Ko'piklovchi reagentlar — suv va havo chegarasi yuzasida o'z-o'zidan konsentratsiyalashib, ana shu yuza sirt tarangligini pasaytiruvchi sirt-faol moddalar. Bu moddalar mineral zarra- chalarini bo'tana sirtiga suzib chiqarishni ta'minlaydigan ko'p miqdordagi pufakchalar hosil qiladi. Ko'pik hosil qiluvchi molekulalar suyuqlik va havo chegarasi yuzasida shunday joylashadiki, ularning polyar qismlari suv tarafiga, nopolyar qismi esa, havo fazasiga yo'nalgan bo'ladi. Ko'piklovchi reagent sifatida krezil kislotasi, aromatik spirtlar, og'ir piridin kabi kimyoviy moddalar ishlatiladi.
Faollashtiruvchi reagentlar — to'plovchi reagentlarning ajratib olinadigan zarrachalar yuzasiga yopilishini yaxshilab, flotatsiya jarayonlarini jadallashtiradi. Faollashtiruvchi reagent sifatida, asosan, anorganik birikmalar: kislotalar, ishqorlar, ishqorlangan va og'ir metallardan foydalaniladi.
Susaytiruvchi reagentlar — bu reagentlar ko'pik tarkibidagi hozirgi vaqtda ajratib olish kerak bo'lmagan mineral zarra- chalarning flotatsiyalanishini pasaytirish maqsadida qo'llaniladi. Susaytiruvchi reagentlarning ko'pchiligi anorganik birikmalar (elektrolitlar) bo'lib, ulardan minerallarni saralab flotatsiya qilishda foydalaniladi.
Moslashtiruvchi reagentlar (regulyatorlar) — bu reagentlar flotatsiya qilinadigan bo'tanada boshqa reagentlarning ta'sir ko'rsatish sharoitlarini yaxshilashni ta'minlaydi. Chunki bu reagentlar flotatsiya qilinadigan muhitdagi (bo'tanadagi) gidroksil va vodorod ionlar (rN) konsentratsiyasini o'zgartirib, bo'tana tarkibidagi kislota va ishqor miqdorini flotatsiya jarayoniga moslashtirishni ta'minlaydi. Har bir mineral uchun flotatsiya muhitidagi ionlarning maqbul konsentratsiyasi (rN) laboratoriya usulida aniqlanadi.
Rudalarni flotatsiya usulida boyitishda yuqorida qayd etilgan barcha organik va anorganik reagentlardan foydalaniladi. Ko'mirni boyitishda esa, faollashtiruvchi, moslashtiruvchi reagentlar va depressorlar ishlatilmaydi. Foydali qazil- malarni flotatsiya usulida boyitish jarayonlari flotatsion mashi- nalarda bajariladi. Bu mashinalar quyidagilarni ta'minlashi kerak:
boyitiladigan materialni uzluksiz va bir tekis bo'tanaga tushishini, shuningdek, ko'prik va kamera mahsulotlarini yig'ib olishni;
bo'tanani jadal aralashtirib turish asosida zarracha- larni bo'tanada muallaq turish va havo pufakchalariga ila- shishini;
bo'tana maqbul darajada ayeriratsiyalanishi hisobiga mayda havo pufakchalarini hosil qilib, ularning kamera hajmi bo'yicha teng tarqalishini;
bo'tana yuzasida tinch ko'piklanish zonasini hosil qilishni.
Flotatsiya mashinalari bo'tanani ayeriratsiyalash usuli bo'yicha tavsiflanadi. Bunga ko'ra flotatsiya mashinalari mexanik, pnevmomexanik, pnevmogidravlik va elektr flotatsion turlarga bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |