4.5-rasm. Bosh vertikal stvolni shaxta maydoni cho'ziqligi va og'ish yo'nalishi bo'yicha joylashtirish sxemasi.
Stvol shaxta maydonining yuqori chegarasiga joylashtirilsa, yuqoridagi kamchiliklar bo'lmaydi, biroq boshqalari paydo bo'ladi: odamlarni tashish uchun qo'shimcha ikki va undan ortiq qurilmalar qurish zarurati tug'iladi. Yuklarni bir yo'lakdan ikkinchi yo'llakka o'tkazish natijasida transport ishlari ancha- gina qiyinlashadi va xarajatlari ko'payadi. Kichik hajmdagi ko'mir muhofaza seliklari orasiga joylashgan uklon (bremsberg va boshqa lahimlarga)ga kon bosimining ta'siri katta bo'ladi, bu esa, o'z navbatida, lahimlarni saqlashga sarflanadigan xarajatlarning ko'payishiga olib keladi. Katta uzunlikka ega bo'lgan lahimlarda (ayniqsa, tutashtirmalarda) havoning ancha- gina qismi yo'qotilishi natijasida shaxtani shamollatish ishlari birmuncha qiyinlashadi va h.k.
11
Iqtisodiy va texnikaviy nuqtayi nazardan stvolni shaxta maydonining yuqori yoki quyi chegarasiga emas, balki ularning
orasidagi istalgan nuqtaga (III) joylashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi (4.5-rasm).
Bunda stvol shaxta maydonini taxminan bir-biriga teng ikki gorizontga bo'ladi, ya'ni bremsberg va uklon maydon- larining o'lchamlari bir-biriga yaqin bo'ladi. Agar shaxta maydoni uch va undan ko'proq gorizontlarga bo'lingan bo'lsa, stvolni dastlab birinchi gorizontgacha o'tiladi, keyingi gorizont- larni qazish uchun u chuqurlashtirib boriladi.
Shaxta maydoni cho'ziqligi bo'yicha, agar shaxta maydoni bir qanotli bo'lsa, bosh stvolning chegaralaridan biriga joylashtiriladi, agar shaxta maydoni ikki qanotli bo'lsa, bosh stvol shaxta maydonini bir-biriga teng ikki qismga ajratuvchi chiziq bo'yicha joylashtiriladi (4.5-rasm).
Ko'mir va yonuvchi slanes shaxtalari amaldagi xavfsizlik qoidalariga asosan kamida ikkita yer yuziga chiqish yo'llariga ega bo'lishi kerak. Shu sababli bosh stvoldan tashqari shaxta maydonida yana bitta yoki bir necha yordamchi stvollar o'tilishi lozim. Bosh stvolga nisbatan yordamchi stvollarning joylashishi markaziy-juftlangan, markaziy-chetlangan va flangli bo'lishi mumkin. Ayrim hollarda (bir necha yordamchi stvollar o'tilganda) ulardan ba'zilari markazga, ba'zilari markazdan chetroqqa va h.k. nuqtalar bo'yicha aralash joylashtirilishi mumkin (4.6-a, e rasm).
Markaziy-juftlangan joylashtirishda bosh va yordamchi stvollar shaxta maydoni markaziga joylashtiriladi (4.6-a rasm).
Ularning o'qlari orasidagi masofa 20 va 70 m yoki 50 va 55 m bo'ladi.
Markaziy-chetlangan joylashtirishda bosh stvol shaxta may- doni o'rtasiga, yordamchi stvol esa shaxta maydonining yuqori chegarasiga joylashtiriladi (4.6-b rasm). Yordamchi stvoldan,
a b d
Do'stlaringiz bilan baham: |