4.4-rasm. Ochish sxemalari.
ko'mir qatlamlarini kesib o'tadi. Qiya stvollar esa, faqat foydali qazilma yotqizig'idan o'tiladi, ayrim hollarda yotqiziq ostidagi yoki ustidagi kon jinslaridan o'tkazilishi ham mumkin. Shtolnyalar qatlam yoki kon jinslari orasidan cho'ziqlik va cho'ziqlikka ko'ndalang yo'nalishlarda o'tilishi mumkin (4.4-p, q rasm).
Stvollar to'la chuqurligigacha bir yo'la yoki ma'lum gori- zontgacha, keyinchalik chuqurlashtirib borish asosida o'tilishi mumkin. Shunga ko'ra shaxta maydonini ochish bitta transport gorizontli yoki bir necha transport gorizontli bo'lishi mumkin (4.4-i, m rasm). Vertikal stvollar bilan gorizontli ochish usulida shaxta maydonining zaxirasi bitta transport gorizonti bo'yicha qazib olinadi, gorizontning ishlash muddati shaxtaning ishlash muddatiga teng bo'ladi.
Ko'p gorizontli ochish usuli ikki va undan ko'proq transport gorizontlari orqali shaxta maydonini ochishni ko'zda tutadi.
Bunda ikki variant bo'lishi mumkin: barcha transport gori- zontlarini bir vaqtda ishlashi bilan bir qatorda stvolni chuqurlashtirib bormasdan (4.4-h rasm); gorizontlarning birin- ketin ishlashi mobaynida stvolni vaqt-vaqti bilan chuqurlashtirib borish asosida (4.4-j rasm).
Shaxta maydonini qiya stvollar bilan ochishda faqat ko'p gorizontli variant qo'llanilishi mumkin (agar stvol foydali qazilma yotqizig'ining ustidagi jinslardan o'tilmagan bo'lsa). Shtolnyalar bilan shaxta maydonini ochishda faqat bir gori- zontli ochish usullari qo'llaniladi.
Qatlamlarni ochishda asosiy ochuvchi lahimlardan tashqari yordamchi ochuvchi lahimlardan ham foydalaniladi, ya'ni kvershlaglar, gezenklar, ko'r stvollar va shu kabilar.
Yordamchi ochuvchi lahimlar shaxta maydonining qaysi qismini qazib olishga xizmat qilishiga ko'ra kapital, pol, gorizont va qavat lahimlariga bo'linadi. Agar kvershlag (gezenk, sirpanma) butunlay shaxta maydonini qazishga xizmat qilsa va uning xizmat muddati shaxtanikiga teng bo'lsa, uni kapital kon lahimi deyiladi. Agarda kvershlag bitta yoki yonma-yon joylashgan ikkita polni qazib olishga xizmat qilsa, u pol kvershlagi, blokka xizmat qilsa, blok kvershlagi deb ataladi.
4.7. Shaxta maydonidagi stvollar soni, ularning joylashishi,
ochish va shamollatish sxemalarining o'zaro bog'liqligi
Foydali qazilma konlarini yerosti usulida qazishda amal- dagi xavfsizlik qoidalariga asosan har bir shaxtada odamlar yurishiga moslashgan, yer yuziga chiqadigan kamida ikkita mustaqil yo'l bo'lishi shart. Shaxtadagi mavjud sharoitlarga ko'ra stvollar soni uchta, to'rtta va undan ham ko'p bo'lishi mumkin. Stvollar sonini aniqlashda quyidagi omillar hisobga olinadi: shaxtaning ishlab chiqarish quvvati, qazib olinadigan ko'mirning rusumlari, ko'mir qatlamining gazdorligi, shaxta maydonining o'lchamlari, qazish chuqurligi, qazish maydonini ochish va qazishga tayyorlash sxemalari.
Ishlab chiqarish quvvati kichik bo'lgan shaxtalarda bitta yoki ikkita ko'tarish qurilmasi bilan jihozlangan birgina stvol bo'lishi mumkin.
Bu stvol, albatta, odamlarni shaxtaga tushirish va yer yuziga chiqarish uchun kletli ko'tarish uskunasi bilan jihozlangan bo'lishi shart. Bunday shaxtalarda ikkinchi chiqish yo'li vazifasini shamollatish shurfi o'taydi.
Yirik shaxtalarda bir necha stvollar o'tiladi. Bosh stvol ikkita ko'mirni yer yuziga chiqarib beradigan skipli ko'targichlar bilan jihozlanadi. Ikkinchi stvol ham foydasiz kon jinslarini ko'tarish uchun skipli ko'targich bilan jihozlanadi va narvon bo'linmasiga ega bo'ladi. Bu stvolga yana pasongili klet ko'targichi ham o'rnatilishi mumkin. Uchinchi stvolga ikki kletli ko'targich va qo'shimcha pasongili klet ko'targichi o'rnatiladi. Ikki kletli ko'targich ishchi gorizontga xizmat ko'rsatadi, pasongili klet ko'targichi esa, shamollatish gorizontiga va yangi gorizontni tayyorlash uchun shaxta stvolini chuqurlatish jarayonlariga xizmat qiladi.
Shaxtani loyihalashda stvollarni shaxta maydoniga joylashtirish o'rnini to'g'ri belgilash katta texnikaviy va iqtisodiy aha- miyatga egadir. Chunki stvollarni to'g'ri joylashtirish bosh va yordamchi ochuvchi lahimlarning umumiy uzunligi, ularni o'tish va saqlash, yuklarni tashish va shaxtani shamollatish xarajatlariga ta'sir etadi. Shu bilan bir qatorda, stvollar atrofida qoldiriladigan muhofaza seliklari hisobiga ko'mirni yo'qotish miqdoriga ham ta'sir etadi.
Nazariy jihatdan bosh stvolni shaxta maydonining istalgan nuqtasiga joylashtirish mumkin, masalan, shaxta maydonining yuqori chegarasiga (I), quyi chegarasiga (II) va nihoyat, ular orasidagi istalgan nuqtaga, taxminan ularning o'rtasiga (III) (4.5-rasm).
Stvolni shaxta maydonining quyi chegarasiga joylashtir- ganda bir necha kamchiliklar yuzaga keladi, ulardan asosiylari: stvol chuqurligining maksimal bo'lishi va uni o'tish vaqtining uzayishi, kapital xarajatlarning ham maksimal bo'lishi; yuklarni ko'tarish ishlari xarajatlari ko'payishi; suv chiqarish va shaxtani shamollatish ishlarining qiyinlashishi hamda ularga ketadigan sarf-xarajatlarning ko'payishi.
ш
Do'stlaringiz bilan baham: |