20-mavzu. Vakuumdagi magnit maydon induksiya vektorining sirkulyasiyasi va oqimi


Tokli o‘tkazgichning magnit maydonda ko‘chirishda bajarilgan ish



Download 479,65 Kb.
bet5/5
Sana21.04.2022
Hajmi479,65 Kb.
#570813
1   2   3   4   5
5. Tokli o‘tkazgichning magnit maydonda ko‘chirishda bajarilgan ish.
Ma’lumki, magnit maydonidagi tokli o‘tkazgichgaAmper kuchi ta’sir qiladi. Agar o‘tkazgichli ramkani biror qismi siljuvchan qilib yasalib, u magnit maydoniga joylashtirilsa, ramkagaAmper kuchi ta’sir etib, uni siljitadi, yaoni magnit maydoni ish bajaradi.


19.*.4 - rasm
Aytaylik, tokli ramka bir jinsli magnit maydonga joylashgan bo‘lib, magnit induktsiya chiziqlari ramka tekisligiga tik bo‘lsin (19.*.4-rasm).
Tokli o‘tkazgichga G‘ = IVl kuch ta’sir etadi va ramkaning siljuvchi qismini dx masofaga ko‘chiradi. Magnit maydonning bajargan ishi
dA = F.dx = IBldx = IBdS = IdF (19.*.10)
Demak,bajarilgan ish tok kuchining ramka siljuvchi qismidan o‘tayotgan magnit oqimi o‘zgarishi ko‘paytmasiga teng ekan.
Olingan natijani berk konturni magnit maydonda ko‘chirishda bajarilgan ishni xisoblashga tadbiq etish mumkin.
19.*.5 - rasmda tasvirlangan tokli berk kontur (abca) magnit induktsiya chiziqlariga tik holda magnit maydonida ko‘chayotgan bo‘lsin.


19.*.5-rasm
Konturni xayolan ab va sa o‘tkazgichlarga ajrataylik. Tokli berk konturni ko‘chirishda bajarilgan ish (dA) konturning tarkibiy qismlari – ab vasa tokli o‘tkazgichlarni ko‘chirishda bajarilgan dA1 va dA2 larning yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
dA=dA1 + dA2 (19.*.11)
Konturning ab qismidagi tok elementlariga ta’sir etuvchi kuchlar (Rasm 19.*.5 da dl1 tok elementiga magnit maydon tomonidan ta’sir etuvchi dF1 kuchga qarang) vaav ni ko‘chirilish yo‘nalishlari orasidagi burchak o‘tkir bo‘lganligi uchun dA, ish musbat, uning qiymati (19.*.10) gaasosan, konturdan o‘tayotgan tok kuchi bilan ko‘chirilish jarayondaav o‘tkazgich kesib o‘tadigan magnit oqim (bu oqim abab yuz orqali o‘tuvchi oqim df0 va absa yuz orqali o‘tuvchi df2 magnit oqimlarining yig‘indisidir) ko‘paytmasiga teng.
dA1=I (dfo+df2) (19.*.12)
Konturning sa qismidagi tok elementlariga ta’sir etuvchi kuchlar (10.5-rasmdagi d ga magnit maydon tomonidan ta’sir etuvchi dF2 kuchga qarang) va sa ning ko‘chirilish yo‘nalishlari orasidagi burchak o‘tmas bo‘lganligi uchun dA2 ish manfiy, uning qiymati esa I tok bilan ko‘chirilish davomida sa o‘tkazgich kesib o‘tadigan magnit oqim (bu oqim abca yuz orqali o‘tuvchi df1 va aacb yuz orqali o‘tuvchi dfo magnit oqimlarining yig‘indisidir) ko‘paytmasiga teng:
dA2=-I(dfo+ df1) (19.*.13)
(19.*.12) va (19.*.13) tengliklar asosida (19.*.11) tenglikni quyidagicha yoza olamiz:
dA=I(df2- df1) (19.*.14)
Demak, magnit maydonda tokli berk konturni ko‘chirishda bajarilgan ish shu konturdan o‘tayotgan tok kuchi I bilan kontur yuzi orqali o‘tuvchi magnit oqimi o‘zgarishlarining (df2 - df1) ko‘paytmasiga teng.
Savollar:
1. Magnit oqimi deb nimagaaytiladi va qanday birliklarda o‘lchanadi.
2. Solenoid va toroid xosil qilgan magnit maydon qaerda mujassamlashgan bo‘ladi.
3. Tokli berk konturni magnit maydonida ko‘chirishda bajarilgan ish ifodasini yozing va tushuntiring.
Download 479,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish