2016 Kon ishlari asoslari p65



Download 2,24 Mb.
bet32/80
Sana31.03.2022
Hajmi2,24 Mb.
#522216
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   80
Bog'liq
kitob 2016 Kon ishlari asoslari

Ochilgan zaxira — bu sanoat zaxirasini qazib olish uchun qo'shimcha kapital lahimlar (stvollar, shtolnyalar, kapital kvershlaglar va bremsberglar) o'tishni talab etmasdan qazib olinishi mumkin bo'lgan sanoat zaxirasining bir qismi.
Tayyorlangan zaxiralar — bu asosiy tayyorlov lahimlari bilan chegaralangan va qazib olish uchun qo'shimcha kon-tayyorlov lahimlarini o'tishni talab etmaydigan ochilgan zaxiraning bir qismi.
Qazishga tayyor zaxiralar - bu barcha kon-tayyorlov va qirquvchi lahimlarni o'tib, qazish kavjoyini hosil qilish bilan bog'liq ishlar tugatilgandan so'ng, bevosita qazish ishlarini olib borish uchun tayyorlangan zaxiralarning qismi.
Foydali qazilma konlarini qazib chiqarish bir necha bos- qichlarda amalga oshiriladi: birinchi navbatda, konlarni qidirib topish va ularni tekshirish ishlari bajariladi. Mufassal tekshi- ruvlardan so'ng foydali qazilma konlarining chegaralari, zaxi- ralari, kon-geologik sharoitlari, foydali qazilmaning sifati kabi ko'rsatkichlar yuqori aniqlik darajasida o'rganiladi. Tekshirib, o'rganib chiqilgan konlar loyihada ko'zda tutilgan ochish usuli bo'yicha ochiladi. Konni ochish ishlari tugatilgandan keyin bevosita qazish ishlarini ta'minlash maqsadida kon-tayyorlov lahimlari o'tiladi va shaxta maydonida joylashgan sanoat zaxirasining bir qismi qazishga tayyorlanadi. Qazishga tayyor- langan (qazishga tayyor) zaxirani qazib olish bevosita qazish ishlari deyiladi. Qazish ishlari - bu qazish kavjoyidan foydali qazilmani qazib olish bilan bog'liq bo'lgan turli ishlar, ya'ni foydali qazilmani massivdan ajratib olish, uni transport vosi- talariga yuklash, qabul punktlariga yetkazib berish, qazib olish- dan hosil bo'lgan bo'shliqni mustahkamlash va kon bosimini boshqarishga oid jarayonlar majmuyidir.
Konni ochish, uni qazishga tayyorlash va qazib olish ishlarining yig'indisi foydali qazilmalarni (ko'mir, ruda, noruda qazilmalar) yerosti usulida qazish deyiladi. Foydali qazilma konlarini yerosti usulida qazishda quyidagi asosiy talablar bajarilishi zarur:

  • asosiy va yondosh (yo'ldosh) foydali qazilmalarni qazib olishda belgilangan me'yordan ortiq yo'qotilish va foydali qazilmaning sifatsizlanishi, shuningdek, konning boy uchastka- larini qazib olish natijasida balans zaxiraning ko'plab yo'qotilishiga yo'l qo'ymaydigan maqbul va samarali qazish usullaridan foydalanish;

  • foydali qazilma konlarini qo'shimcha tekshirish, mark- sheyderlik ishlarini olib borish va tegishli bajarilgan ishlarni texnikaviy hujjatlash;

  • zaxira holati, yo'qotilish miqdori va foydali qazilmaning ifloslanish darajasini hisobga olib borish;

  • vaqtinchalik qazilmaydigan, ishlab chiqarish chiqindi- laridagi foydali komponentlar, shuningdek, yo'1-yo'lakay qazib olinadigan foydali qazilmaning saqlanishini ta'minlash;

  • qazib olingan qoplama jinslar va chiqindilardan sama- rali foydalanish maqsadida ularni qulay sharoitlarda joylash- tirish;

  • xodimlarning hayot faoliyati xavfsizligini, sog'ligini ta'­minlash, shuningdek, atrof-muhitni, yer bag'rini, yer yuzidagi bino va inshootlarni muhofaza qilish hamda avariyalarni tugatish rejalarini tasdiqlash.

4.5. Shaxta maydonini qismlarga ajratish,
tayyorlash va qazib olish tartibi
Shaxta maydoni zaxiralarini qazib olish iqtisodiy sama- radorligini ta'minlash maqsadida, uning maydoni, miqyosining qanday bo'lishidan qat'iy nazar, qoidaga asosan, kichik qismlarga ajratish maqsadga muvofiqdir. Shaxta maydonini ochish masalalarini hal qilishdan oldin uni qanday qismlarga ajratish kerakligini aniqlash zarur. Chunki shaxta maydonini ochish, uni qismlarga ajratish va foydali qazilma zaxiralarini qazishga tayyorlash ishlari o'zaro bog'liq va ularning o'lcham- lari ham bir-biriga mos kelishi kerak.
Shaxta maydonlari bloklarga ajratilgan va ajratilmagan bo'lishi mumkin (4.1-rasm).
a 3 b j> 3 3
I f 1 П'^Т'+'Г4'!
h-АЧ ^Vl
I 1 L.J L.J

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish