H[ Sb( OH)6] - ortoantimonat kislota deb ataladi. Bu kislota kuchsiz kislotalar jumlasiga kiradi.
K[Sb(OH)6] – kaliy antimonatning suvdagi eritmasi natriy ionini cho’ktirish uchun ishlatiladi, chunki natriy antimonat Na[Sb(OH)6] suvda kam eruvchan moddadir.
Piroantimonat H4Sb2O7 va metaantimonat HSbO3 kislotalarning tuzlari ma’lum.
Surma sulfidlari. Surmaning ikkita sulfide bor: Sb2O3 va Sb2O5. Ular suvda yomon eriydi.
Surma (III) sulfide ishqoriy metallarning sulfidlari bilan tioantimonitlar hosil qiladi:
3Na2S+Sb2S5→2Na3SbS3
Surma(V) sulfid kauchukni vulqonlashtirishda ishlatiladi, bunda hosil bo’lgan rezina qizil rangli bo’ladi.
Texnikada Sb2O5 olish uchun surma(III) sulfide, natriy sulfide va oltingugurt aralashmasi suv bilan reaksiyaga kiritiladi:
3Ns2S+Sb2S3+2S+9H2O→2Na3SbS4·9H2O
Xosil bo’lgan tuz sulfat kislota ta’siridan parchalanib, Sb2O5 ni hosil qiladi.
Vismutning umumiy tavsifi, davriy sistemadagi o’rni va fizik-
kimyoviy hossalari.
Belgisi – Bi, Z=83. Barqaror izotopining massa soni 209 (tabiatdagi vismutning hammasi shu izotopdan iborat).
Elektron konfiguratsiyasi KLMNO 6s26p3. Vismut va uning birikmalari Yevropada (XV asr) alkimyogarlarga ma’lum edi. Lekin uni surma , qalay yoki qo’rg’oshinning bir turi deb qaralgan. Uning mustaqil kimyoviy element ekanligi XVIII asrning o’rtalarida isbotlandi. Tabiatda vismut minerallari ayrim holda va qo’rg’oshin, qalay, mis, kumush, nikel, volfram rudalariga aralashgan holda uchraydi. Yer po’stlog’idagi vismutning miqdori 2·10 -5% ga teng.
Vismut minerallaridan eng muhimlari Bi2 S3- vismut yaltirog’I va Bi2 O3- vismut oxrasidir.
Vismut minerallari Boliviya, Avstraliya va MDX da (Sharqiy Sibir, Uzbekiston va Qozogistonda qo’rg’oshin rudalariga aralashgan holda) uchraydi.
Vismut olish uchun uning oksidi ko’mir bilan yoki sulfiydi temir bilan qaytariladi:
Bi2O3 + C=3SO+И
Bi2S3+ 3Fe3S+ 2Bi
Vismut hosil qilish uchun yana quyidagi reaksiyalardan foydalaniladi:
2Bi(OH)3+3Na2SnO2→2Bi+3Na2SnO3+3H2O
4Bi(NO3)3+6NaSn(OH)3+18NaOH→
→ 4Bi+6Na2SnO3+18H2O+12NaNO3
Nilander reaksiyasi bilan vismut hosil qilish uchun glyukozaning 1% li eritmasidan 2ml olib, unga milander reaktivi [Segment tuzi + Bi(NO3)3] qo’shiladi va 1 -2 minut qaynatiladi. Vaqt o’tishi bilan qora cho’kma hosil bo’ladi. Reaksiya tenglamasini quyidagicha yozish mumkin:
3C6H12O6+2Bi(OH)3→2Bi + 3H2O+3CH2OH- (CHOH)4 – C
Do'stlaringiz bilan baham: |