashkil qilishda elektrovozlar va maxsus kon vagonchalaridan foyda- laniladi. Elektrovozlar kontakli (trolleyli) va akkumulyatorli bo‘lishi mumkin. Temir yo‘l qurilishida R—33 rusumli relslar ishlatiladi. Ikki rels pallasi o‘rtasidagi masofa 600 va 900 mm ni tashkil qiladi. Temir yo‘llar tashish yo‘nalishi bo‘yicha 0,003—0,005 qiyalikka ega bo‘lishi kerak. Chunki bunday qiya- likda yerosti suvlarining suv chiqarish qurilmasi tomon oqib kelishiga va yuk tashish jarayonida energiyani iqtisod qilishga imkon yaratiladi.

73
Ko‘mir, ruda va kon jinslarini tashish uchun hajmi 0,7 m3 dan 10 m3 gacha bo‘lgan kon vagonchalari qo‘llaniladi. Odamlarni tashish uchun esa, maxsus yo‘lovchi vagonchalar ishlatiladi.


Bitta elektrovozga 4—6 ta, ayrim hollarda 8—10 ta vagon- chalar tirkaladi va tashiladigan yuk mashinasi 80—100 tonnani tashkil qiladi. Harakat tezligi esa 12—20 km/soat bo‘lishi mum- kin. Vagonchalarni yuklash joyida yuklangan vagonchalar o‘rni- ga bo‘sh vagonchalarni yetkazib berish uchun (monyovr ishlarini amalga oshirish uchun) kichik gabaritli chig‘irlardan foydalaniladi.
Yuklarni qiya kon lahimlari bo‘ylab tashishda konveyerlar va sim arqonli transport vositalari qo‘llaniladi. Bunda yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan lentali konveyerlardan keng foyda- laniladi.
Kon korxonalarida yuklarni vertikal va qiya lahimlar orqali tashish yuk ko‘tarish ishlari deyiladi va bu jarayon shaxta ko‘tarish qurilmalari vositasida amalga oshiriladi.
Odatda, shaxta va rudniklarda ko‘tarish ishlari ikkita — asosiy va yordamchi stvollar orqali amalga oshiriladi. Bu stvollar ko‘tarish qurilmalari bilan jihozlangan bo‘ladi.
Asosiy stvol yerostidan qazib olingan foydali qazilmani yer yuziga ko‘tarib chiqarish uchun xizmat qiladi. Yordamchisi esa odamlar, materiallar, uskunalarni shaxtaga tushirish va yer yuziga ko‘tarish hamda shaxtani shamollatish ishlarini ta'minlaydi.
Yuklarni stvollar orqali ko‘tarish klet yoki skiplar bilan bajariladi. huning uchun ham ko‘tarish ishlari «kletli ko‘ta- rish» va «skipli ko‘tarish» nomlari bilan yuritiladi. Ko‘tarish qurilmasi yuqori qismiga yo‘naltiruvchi shkivlar o‘rnatilgan (yog‘och yoki metalldan yasalgan) minora (koper), sim arqon o‘raladigan baraban, yuritgich va boshqarish dastaklaridan iborat.
Barabanga o‘raladigan ikkita sim arqon shkivlar orqali stvol ichiga tushiriladi va ularning ichiga ko‘tarish idishi (klet yoki skip) mustahkam ulanadi.
Kletli ko‘tarish qurilmasida yuklangan vagonchalar kletga kiritilib, yer yuziga ko‘tariladi va bu yerda bo‘shatilib, bo‘sh

74
vagoncha (yoki unga biror yukni yuklab) yana shaxtaga tushiriladi.


kipli ko‘tarish qurilmasida foydali qazilmani skipga yuklash stvol oldi qo‘rasiga o‘rnatilgan yuklash vositalari yorda- mida amalga oshiriladi. kipda ko‘tarilgan foydali qazilma stvol tepasiga o‘rnatilgan bunkerga ag‘dariladi. kiplarning yuk ko‘tarish qobiliyati 16 t gacha bo‘lishi mumkin.
Yer qobig‘ida foydali qazilma yotqiziqlarining pastki va yuqori qismini o‘rab turgan kon jinslari orasida suvli kon jinslari qatlamlari ham mavjud bo‘ladi. Kon ishlarini olib borish natijasida bu suvlar kon lahimlariga sizib kiradi va kon ishlarini samarali olib borishni murakkablashtiriladi hamda sanitar- gigiyenik sharoitlarni yomonlashtiradi. hu sababli shaxtalarni suvsizlantirish konchilik korxonalarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Konning gidrogeologik sharoitiga nisbatan shaxta lahimlariga sizib keladigan suv miqdori turlicha bo‘ladi.
haxtaga oqib keluvchi suv miqdori uning suvchanlik koeffitsiyenti bo‘yicha baholanadi. uvchanlik koeffitsiyenti

Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish